Persistirlangan tarqalgan limfadenopatiya davri
Bu davrda 3 oy davomida chov sohasidan tashqari, 2 va undan ortiq soha limfa tugunlarini kattalashishi kuzatiladi. Persistirlangan tarqalgan limfadenopatiyada limfa tugunlarning diametri 1 sm dan kichik bo‘lmaydi. Bemorlarda bir necha bir xil kattalashgan, zichlashgan, lekin og‘riqsiz limfa tugunlari aniqlanadi. Limfa tugunlarining bunday kattalashishi bemor organizmining OIV-infeksiyasiga limfotsitlarni faollashuvi va proliferatsiya va limfatik follikulalarning giperplaziyasi ko‘rinishidagi javobidir. Odatda, bu davrda persistirlangan tarqalgan limfadenopatiyali bemorning umumiy holati qoniqarli, uning mehnat qobiliyati saqlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |