Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari


BOLADA AXLOQIY VA MADANIY MALAKALARNI



Download 126,5 Kb.
bet4/6
Sana13.06.2022
Hajmi126,5 Kb.
#666357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OILADA BOLA TARBIYASINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

3. BOLADA AXLOQIY VA MADANIY MALAKALARNI
SHAKLLANTIRISHDA OILANING ROLI
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini hush yaxshilangizlar», — deyiladi Muhammad payg‘ambar hadislaridan birida.
Farzand — hayotning guli. Darhaqiqat, odobli farzand bilan hayotimiz fayzlidir. Biroq farzandlarimiz xatti-harakatida ham goho nuqsonlar ko‘zga tashlanadi, ularii o‘z vaqtida oldiki olib, bartaraf etmaslik gunoh ishlarga olib boradi. Shuning uchun oilada farzandlarimizga hadis namunalariii o‘qtirib borishimiz kerak.
Pedagogika fani atamasida «tarbiyasi qiyip» degan tushuncha mav­jud. Bu tushuncha odatda sho‘x va qaysar o‘quvchilarga nisbatan ishlatiladi. Shuningdek, tarbiyasi og‘ir bolalar qatoriga o‘zboshimcha, hatto bezori va zararkunanda darajasiga tushib qolgan o‘smirlar ham kiradi; ularni tarbiyalash, hayotda haqiqiy to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish oson ish emas, albatta. Biroq astoydil, e’tiqod va fidoyilik ko‘rsatib, ijtimoiy fanlar qonuniyatlariga suyanib, bu og‘ir va mashaqatli ishda muvaffaqiyatga erishadigan tarbiyachi-murabbiylar ham yo‘q emas. Chunki atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy aytganidek, yomon bola yo‘q, faqat yomon tarbiyachi bor, holos. Xalqimiz «onasini ko‘rib, qizini ol» deb bejiz aytmagan.
Bola ruhiyati va madaniyatidagi nuqsonlarni o‘z vaqtida payqab, ularni bartaraf etish tadbirlarini izlash va mohirona ish yuritib, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish orqali, shubhasiz, samarali natijalarga erishish mumkin. Buning uchun ruhiyat va pedagogika fanlariga asoslangan holda ish yuritish ko‘zlagan maqsad sari yetaklaydi.
Tarbiya ishining zargarning mehnatidek nozik ish ekanligini unutmagan holda, bolani eng kichik yosh davridan boshlab xulq-odob, yurish-turish malakalariga o‘rgatib borish, buning uchun, avvalo, mashq qildirish, suhbat, tushuntirish, ishontirish, ibrat-namuna kabi ilmiy-amalyy metodlardan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Inson mashq qilish, ayrim odatlarni egallash orqali har qanday mo‘jizalar yarata oladigan darajadagi qudratli kuchga ega. Dorbozu polvonlarning mahorati-yu, kosmonavt-uchuvchilarning jasorati tinimsiz mashq natijasi ekanligini to‘g‘ri tushuntira olmasak kelajakda «Sab’ai sayyor»dagi Bahromdek o‘z mahoratlariga qandaydir rag‘batlantirishni talab qilishlarining guvohi bo‘lamiz.
Inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga yetish uchun tinimsiz mehnat qilar ekan, buning uchun avvalo, unda mustahkam iroda bo‘lishi lo­zim. Demak, biz tarbiyaviy ishimizning asosiy yo‘nalishini bolalarda mashq qilish sifatlarini shakllantirishga qaratishimiz zarur. Bunda kun tartibi katta rol o‘ynab, uning asosida o‘z faoliyatini tashkil etgan bola vaqtdan unumli foydalana oladi, hayoti davomida qunt bilan ishlash, mehnat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Unda intilish bilan shaxsiy imkoniyatiga baho berish o‘rtasida uyg‘unlik vu­judga keladi.
Vaqt-vaqti bilan ahloqiy mavzularda suhbat o‘tkazib, bolaning ongiga ta’sir etish ham ahamiyatlidir. Bunday suhbatni badiiy asar qahramonlari, Vatanimizning ajoyib kishilari hayoti va faoliyati to‘g‘risida, tabiat olami haqida qiziqarli qilib o‘tkazish mumkin. Bunda o‘g‘il va qizlarning yosh xususiyatlari, bilim saviyalari, aqliy imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari e’tiborga olingan holda tarbiyaviy tadbirni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shu xususda bolalarning din ahllari bilan muloqotda bo‘lishi ham maqsadimizni oydinlashtiradi. Islom hadislarida «Din — nasihatdir» deyilgan. Darhaqiqat, yomon gapga pichoq qinidan, yaxshi gapga ilon inidan chiqadi.
Ma’lumki, bolaning xatti-harakatida ba’zan salbiy holatlar, noxush kechinmalar hush uchrab turadi. U biron-bir aybni ataylab emas, balki ko‘pincha tushunmaganligidan qiladi. Bolaning aybi, nojuya xatti-harakati uchun jazolashdan ko‘ra, uning keltirgan ziyoni haqida tushuncha berish kerak.
Bolalar o‘z ruhiy dunyosiga ko‘ra, foydali ishlari bilan kattalarga yordam berish istagida bo‘ladilar. Biroq turmush tajribasizligi na o‘quvsizligi tufayli ularning bu istaklari hamma vaqt ham amalga oshavermaydi. Goho «qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarish» holati ro‘y beradi: u bir ishga dadil kirishadi-yu, sal vaqt o‘tmasdan ishkal chiqaradi. Shunday hollarda, ya’ni bola biron-bir foydali ishga qo‘l urmoqchi bo‘lganida zudlik bilan uni qanday bajarishni ko‘rsatib, yo‘l-yo‘riq berish lozim. Bunda uning muayyan faoliyatni (vazifani, topshiriqni) o‘zi mustaqil ravishda bajarishga odatlanadi bola­ning kelgusi aqliy mehnatida ijodkorlik, tashabbuskorlik, mustaqillik kabi sifatlarning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiya ishida ishontirish metodidan ham samarali foydalanish mumkin. Bu metodni ko‘pincha bola muayyan ishni dadillik bilan emas, balki sarosima, qo‘rquv hissi, ikkilanish tufayli bajara olmagan paytda ho‘sh, umuman, har qanday holatlarda ham qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ishontirish orqali bolada o‘z kuchiga ishonch tuyg‘usi paydo qilinadi; bu tuyg‘u esa bolaga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi.
Ahloqiy tarbiyada ibrat-namuna metodi alohida o‘rin tutadi. Pedagogik adabiyotlarda o‘qituvchi, ota-ona namunasi haqidagi nazariy fikrlar amaliy misollar asosida bayon qilingan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki o‘quvchi uchun yeng yaqin kishilar uning ota-onasi va o‘qituvchilaridir. Shuning uchun ham bola doimo tahlid qilib, o‘z ota-onasiday, o‘z o‘qituvchisiday bo‘lishni orzu qiladi: o‘qituvchining havas qo‘zg‘aydigan darajadagi odobi, yuksak madaniyatliligi, sipo va ko‘rkam kiyinishi, shirin muomalasi, yorug‘ chehrasi, kamtarinligi, oddiyligi, mehnatsevarligi, odamiyligi va bilimdonligi shogirdlarning beg‘ubor qalbiga mehr-muhabbat nuri bilan singib kiradi.7
Ota-ona esa farzandlar nigohida eng buyuk kishilardir. O‘zining eng yaxshi sifatlari: mehnatsevarligi, bir-birlari bilan ahilligi, farzandlariga g‘amxo‘rligi, qo‘shnilar bilan ittifoqligi, qariyalarga nisbatan mehribonligi, kishilarga iltifotliligi — odamoxunligi, ochiqko‘ngil, kamtarlik xususiyati; oddiy va bejirim kiyinishi, xullas, tashqi va ichki qiyofasining go‘zalligi bilan far­zandlar nazarida «eng chiroyli, istarasi issiq» kishilardir. haqiqatan ham, ana shu fazilatlar sohibi bo‘lgan har bir ota va ona kelgusida o‘z farzandlari tomonidan bir umr e’zozlanadi. Chunki ular mashaqqat chekib jon pardasida ardoqlagan mehr chashmasi bilan o‘stirgan nihollarining kelgusidagi shirin mevasidan bahramand bo‘ladilar. Zotan, xalqimizning «bug‘doy eksang — bug‘doy, arpa eksang — arpa o‘rasan» degan naqli ayni hayotiy haqiqat talqinidir. Biroq, afsuski, hayotda buning aksi ham bo‘lib turadi: uzluksiz oilaviy janjallar, er-xotinning ota-onalik burchini unutib, farzandlarini o‘z holiga tashlab qo‘yishi va hatto, ajralishib ketib, bola­larni tirik yetim qoldirishi dahshatli hodisadir.
Shunday kishilar ham borki, ular «bolalarimizning qornini to‘ydirib, yaxshi kiyintirib boqib katta qilayapman-ku, tag‘in nima zarur» degan xayol bilan yashaydilar. Ular farzandga hamma narsani beradilar-ku, lekin unga kerak bo‘lgan bir narsani — onalik va otalik mehr-shafqatini bera olmaydilar. Shunday oilada voyaga yetgan ko‘pchilik farzandlarning qismati ayanchli, ular ota-onalari kabi xudbin, bemehr, hamma narsaga loqaydlik bilan qaraydigan kishilar bo‘ladilar. Vaholanki, tarbiya ishida hatto kichik xatoga yul qo‘yish ham kechirilmaydigan aybli ish bo‘lib, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Binobarin, kishi salomatligiga putur yetishi nihoyatda tashvishli holat bo‘lganidek, uning shaxsida yuzaga kelgan axloqsizlik ko‘rinishlari ham g‘oyat achinarli hodisadir. Bundan jamiyat ham, ota-onalar ham, o‘zi ham aziyat chekadi. Shuni unutmaslik kerakki, bemorni davolashdan ham ko‘ra shaxsning ma’naviy qiyofasi, uning ruhiyati va fe’l-atvoridagi illatni davolash ancha mushkuldir.
Shaxsning rivojlanib, tarkib topishida asosan uchta omil hal qiluvchi ahamiyatga molikdir: biologik omil, ijtimoiy shart-sharoit (muhit) va tarbiya. Binobarin, kishining ma’naviy qiyofasi, uning fe’l-atvori, voqelikka munosabati, ilg‘or dunyo qarashi xuddi ana shu uchta omil tufayli qaror topadi. Zotan insonning haqiqiy komil inson darajasiga o‘sib yetishishida mazkur uchta omilning roli birdek azushiyat kasb etadi. Muayyan sabablarga ko‘ra, bu omillarlan birortasi marom darajasida bo‘lmay, shaxs faoliyatida turli miqyosda amal qilinmasligi salbiy ko‘rinishlarni keltirib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs ma’naviy qiyofasida chekinish yuz be­radi — uning tarbiyasi buzila boshlaydi.
Binobarin, «bolani boshidan, niholni yoshidan asra» degan hikmatga amal qilgan holda, yosh bo‘g‘inni eng kichik yosh davridan boshlab g‘oyatda e’tibor bilan tarbiyalab borsak, zarur xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirsak, farzandlarimizning kelajagi haqida qayg‘ urib, vatan oldidagi mas’uliyatimizni doimo his etgan holda ota-onalik burchimizni sharaf bilan ado etgan bo‘lamiz. Ana o‘shanda bolalarimiz muhim xarakter xislatlarini egallab, ular oilaninggina farzandi bo‘lib qolmasdan, vatanga va xalqiga munosib farzand bo‘lib voyaga yetadilar. Shu o‘rinda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va boshqalar haqidagi hikoyatlardan so‘zlab berish kasb etadi. Oila tarbiyaning asosiy poydevoridir. Bolaning kim bo‘lib yetishishi asosan, oiladagi muhitga tarbiyaviy ta’sirga bogliq. Bu to‘g‘rida atoqli pedagog A. S. Makarenko alohida to‘xtalib, agar biz farzandlarimizga yaxshi tarbiya bersak bu bizning baxtimiz, shodligimizdir; yomon tarbiya bersak bu - kelajakdagi achchiq ko‘z yoshimiz, noqobil farzand tufayli qon-qon yig‘labyutadigan g‘amlarimiz, alamlarimiz, deb ota-onalarni ogohlantirgan edi. Zotan, bolani avvalo jismoniy sog‘lom qilib o‘stirsak, mustahkam irodali qilib chiniqtirsak murg‘ak qalbiga beg‘uborlikni, bokiralikni, chin odamiylik hissini, ulug‘vorlik, mardlik-mardonavorlik tuyg‘ularini, ehtiros va jushqinlikni, olijanoblikni singdirib borsak, uning aqlini peshlab, turmush ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan boyitsak, faoliyatiga mehnatsevarlik, g‘ayrat-shijoat, tashabbuskorlik, ijodkorlik, mustaqil harakat qilish, uddaburonlik kabi sifatlarni singdirib yuborsak, qobiliyatini aniq maqsad sari yo‘naltira olsak, biz ota-onalik va murabbiylik burchimizni bajargan bo‘lamiz. Ana o‘shanda farzandlarimizni tarbiyalash yo‘lida chekkan mashaqatlarimiz, sarf etgan beminnat mehnatimiz shirin mevasini beradi. Bu mevadan o‘zimizgina emas, balki jamiyat ham bahramand bo‘ladi. Farzandimiz esa shunday ulug‘ darajaga yetishganidan benihoya baxt-quvonchga to‘lib, bizlardan bir umr minnatdor bo‘lib qoladi. Aks holda oilada dili huftonlik kayfiyatlari avj olaveradi. Shu sababli, bola tarbiyasida ota-onaning fikriy mushtarakligi katta rol o‘ynaydi.
Ota-onaning so‘zi bilan ishining birligi muhim fazilat bo‘lib, katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga egadir. Ota-onalar bolaga to‘g‘rilik va rostguylikning afzalliklari hamda spirtli ichimliklar ichish va chekishning zarari haqida gapirib, o‘zlari bunga amal qilmasalar, so‘zlari foydasiz bo‘lib qoladi.8
Yolg‘onchilikning kishi xarakteridagi dastlabki kurtaklari yoshlikdan paydo bo‘ladi. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, deganlaridek, yolg‘on-yashiq ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanuvchi ba’zi yolg‘onni ko‘p gapiradigan kattalar orasida ulg‘ayib borayotgan yoshlar, ulardan yolgonchilik kasalligini yuqtiradi. Bu kasallikning oldi olinib, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatilmasa, bu illat niholdsk nozik bo‘lgan bola xarakteriga o‘rnashib qoladi va yomon oqibatlarga olib keladi.
Bola tarbiyasi hamma uchun ahamiyatli masalalardan. Chunki, bo­lani yoshlikdan qayoqqa yetaklasang o‘sha tomonga ketaveradi. Shuning uchun ularning fikrlash qobiliyatini ustirish uchun ibratli hikoyalardan aytib, o‘qib berish kerak. Avvalo bunday ishlarda bola qalbiga yo‘l topa olishlik eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Bola yoshligida hamma narsaga havas qiluvchi, o‘zidan kattalarga tahlid qiluvchi bo‘ladi. Ba’zan kattalarning yomon qiliqlarini o‘zlashtirishga ulgurgan bo‘ladilar. Bola xarakteriga xos bunday xususiyatlar tarbiyada keng ildiz otgan, uii ko‘proq oiladagi to‘g‘ri tar­biya va o‘rinli, asosli tanbehlar, ibratomuz ugitlar zamirida ulg‘aytirsak, bu illatni asta-sekin yo‘qotish mumkin. Ammo biz kat­talar ba’zida erkalanib yolgon gapirib kelgan bolalarga befarq qaraymiz: bunday qusurlarga «shunchaki kamchilik» yoki «hali bola- ku» degan tushuncha bilan yondashmasligimiz kerak. Aks holda ana shu yuqoridagi «shunchaki kamchilik»lar qimmatga tushadi.
Oila a’zolari o‘rtasida nutq odobi masalasi g‘oyat muhim masaladir. Biroq bu ishni amalga oshirishda, birinchi galda ota-onalarning o‘zlari namuna ko‘rsatib, sof ona tilida so‘zlashishlari lozim. Ma’­lumki, «sen» va «siz» so‘zlari ham bir og‘izdan chiqadi. Ayniqsa, o‘zbek kelinining xulq-odobi, mehnatsevarligi, uddaburon-chaqqonligi, saranjon-sarishtalik xususiyatlari bilan hammada havas uyg‘otibgina qolmay, shirin so‘z, xushmuomala, yoqimtoylik fazilatlari bi­lan xonadonga nur yog‘diradilar.
Baliq suv bilan tirik deganlaridek, odam odam bilan hayotdir. Buning asl ma’nosida odamlarning o‘zaro muloqotidagi aloqa qurolining ijtimoiy sifatlari yotadi.
Binobarin, muomala-munosabatda nutq madaniyatiga rioya qilgan holda, mazmunli hamda ravon so‘zlay olish naqadar ulug‘vorlikdir. O‘z navbatida, har bir odam muloqotda sezgirlik, ziyraklik, hozirjavoblik, ibolilik, iffatlilik namunasini ko‘rsata olishi boshqalar nigohi qarshisida xushsurat timsol yaratadi.
Tramvay, trolleybus, avtobuslarda va jamoat joylarida yoshlar­ning muloqotlarini ko‘rib hayroy qolasan, kishi. Avvalo, ular g‘aliz tilda so‘zlashadilar. Yana buning ustiga ruscha va o‘zbekcha so‘zlarni bir-biriga qorishtirib gapiradilar.
Keyingi yillarda o‘zbek tili lug‘ati tarkibda bemalol «shung‘ib yurgan» ko‘plab ruscha va chet el so‘zlari hadsiz ko‘paydi. Bu so‘zlar sun’iy ravishda siz bilan bizning nutqimizda tinmay takrorlanmoqda. Gapning qisqasi, o’zbek tilining musaffoligi, aniq va lundaligi, pokligi va silliqligini ayavsiz holda buzishlarga yo’l qo’yildi.
Shu o‘rinda ona tilining hurmatini ko‘tarish, uning sofligini ta’minlash, boyitish va talabalarimizning o‘zlari o‘z tillariga amaliy jihatdan bepisandlik qilayotganliklarini tezda bartaraf qilmok; kerak. Ular ona tilining sofligi, davlat tili xuquqini olishi tarafdorlari bo‘lgani holda muomala madaniyatida o‘zbekcha so‘zlar, birikmalar o‘rniga bemalol ruscha so‘zlarni sun’iy ravishda ishlatmoqdalar. Rus tilini umuman yaxshi tushunmaydigan ko‘plab ta­labalar, hatto ko‘r-ko‘rona ruscha nomlaydilar. «Materiallar qarshiligi»ni — «sopromat», «Imtihon»ni — «ekzamen», «sinov»ni — «zachet» tarzida qo‘llashlari o‘z tilini buzish emasmi?
Har bir millatning tarixiy an’ana va urf-odatlari, udumlari, xullas hayot tarzini ko‘z-ko‘zlovchi madaniyatiga g‘amxurlik qilish, shu asosda ularni yangi-yangi mazmun bilan boyitish millatning tafakkur, fikrlash qobiliyatini qayraydi, boyitadi. Shogirdning ustozdan o‘rganadigani ham shu masalalar bo‘lgan, shuning uchun ham xalqimiz «ta’lim bergan ustozingdan ayrilma», deydi.
«Navro‘z» — o‘zbek xalqining juda katta milliy bayramidir. Uning mazmunida xalqimizning yashash tarzidagi bahorni iliq qarshi olish, yerga birinchi urug‘ qadash, sumalak, non ulashish, kurash, hashar, uloq arqon tortish, dor o‘yin, aytishuv, topishmoq sahnasi, quloq-cho‘zma, o‘tganlarni eslash kabi yuzlab an’ana, urf-odat va udumlari bor. Tabiiyki, ushbu marosimlarni bajarish, ijro etish- da til bilan tafakkur ishtirok etadi. Boshqacha qilib aytganda, bu jarayonda millatning idroki, tafakkuri natijalari so‘z, jumla va gaplarda voqe bo‘ladi. Xalqimiz lug‘ati tarkibida — shevalar, lahjalar va dialektlarda hali o‘zbek adabiiy tiliga olib kirilmagan minglab haqiqiy turkiy-o‘zbekcha so‘z va iboralar ham juda ko‘p. Bu so‘z va iboralar o‘sha sheva va lahjalar uchungina aloqa vositasi vazifasini utamoqda, xolos.
Buning juda katta asossiz sabablari bor. Bu davrda «adabiy tilda gapir», «shevachilikni aralashtirma», «adabiy tilning go‘zalligi, silliqligi va pokligini buzasan» degan bema’ni tazyiqlar bo‘ldi. Hali o‘rta maktabni ham bitirmagan, kolxoz-sovxozlarda oddiy vazifalarni bajarayotgan, o‘zbekning butun ruhiy holatini o‘zida namoyon qiluvchi kishilarni radio-televideniye ekranlarida adabiy tilda so‘zlatishga harakat qildik. Uning nutqi erkinligini bo‘g‘ib, tushovlab qo‘ydik; ularga «xozraschyot», «arenda», «pribil», «ubntka» kabi so‘zlarni talaffuz etishlariga yo‘l ochib berdik. Oqibatda, she­valar tarkibida qatlanib yotgan minglab o‘zbekcha so‘z va iboralar tabiatidan mahro‘m bo‘ldik. Agar diqqat qilgan bo‘lsangiz, televideniye orqali namoyish etilgan Namangan, Urgut, Xorazm, Qozog‘iston kabi joylarda nishonlangan Navro‘z bayrami jarayonida ko‘plab yangi-yangi so‘z va iboralar, topishmoq va «shahar berish»lar bo‘y ko‘rsatdi. Bular adabiy til lug‘ati tarkibiga yo‘l topolmay yurgan til va dil boyligimizni namoyish etdi.
Shu o‘rinda diqqatni bir muhim masalaga qaratishni istardik. O‘zbek tili turkiy xalqlar tillari orasida shevalarga boy yagona tildir SHevaning ko‘p bo‘lishi — milliy tilimizning ko‘ptomirliligi, baquvvatligi, uning boyligini ko‘rsatadi. Lekin ana shu boylikni namoyish etuvchi qaysi bir mukammal qomusni ko‘rsata olamiz. Butun boshliq o‘zbek millati tili­ning lug‘at tarkibi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da berilganidek, 60 ming so‘zdangina iboratmi? Yo‘q. Ma’lum sabablarga ko‘ra (yuqorining rejasi asosida) xalq shevalarida qatlanib yotgan o‘n minglab so‘z, atama va iboralar qolib ketgan.
Adabiy til deganda, ma’lum bir qonun-qoida, normaga asoslangan aloqa qurolinigina tushunish shu kungacha davom etib keldi. Endilikda adabiy til — milliy adabiy til, ijtimoiy hodisa sifatida o‘z ma’nosini — tarkibini ham kengaytirishi lozim. Shu ma’noda o‘zbek milliy adabiy tili xalq shevalaridan oziqlangan holda o‘z tarkibini asl turkiy — o‘zbekcha so‘z va iboralar, qolaversa, yangi ma’no beruvchi boshqa belgilar hisobiga to‘ldirishi kerak. Bu mas’uliyatli ishni ruyobga chiqaruvchi birinchi kamarbastalar — yozuvchilar, jurnalistlar, o‘qituvchilar, qolaversa xalq mulki — folklor materiallarini ruyobga chiqaruvchilar, ovoznigor va oynai jahon xodimlari bo‘lishlari kerak.
Nihoyat, bu orzu amalga oshdi — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu haqda qonun kuchga kirdi. Shundan buyon oradan o‘tgan qariyb to‘rt yil ichida anchagina o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbek tili jumhuriyatimizda mag‘rur jaranglamoqda, o‘zining asl kuch-qudratini namoyish etmoqda. Matbuot, radio va televideniyeda so‘zlarning asl o‘zbekcha nusxalaridan keng foydalanilmoqda. Xalqimizning til madaniyati ortib, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat ham ancha yaxshilandi. Tilga e’tibor — elga e’tibor, deganlari mana shunda namoyon bulmoqda.
Butun dunyo pedagogikasi tarixi va amaliyotidan shu narsa ma’lumki, biror milliy tilni o‘zga bir millat farzandlariga o‘rgatishni o‘ziga kasbu kor qilib olgan ziyoli bu har ikkala milliy tilni yetarli darajada bilishi zarur. Masalan, rus tilini o‘zbek o‘quvchilariga o‘qitishni o‘ziga kasb qilib olgan o‘qituvchi ham rus tilini, ham o‘zbek tilini to‘liq bilishi shart. Zotan, u rus tilini yaxshi bilmasa, uni o‘rgata olmaydi, o‘zbek tilini bilmasa, o‘zbek o‘quvchilari bilan muomalaga kirisha olmaydi. Chunki rus tilini o‘rganayotgan o‘zbek sinfida rus tilining millatlararo muomala tili bo‘lishiga ancha yillar kerak, bu o‘rinda rus tili o‘quvchilar bilan muomala vositasi darajasiga ko‘tarilishi uchun bolalar uni ma’lum darajada-o‘rgangan bo‘lishlari zarur.
Ro‘y-rost aytish kerakki, o‘z ona tilini yaxshi bilib olgan holda, ravon va chiroyli so‘zlash hamda ajoyib notiq bo‘lib yetishish ko‘p jihatdan badiiy adabiyotlarni tinimsiz mutolaa qilishga bog‘liq.
Alisher Navoiy 10 yoshlarida Sa’diyning «Guliston», «Buston» kitoblarini, ayniqsa Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» («Qush tili») asarini qayta-qayta o‘qir va yod olar edi. F. Attorning bu asari yosh Alisherga qattiq ta’sir qildi.

XULOSA
Mustaqil Respublikamizning kelajagi bo’lmish, yangi barkamol avlodni tarbiyalash ishi oiladan boshlanadi. Qanday farzand bo’lmasin, u dastavval, yaxshilik va yomonlik xislatlarini o’zi o’sgan xonadondan o’rganadi.
Ota – ona o’rtasida inoqlik va mehr – vafo bo’lmasa, buning azob – uqubati faqat ularning o’zlari uchungina emas, ba’lki farzandlari uchun ham og’ir bo’ladi. Ota – bobolarimizdan bizgacha meros bo’lib qolgan ,,Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan hikmatli so’zlari bejiz emas. Bola tarbiyasi, odobi, fe’l – atvori ota – onasiga bog’liq. Agar oilada ota – onalar o’zaro va boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo’lsa, bolalar ham axloqli, odobli bo’lib o’sadi.
Shuning uchun ota – onalar farzandlarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalab, unga o’zlari namuna bo’lsalar, insonning bunday yaxshi fazilati unga meros qilib qoldirilsa, bolalarni bir umrga baxtiyor qiladilar. Bola tarbiyasida oila muhiti juda katta ahamiyatga egadir. Shu tufayli ota – onalar oilada bo’ladigan tarbiyaning hamma tomonlarini e’tiborga olishlari kerak.
Kurs ishiga doir adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish hamda oilada bola tarbiyasini kuzatish orqali quyidagi xulosalarga keldik:
1. Har bir milatning o’ziga xosligi uning milliy ruhiyatida o’z ifodasini
topadi. O’zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish – har tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim rol o’ynashi aniqlandi.
2. Jahon fani va madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz
o’zlarining keng qamrovli fikrlari bilan yaratgan bebaho durdona asarlarida axloqli, odobli bo’lish, tinch – totuv oila qurish baxtli hayot kechirish yo’llaridan biri ekanligi hozirgi kunda ham muhim ahamiyatga egadir.
3. Axloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhiti aloxida rol o’ynashi hamda bu borada ota – onalar ham tarbiyaning vazifasi, maqsadi, vositalari, usullari yuzasidan har tomonlama chuqur bilimga ega bo’lishlari kerakligi aniqlandi.
4. Oiladagi o’zaro samimiy va oqilona munosabatlar, iliq ruhiy iqlim ta’siri natijasida oila a’zolarida kamtarlik, ko’ngilchanlik, iltifot, sabr – toqat, uyatchanlik, to’g’rilik, yaxshilik, mehribonlik, o’zaro hurmat, vijdonlilik, mehnatga mas’uliyat kabi shaxs xislatlari tarkib topishi aniqlandi.
5. Ota – onalar farzandlar nigohida eng buyuk kishilardir. Shuning uchun ota – onaning so’zi bilan ishining birligi muhim fazilat bo’lib katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga egadir.
6. Oila a’zolari o’rtasida nutq odobi masalasi ham muhim masalalardan bolib, bu ishni amalgam oshirishda ota – onalar sof ona tilida so’zlashishlari va bolalarni ham bunga o’rgatishlari lozim.
Xullas, bolalarni axloqli, odobli, madaniyatli, yuksak insoniy fazilatli yetuk shaxs qilib tarbiyalashda oilaning roli beqiyosdir.


Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish