Oitsning klinik belgilari va diagnostikasi


Teri kasalligi turida-Sarkoma Kaposha



Download 30,93 Kb.
bet2/3
Sana18.07.2022
Hajmi30,93 Kb.
#820409
1   2   3
Bog'liq
OITSning klinik belgilari va diagnostikasi

Teri kasalligi turida-Sarkoma Kaposha (terining rak kasalligi) kuzatiladi. Sarkoma Kaposha kasali 1872 -yilda dermatolog M.Kaposha tomonidan aniqlanib yozilgan. Bu о‘ta xavfli kasallik bо‘lib hisoblanadi. Kasallikning endimik turi
Afrikada 1960 yilda kuzatilgan. Afrika hududida bu kasallik Amerikaga nisbatan kо‘proq uchraydi. Kasalliklarning epidemik formasi 1980 -yilda OITS bilan kasallangan yosh gomoseksualist erkaklarda kuzatilgan. Bemorning terisida, limfa bezlarida, meda-ichak va о‘pkasida dog’lar yoki bо‘rtmachalar toshmalar paydo bо‘ladi. Bu suvli bо‘rtmachalar tо‘qima va suyakkacha chuqurlashib boradi, hamda qattiq og’riq bо‘lib, qon ketadi. Sarkoma Kaposha kasalligiga davo topilmagan.

Bundan tashqari diagnoz qо‘yilishida bemorni tanosil kasalliklari, yuqumli V va E gepatit kasalligi, genital kasalliklari bor yо‘qligi bor uning ijtimoiy va ruhiy holati aniqlanadi, tekshirilayotgan kishi besoqolboz emasligi unga donorlik qoni quyilgan quyilmaganligi, tomir orqali narkotik moddalarni qabul qilgan yoki qabul qilmaganligi aniqlanadi.

Limfatik bezlar, asab sistemasi sinchiklab tekshiriladi. Hozirgi kunda jahondagi turli laboratoriyada OIVni aniqlash uchun maxsus sezuvchanlikka ega bо‘lgan va aniq bir maqsadni kо‘zlagan arzonlashtirilgan va soddalashtirilgan usullar ishlab chiqilmoqda. Bular immunoferment va immunoblotni tekshirish usullaridir. Bugungi kunda OITSni aniqlash kompleks ravishda olib boriladi.

OIV infeksiyasini kasallikni boshlang’ich bosqichidan OITS-ni rivojlanishigacha bо‘lgan davrda asosan laboratoriya tahlili (maxsus antitela va antigenlarni aniqlash) о‘tkaziladi. OIVga antitelalarni aniqlash uchun material sifatida qon zardobi yoki plazmasi olinadi, ammo oxirgi vaqtlarda biologik materiallar turi kо‘paymoqda.

Laboratoriya tahlilining ichida asosan immunoferment tahlil (IFT) hisoblanadi. Agar bu usul bilan olingan natija musbat bо‘lsa, tahlil yana ikki marotaba takrorlanadi. Agar hech bо‘lmaganda yana bir marta musbat natija aniqlansa OIV-infeksiyani maxsus usullar bilan davom ettiriladi.

Masalan; retrovirusni alohida oqsillarga qarshi antitanani


aniqlashga imkon beradigan immunobolting usuli ishlatiladi. Bu
usul bilan olingan natija musbat bо‘lgandan keyin OIV-
infeksiyasiga chalinganlik haqida xulosa chiqarish mumkin.
Bundan tashqari aglyutinasiyaga reaksiya, radioimmunopresiptasiya, immunoflyurssensiya, polimerfazli zanjirli reaksiya va boshqa usullar ham ishlatiladi.

Teskari trankripsiya ingibitorlari о‘z navbatida nukleozidli va nukleozidli bо‘lmagan turlarga bо‘linadi, nukleozidli ingibitorlar sifatidagi dorilarga: zidovudin; didanozin; zalsitabin; lamivudip; stovudin va boshqalar kiradi.


Nukleozidli bо‘lmagan dorilarga- noviropin, delaverdsht kiradi.
Protsazalarga-qarshi dorilarga-indnavir, nelfinovar, ritonavir, va boshqalarni keltirish mumkin.

Davolanishning ikkinchi yо‘li organizmning immun holatini yaxshilash yani immunostimulasiya usuli hisoblanadi.

Kasallikka qarshi kurashning uchunchi yо‘li turli yondosh kasalliklarga qaratilgan davo usuli. Yani yuqorida kо‘rsatilgan OITSning ikkilamchi kasalliklariga shu kasalliklarga ishlatiladigan dori darmonlar maxsus sistema orqali ishlatiladi.

Immun tizimining buzilishiga olib keladigai va kasallikning kelib chiqishiga sabab bо‘ladigan OIB virusiga qarshi vaksina ishlab chiqarish malum qiyinchiliklarga tо‘sqinlik qilmoqda.

1. Virusning kuchli о‘zgaruvchanlik xususiyati, yani mutasiyaga uchrashi

2. Virusning genetik rekombinasiyalanishi.

3. OIVning turli variantlari va boshqa viruslar о‘rtasida genlarning almashinuvi

4. Bemordagi OIV genlari bilan hujayra genlari о‘rtasida ham genlar almashinuvini mavjudligidir.

Hozircha virusga qarshi immunizatsiya uchun bо‘layotgan harakatlarda tozalangan yoki glikoproteinning chatishtirilgan qobiqlaridan ishlatilgan.

Bazi hollarda neytrallaydigan antigenlar ishlab chiqarilganki bular bir necha shtamlarga tasir etib qolmay balki ularning ancha past bо‘lgan titrlariga ham tasir etadi. Bundan tashqari neytrallaydigan antigenlar virusning qaysi kompanentlariga qarshi qaratilgani ham nomalum.

Immunologlar vaksinaga juda qattiq talab qо‘yishmoqda:

OIV-ni hujayra nishoniga kirishga yо‘l qо‘ymaslik;

OIV ni miyaga kirishdan avval neytralashgan holga keltirish;

Immun tizim orqali OIVni hamma variantlarini bilib olishga erishishni taminlash va hamma vaksina bilan emlanganlarga tushuncha berish.

OIVga qarshi vaksina olish jarayonida yuqoridagi muammolarni yechish masalasi turibdi. Muammolarning favqulotda qiyinchiligiga qaramasdan bularning yechimida yaxshi fikrlar paydo bо‘la boshladi va bazi laboratoriyalarda odamlarda vaksinaning klinik tajriba ishlari boshlab yuborildi. Bularning hammasi yaqin vaqtlarda OIV virusiga qarshi vaksina olinishiga asos bor degan xulosaga kelish imkonini beradi.

Kо‘pchilik olimlarning hisobiga qaraganda keng miqyosda vaksina bilan emlash ishlari 5-7 yildan keyngina boshlanishi mumkin. Bundan avvalgi yillarda vaksina bilan emlashga imkon bо‘lmasa ham epidemiyaning о‘sishi va OIVning yuqish yо‘llarini tо‘sish mumkin. SHunga asosan Butun Dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan maxsus dastur tayorlandi.

Davolanish profilaktika muassasalarida OIV infeksiyasining tarqalishiga yо‘l qо‘ymaslik tadbirlari OIV infeksiyasining kasalxona ichida tarqalishining oldini olish va tibbiyot xodimlari mehnatini muhofaza qilish kabi tadbirlarni о‘z ichiga oladi. Tibbiy xodim OIV bilan zararlanishning naqadar xavfli ekanligini bilish kerak va quyidagi talablarni bajarishi shart:

Insonning qoni va boshqa suyuqliklari bilan ifloslangan о‘tkir tig’li tibbiyot asboblaridan shilliq qavatlarining shikastlanishiga yо‘l qо‘ymaslik zarur. Buning uchun barcha muolajalar rezina qо‘lqop va maxsus kiyimlarda (xalat,qalpoq niqob) amalga oshirilishi kerak.

Igna va boshqa о‘tkir tibbiyot asboblaridan shikastlanishdan ehtiyot bо‘lish uchun ignani sindirmaslik, egmaslik foydalanib bо‘lingandan sо‘ng zudlik bilan ignaning ichki kanallarini dezinfeksion modda (3% xloramin, yarim foizli DP-2) bilan yuvish va bir soat davomida dezinfeksion moddaga bо‘ktirib qо‘yish kerak, ignani zararsizlantirishdan oldin tozalash va yuvish davrida qо‘lqop kiyib olish zarur.

Ifloslangan о‘tkir va sanchiluvchan asboblar yordamida muolajalar о‘tkazmaslik.




Download 30,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish