Oilaviy munosabatlarda jinsiy farqlar muammosi Reja



Download 214,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.04.2022
Hajmi214,03 Kb.
#572659
1   2   3   4   5
Bog'liq
69622 Oilaviy munosabatlarda jinsiy farqlar muammosi

Devid Mayers
2
jins, genlar va madaniyat masalalarini 
o‘rganar ekan, genderni – erkaklik va ayollik xususiyatlarini tavsiflovchi tushuncha 
sifatida, 
Paludi
dan farqli, jinsiy tafovutlarni o‘rganish xotin-qizlarning erkaklarga 
nisbatan anchagina masalalarda ustunlikka ham ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. 
Uning fikricha, ayollardagi tajovuzkorlik, agressiyaning kamligi, o‘zgalarga 
g‘amxo‘rlik va o‘zgalar tashvishlariga nisbatan befarq bo‘lolmaslik, hamdarliklari 
aynan ularning jamiyatda tutgan foydali mavqelarini belgilashi mumkin. Aynan 
ayollar, boshqav tadqiqotchilarning fikricha, insonlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda 
iliqlik, yaqinlik tarafdorlaridir (
Nancy Chodorow, Jean Baker Miller, Corol Gillbgan
va boshqalar). 
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, jinsiy tafovutlar aynan yoshlik chog‘idanoq 
namoyon bo‘la boshlaydi. O‘g‘il bolalar, masalan, yoshlikdanoq mustaqillikka intilsa, 
qiz bolalar o‘zaro bog‘liqlikka, kimlar bilandir birga bo‘lishga intiladi. Agar o‘g‘il bola 
ko‘proq ko‘pchilik ishtirok etadigan o‘yinlarni afzal ko‘rib, ko‘chaga chopsa, qizlar 
kichikroq tengqurlar guruhida jipslikda o‘ynashni, o‘yin chog‘ida ham bir-birlariga 
hamdardlik ko‘rsatish, tushunishga intiladi, agressiya ular muloqotida kam bo‘ladi 
(
Lever
, 1978). 
Inson ulg‘aygan sari jinsiy tafovutlarning namoyon bo‘lish ko‘lami ham kengayib 
boradi. Buni ta’kidlovchi tadqiqotlar xorijda, Rossiyada va MHD mamlkatlarida 
ko‘plab o‘tkazilgan. Ularda xotin-qizlarning erlaridan farqli juda ko‘p jihatlari ajratilib, 
ularning tashqi ijtimoiy muhitga munosabatlari – hamdarliklari, o‘zgalar bilan 
muloqotga intiqliklari, muomalada o‘ziga xos taktikaga ega ekanliklari kabi o‘nlab 
yo‘nalishlar eksperimentlarda isbotlandi. Masalan, 
Eagly va Johnson
(1990) 
izlanishlarida odamlar bilan muomalada erkaklar ko‘proq avtoritarlikni, xotin-qizlar 
esa demokratizmni namoyon qilishi isbotlangan. Boshqaruvda erkaklarga do‘q qilib, 
direktiv ohangda boshqarish, qarorlar qabul qilish ma’qulroq bo‘lsa, ayollarga – 
“komanda, jamoa ruhi” bilan jamoatchi lider bo‘lish osonroqdir. 
2
Майерс Д.
Социальная психология. Интенсивный курс. – СПб.: прайм-ЕВРОЗНАК, 2002. – 512 с. 


Rossi va Rossi
(1990) tadqiqotlari oilaga nisbatan gender ustanovkalarga 
bag‘ishlangan bo‘lib, ayollar – onalar, opalar, qizlar va buvilar tasavvurida oila bu 
muayyan yaxlitlik, birlik ramzi ekanligi va shuning uchun ham asosan vaqtlarini 
farzandlariga, ayniqsa, ular maktabgacha yoshda bo‘lgan vaqtlarida hamda keksaygan 
insonlarga bag‘ishlashi mumkinligi o‘rganilgan. Tug‘ilgan kunlarga ham ayollar 
erlaridan farqli ko‘proq sovg‘a-salom, otkritkalar xarid qilishi, bu ishlarga bemalol pul 
sarflayverishi mumkin. Fotosuratlarga qarab, o‘zini o‘zi baholash vazifasi berilganda, 
aynan ayollar o‘zlarini oila a’zolari davrasida aks etgan fotosuratlarda alohida mehr va 
jiddiylik bilan tavsiflay olganlar. Ya’ni, oilaga nisbatan ustanovka xotin-qizlarda 
hamisha ijobiy obrazga ega. 
O‘zbekistonda ham gender masalasi ko‘pincha oila muammolari doirasida 
o‘rganilishi an’anaga aylangan. Qator tadqiqotlarda (
E.G‘oziev, G‘.Shoumarov, 
V.Karimova, I.Yokubov, B.Qodirov, S.Mirhosilov, E.Usmonov, N.Sog‘inov, 
F.Akramova, L.Karimova, N.Salaeva, O.Shamieva, O.Abdusattorova 
va b-q.) oilaviy 
hamda shaxslararo o‘zaro munosabatlar doirasida alohida ahamiyat kasb etgan gender 
tafovutlar o‘rganilgan.
Muallifningning oila va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omillari va 
oqibatlariga bag‘ishlangan asarlarida oilada yoshlarni gender munosabatlarga 
tayyorlash muammolariga
3
, gender tasavvurlarning shaxs tarbiyasidagi o‘rni (2006) 
kabi masalalarda e’tibor qaratilgan. Bizning oxirgi tadqiqotlarimizda
4
er-xotin va 
oiladagi sibling munosabatlarning bola shaxsiga ta’siri, jumladan, erkaklik va ayollik 
fazilatlari shakllanishidagi o‘rni o‘rganilgan, ilmiy xulosalar chiqargan.
Bu kabi ota-ona munosabatlarining farzandlarga gender ta’siri muammosi 

Download 214,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish