Zararsizlantirilmagan jarroxlik, doyalik, stomatologik va boshqa tibbiy asboblar orqali tibbiy muolajalar olganda kasallikni yuqtirish mumkin. Gigyenik qoidalarga rioya etmagan holda igna sanchib davolash, quloqni teshtirish yoki tanaga rasm chizdirish (tatuirovka), shuningdek qosh, ko’z va lablarni tatuaj qildirish ham xavfsiz deb bo’lmaydi.
Kasallik OIV virusi bilan zararlangan qon va undan tayyorlangan preparatlarni odamga qo’yishdan oldin OITS ga tekshiriladi.
OITS bilan kasallangan bolaga
-xomiladorlik davrida yo’ldosh orqali
- tug’ish jarayonida
- Ona suti orqali o’tishi mumkin.
Yoki aksincha, chaqaloq tibbiy muolajalar yoki qon qo’yish yo’li bilan OITS ni yuqtirib olgan bo’lsa, ona ko’kragini emish jarayonida onasiga kasallikni yuqtirishi mumkin.
3. OITS virusi, oq qon tanachalarini o'ldiradi va odam turli tuman kasalliklarga chalinadi.
OITSning yashirin davri bir necha oydan 2-5 yilgacha hatto 10-15 yilgacha cho'zilishi mumkin. Bemor esa o'zi sezmagan holda atrofdagilarga xavfli bo'lib qoladi. Xavfli guruhlar — besoqolbozlar, fohishalar hisoblanadi, kasallikning yuqish yo'llari: jinsiy aloqa paytida, shpris ignalari orqali, bemor qonini quyganda, homilador ayoldan bolaga, bolani emizganda sut orqali yuqishi mumkin, bundan tashqari sartaroshxonalarda kesuvchi asbob orqali, tish oldirganda va shu kabi teri shilinishi bilan kechuvchi muolajalarda yuqishi mumkin. Lekin yo'talganda, aksa urganda, suv va oziq-ovqatlar orqali, qo'l berib surashgarida yuqmaydi, u organizmda yashay olmaydi.
U shahar transportida yoki telefon apparatida so'zlashganda yuqmaydi. Kasallikning belgilari juda xilma-xil, lekin ko'pchilik hollarda yuqqaridan 2-4 hafta o'tgach sog'lig'i yomonlashuvi tufayli tibbiy xodimlarga murojaat qilishadi. Bunday kishilarda t°37-38 °C gacha ko'tariladi, bosh og'riydi, darmoni qurib, tomog'i, bo'g'imlari va mushaklari og'riydi, hamda limfa tugunlari kattalashadi.
Bu holat bir-ikki hafta davom etib keyin yo'qolib ketadi bu davrda OITSga xos hech qanday alomatlar sezilmaydi va nihoyat 4-5 yildan so’ng bu belgilar yana yuzaga kelishni boshlaydi. Kasallik belgilari turli-tuman bo'lib o'ziga xos belgilardan biri bo'yin, qo'ltik osti, chov limfa tugunlari kattalashib ketishidir, hazm organlari ishi buzilishi natijasida uzoq vaqt ich ketishi mumkin, taxminan 50-60 % bemorlarda zotiljam kuzatiladi. Ba'zilarining terisiga toshmalar toshadi, uchuq chiqadi, ovoz shilliq pardalari yallig'lanadi,
OITS kasalligi belgilari qo'zg'alib goh yo'qolib turishi uzoq davom etadi. Kasallik davosi hozircha topilmaganligi uchun o'lim bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |