Oila va uning vazifalari. Oila turlari



Download 242,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi242,74 Kb.
#303447
  1   2   3
Bog'liq
4-nazariy mavzu



4-mavzu. 

Oila va uning vazifalari. Oila turlari. 

Oila sotsiologiyasi – umumiy sotsiologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, u oilani nikoh 

asosida tashkil topgan, jamiyat taraqqiyotida muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial 

institut sifatida o‘rganadi. Oila sotsiologiyasining alohida vazifalari mavjud bo‘lib, ular 

quyidagilardir: 

– jamiyat taraqqiyoti davomida oilaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda mavjudlik 

qonuniyatlarini o‘rganish; 

– oilaning mohiyati va faoliyati o‘zgarib borishini aniqlash; 

– nikoh va oila turlari evolutsiyasini o‘rganish; 

– oila tashkil topishi va taraqqiyotida avlodlarning o‘zaro ta’sirini aniqlash; 

– 

oila tarbiyasi



– oilaning rekreativ faoliyatini va oila huquqining ijtimoiy mohiyatini ochib berish

– mehnat taqsimotida oilaning o‘rnini o‘rganish. 

Oila sotsiologiyasi oilaning jamiyat bilan o‘zaro bog‘liqligiga ham e’tibor qaratadi. Chunki 

jamiyat tashkil topishida, uning davomiyligini ta’-minlashda oila asosiy ijtimoiy, demografik 

manba hisoblanadi. 

Oilaning asosini erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh birligi va nasl tash-kil etadi. 

Oila taraqqiyoti to‘g‘risida qator nazariyalar mavjud. Quyida biz AQSHlik etnograf 

L.Morganning oila taraqqiyoti bosqichlari to‘g‘risidagi fikrini keltiramiz: 

– Promiskuitet 



– 

yovvoyilikning quyi bosqichiga xos bo‘lib, bunda ayrim oilalar bo‘lmagan, 

oilaviy hayot ijtimoiy hayotga teng bo‘lgan. 

– Qon-qarindoshlikka asoslangan oilada nikoh qabila va urug‘ a’zolari orasida bo‘ladi. Bunday 

oila endogam birlikni tashkil qiladi (guruhiy nikoh). 

– Punalual oila va ona avlodi bo‘yicha yaqin qarindoshlar bilan ni-koh man qilinadi. 

 

 



 

 

Monogam oila bir erkak va bir ayol orasida bo‘lib, u otalikni tan olish va oila mulkiga 



egalik qilishga asoslanadi. Monogam oila eski urug‘chilik 

tuzumining yemirilib

, yangi 

kishilik hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq. 

 

Oilaning vazifasi uning strukturasi bilan uzviy bog‘langan. Oila funksiyasi sotsiolog 



M.S.Matskovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiritilgan: 

 



1.

 

 



reproduktiv (nasl qoldirish) funksiya; 

2.

 



 

tarbiya funksiyasi; 

3.

 

 



xo‘jalik-maishiy funksiya; 

4.

 



 

iqtisodiy funksiya; 

5.

 

 



birlamchi 

ijtimoiy nazorat funksiyasi

6.

 



 

ma’naviy munosabat va aloqalar funksiyasi; 

7.

 

 



ijtimoiy maqomiy funksiya; 

8.

 



 

hordiq chiqarish funksiyasi; 

9.

 

 



emotsional funksiya. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oilaning jamiyat ta-raqqiyotidaga, ma’naviy 



barkamol va jismonan sog‘lom avlodni tarbi-yalashdagi 

katta ahamiyatini hisobga olib

, oilaga 

daxldor boy hamda chuqur mazmunli milliy an’analarni asrash maqsadida 1998-yil 2-fev-ralda 

«Oila» Respublika ilmiy-amaliy markazini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Toshkent Davlat universiteti 

va Toshkent Davlat pedagogika univer-sitetining oila muammolarini o‘rganish bo‘yicha 

laboratoriyalari negi-zida tuzilgan. 

«Oila» markazining faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlar bilan bel-gilangan: 

– boy milliy an’analarni, milliy qadriyatlar asoslarini, ajdodlari-mizning oila va jamiyat, oila va 

mahalla bilan bog‘liq merosini o‘rga-nish hamda tarqatish; 

– umuminsoniy qadriyatlarning milliy oilaviy tarbiyadagi rolini oshirish va ularning oilada 

uyg‘unlashuvini ta’minlash; 

– oilaning pedagogik, 

psixologik

, ijtimoiy-psixologik, etnopeda-gogik, etnopsixologik 

muammolarini o‘rganish, shuningdek, ularni ri-vojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni 

tayyorlash; 

– oilaning 

ijtimoiy-iqtisodiy holatini

, uning demografik xususi-yatlarini ilmiy jihatdan tadqiq 

etish; 


– oila, ayollar va bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini aks ettiruv-chi statistika axborotini 

to‘plash va umumlashtirish; 

– oilani rejalashtirishni, uning sog‘lig‘i tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq 

etish, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va 

ularni amaliyotga joriy etish

– yoshlarni oila hayotiga tayyorlashni yaxshilash uchun nikoh saroy-lari va salomatlik 



markazlari huzurida maxsus o‘quv-tarbiya kurslari tash-kil etish


– oilaning huquqiy bilimlarini tubdan oshirish va uni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy 

faoliyat olib borish; 

– bolaning oiladagi qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qi-lish, ota-onalarning bolalar 

sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularni maktabga tayyorlash mas’uliyatini oshirishdagi faoliyatini 

takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish; 

– ma’naviyat, madaniyat va maorifni yanada rivojlantirish orqali oi-lada uyg‘un kamol topgan 

avlodni 

tarbiyalashning samarali

, maqbul usullarini ishlab chiqish; 

– oila va jamiyat muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 

ilmiy-ommabop risolalar yaratish; 

 

 



– oila va jamiyat muammolari bo‘yicha xalqaro aloqalarni o‘rnatish.

 

Oila nima? Herzenning so'zlariga ko'ra, oila farzandlar bilan boshlanadi, biroq oilani qo'lga 



kiritish uchun vaqt topa olmagan er-xotinlar ham oila quradilar. Homilador oilalarning oilalari, 

tugallanmagan, qarama-qarshilik va ko'plab oilalar mavjud. Keling, ushbu muhim ijtimoiy 

guruhni tasniflashning asosiy usullarini tushunishga harakat qilaylik. 

Zamonaviy oilaning turlari va turlari 

Zamonaviy tadqiqotchilar oilalarning turlarini aniqlash uchun turli tasniflardan foydalanadilar. 

1. 



Download 242,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish