OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI GURUHLARIDA “TIL VA NUTQ” MARKAZI TA’LIMIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartining “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi mazmuni asosidagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari» asosida amalga oshiradi.
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida berilgan yillik mavzuviy reja asosida oy mavzulari va hafta mavzulariga asoslanib faollik markazlarida va kun davomidagi turli faoliyatlarda olib boriladi.
1. Bolalarni til va nutqini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy mashqlar, ta’limiy o‘yinlar, bolalar og‘zaki nutqini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullar
1.Nutq va til
2.O’qish malakalari
3.Qo‘l barmoqlari mayda motorikasi
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari uchinchi katta sohasi “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" quyidagi kichik sohalarni o‘z ichiga oladi:
Tarbiyachi bolalarga nutq o‘stirish, savodxonlikka o‘rgatish vazifalarni o‘rgatish uchun dastur vazifalarini va Davlat talablaridagi “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" katta sohasining har bir kichik sohasi talablari, kutilayotgan natijalarni yaxshi bilishi va olingan mavzuga mos kutilayotgan natijalarni (rivojlanish ko‘rsatkichlar) tanlash, maqsadni amalga oshirish uchun tegishli markazlarni tayyorlash, jihozlar bilan boyitish ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirishi lozim
Markazdagi faoliyat qiziqarli bo‘lishi, qo‘yilgan maqsad va vazifalarni hal etishi, ta’limiy o‘yinlar, o‘yin anjomlari guruh bolalarining yoshiga mos, havfsiz va ularda qiziqish paydo qilishi lozim
Markazdagi vazifa va topshiriqlar bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Har bir markaz haftaning boshida tayyorlanadi va har kuni yangi jihozlar bilan boyitib boriladi. Bu bilan bolalarda markazga qiziqish uyg‘otiladi
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida berilgan yillik mavzuviy reja asosida oy mavzulari va hafta mavzulariga asoslanib faollik markazlarida va kun davomidagi turli faoliyatlarda olib boriladi.
O‘zbekiston suratlari, shaxrimiz maketlari Minora, bozor, kinoteatr, maktab, bog‘cha, masjid, uy, do‘kon, institut, shifoxona, muzey, supermarket, Tog‘lar Oila a’zolari fotosuratlari Rangli sanoq tayoqchalar Alifbo, topishmoqlar uchun rasmlar Bog‘, tomorqa rasmlari Meva va sabzavotlar xaqida adabiyotlar va ularning rasmlari Paxta va paxtadan tikiladigan kiyimlar rasmi Yo‘l harakati belgilari va svetofor Yo‘l va ko‘cha maketi Transportlar Elektr asboblar, gaz plitasi, gugurt Kasblar xaqida rasmlar Qishki ertaklar haqida kitoblar Qish fasli, yangi yil tasvirlangan pazllar Sport turlari mavzusida rasmlar
O‘g‘il va qiz bola kiyimlar rasmi, bosh kiyimlar Chang‘i, chana, konki rasmlari Magnitli doska Turli davlatlar armiyasi aks etgan suratlar Harbiylar va ularning kiyimlarining rasmlari Oziq-ovqat mahsulotlari rasmi Sovun, tish chyotkasi, taroq Ertaklar asosida rasmlar Qo‘shni mamlakatlar rasmlari Bahor fasli va bahorgi gullar rasmi Hasharotlar rasmi Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari rasmi Milliy hunarmandchilik rasmlari Elektr jihozlar rasmlari (muzlatgich) Qo‘g‘irchoqlar uchun milliy kiyimlar
“Nutq va til” rivojlanish markazi
“Nutq va til” rivojlanish markazining jihozlanishidagi
asosiy omillar:
Harfli kubiklar
Ijodiy hikoya tuzish uchun plakatlar
Magnit doska
Ko‘rgazmali qurollar
Tarqatma qurollar
Uy-ro‘zg‘or buyumlari to‘plami
Maktabgacha yoshdagi bolalarni idrok qilishga tayyorlash;
bolalarning fikr yuritishiga turtki bo‘ladigan qisqa va aniq savollar berish;
qish fasli to‘g‘risidagi uncha katta bo‘lmagan she’rni aytib berish;
(“Qishki o‘yinlar” suratini ko‘zdan kechirish mashg‘ulotidan avval) va hokazolar
“3-5 yosh bolalar bilan “Til va nutq” rivojlanish markazida sur’at ustida suhbat ta’limiy faoliyatini tashkil etish”
“3-7 yosh bolalar bilan rivojlanish markazlaridagi ta’limiy faoliyatni o‘yin faoliyati orqali tashkil etish” mavzularida kichik guruhlarda malakaviy loyiha ishini tayyorlash
1-guruh:
3-5 yoshlik bolalar uchun dastur asosida mavzu tanlang va sur’at ustida suhbat mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlang
2-guruh:
5-7 yosh bolalar uchun ertakni qayta hikoya qilib berish bo‘yicha dastur asosida mavzu tanlang va ishlanma tayyorlang
3-guruh:
“Til va nutq” rivojlanish markazida 5-7 yosh bolalar uchun tavsiya etiladigan ertaklar majmuasini tayyorlang
4-guruh
3-7 yoshlik bolalar uchun “Til va nutq” rivojlanish markazi uchun o‘yin turlari va nomlarini tavsiflang
Do'stlaringiz bilan baham: |