Oila va jamiyatning o`zaro ijtimoiy siyosiy va ma`naviy munosabatlari


Madaniyat,  uning  tuzilishi  va  ijtimoiy  funksiyalari



Download 343,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana27.02.2021
Hajmi343,34 Kb.
#60222
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
oila va jamiyatning ozaro ijtimoiy siyosiy va manaviy munosabatlarini organish usullari

Madaniyat,  uning  tuzilishi  va  ijtimoiy  funksiyalari.  Madaniyat 

tushunchasiga  turli  lug„atlarda,  faylasuflar  va  olimlarning  asarlarida  berilgan 

ta'riflarni  taqqoslasak,  ularning  o„rtasida  jiddiy  farq  mavjudligini  ko„rishimiz 

mumkin.  Bu  tasodifiy  bir  hol  emas.  Madaniyat  –  shaxs  va  jamiyat  hayotining 

barcha  jabhalarini  qamrab  oluvchi  o„ta  serqirra  hodisa.  Madaniyat  nima,  degan 

savolga javob topish u qay tarzda vujudga kelgan va turli, ayrim  jihatlarga ko„ra 

esa  bir-biriga  zid  madaniyatlarning  mavjudlik  sababi  nimada,  degan  savollarga 

javobni ham nazarda tutadi.  

«Madaniyat»  atamasi  arabcha  «madina»  so„zidan  kelib  chiqqan  bo„lib, 

«shahar»  degan  ma'noni  anglatadi.  Arablar  kishilar  hayotini  ikki  turga  ajratib, 

birini badaviy  yoki sahroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. 

Tugab  borayotgan  Rim  imperiyasida,  keyinchalik  esa  O„rta  asrlarda  ham 

madaniyat  tushunchasi  shahardagi  turmush  tarzi  va  sivilizatsiya  ne'matlari  bilan 

bog„langan.  

Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko„rinishida shakllangan. Shu bois, eng 

qadimgi  davrlardan  hozirgi  kungacha  ham  yurtimizda  ma'naviy  madaniyat, 

go„zallikka intilish, san'atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg„onish davrida 

madaniyat  shaxsiy  barkamollik  belgisi  sifatida  qaralgan.  Shu  davrda  madaniyatni 

ma'naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san'at, falsafa, 

din bilan  bog„lash odati  paydo bo„lgan. Madaniyat  xulq-atvor  andozalari  majmui 

sifatida,  ma'naviy  faoliyat  antik  an'anasining  davomi  sifatida  e'tirof  etilgan.  Shu 

ma'noda  madaniyat  tushunchasi  ijtimoiy-ilmiy  muomaladan  o„rin  olgan  XVIII 

asrgacha amal qilgan.  



 

17 


Ma'rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil 

va  o„ziga  xos  jabhasi  sifatida  qaraydilar.  Ularning  talqinida  jamiyat  va  shaxs 

hayotining  barcha  sohalarida  aql,  oqilonalik  tamoyillarining  qaror  topishi 

madaniyatning  eng  muhim  jihatidir.  Aqlning  vazifasi  insoniyat  oldiga  umumiy 

ahamiyatga  ega  bo„lgan  maqsadlarni  qo„yish  va  ijtimoiy  o„zgarishlarni  o„ziga 

bo„ysundirishdan  iborat.  Ma'rifat  davrida  madaniyat  deb  hisoblash  mumkin 

bo„lgan  narsalarni  saralash  mezonlari  yaratildi.  Madaniy  faoliyat  intellektual, 

ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug„orilgan bo„lishi, ya'ni nafaqat yaratishi, 

balki  inson  imkoniyatlari  sohasini  tinimsiz  kengaytirishi  lozim  edi.  Ammo 

madaniyatning  asl  mohiyati,  uning  o„ziga  xosligi  inson  aqlining  mutlaq  erkinligi 

sifatidagi ma'naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.  

Kant  ko„nikma  madaniyatini  va  intizom  madaniyatini  farqlaydi.  Ko„nikma 

maqsadlarga  erishish  qobiliyatini,  intizom  esa  –  oqilona  maqsadlar  qo„yish  va 

inson  irodasini  oqilona  yo„l  tanlash  imkoniyatidan  mahrum  qiladigan  mayllar 

tutqunidan xalos etishni nazarda tutadi. Kant madaniyat tushunchasini fan va san'at 

doirasi  bilan  cheklaydi.  Fanda  aql-idrokning  qonunchilik  kuchi,  san'atda  – 

tasavvurning  mahsuldor  kuchi  jamlanadi.  Ular  ob'ektiv  bilim  va  sub'ektiv  sezgi 

kabi  bir-biriga  ziddir.  Shunga  qaramay  Kant  fan  va  san'at  munosabatlariga  bir-

birini to„ldiruvchi munosabatlar sifatida qaraydi.  

XIX  asrda  madaniyatga  avvalo  u  yoki  bu  tipdagi  jamiyat  hayoti  va  uning 

o„z-o„zini  tashkil  etishidagi  roliga  ko„ra  farqlanadigan  qadriyatlar  va  g„oyalar 

tizimi  sifatida  yondashila  boshlandi.  Gegel  madaniyatga  mutlaq  g„oya  o„z-o„zini 

anglab yetishining boshlang„ich va yakunlovchi (falsafa) bo„g„ini sifatida qaraydi. 

Gegelning  bu  nazariyasi  XIX-XX  asrlarning  madaniyatga  doir  bir  qator 

konsepsiyalarida tanqid qilinadi. Jumladan, «lokal sivilizatsiyalar» konsepsiyasida 

Shpengler xalqlar madaniyatiga o„z rivojlanish jarayonida vujudga kelish, ravnaq 

topish, tanazzulga uchrash va halok bo„lish bosqichlaridan o„tadigan berk, betakror 

organizmlar  sifatida qaraydi.  Shpengler  tarixiy  jarayonning o„ziga xos uzlukliligi 

dalilidan madaniyatlarning ko„p sonliligi g„oyasini keltirib chiqaradi.  



 

18 


XX  asrda  madaniyatni  o„rganish  asosan  etnografiya  va  ijtimoiy 

antropologiya  doirasida  amalga  oshiriladi.  XX  asrning  ikkinchi  yarmida 

madaniyatning  kommunikativ  xossalari  haqidagi  tasavvurlar  rivojlanadi,  uning 

germenevtik  talqini  keng  tarqaladi.  Bu  esa  madaniyatning  tuzilishi  va 

xususiyatlarini  o„rganish  uchun  asos  sifatida  tilga  qiziqish  kuchayishiga  sabab 

bo„ladi.  

Jumladan  I.  Karimov  madaniyatni  ma'naviyat  bilan  uzviy  aloqadorligini 

asoslaydi.  Uning  fikricha  “Ma'naviyat  –  insonni  ruhan  poklanish,  qalban 

ulg„ayishga  chorlaydigan,  odamning  ichki  dunyosi,  irodasini  baquvvat,  iymon 

e'tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini  uyg„otadigan  beqiyos  kuch,  uning  barcha 

qarashlarining mezonidir”.

Shunday  qilib, tarixiy  jarayonda shakllangan  madaniyatga doir  rang-barang 



konsepsiyalarda  mazkur  hodisaning  muhim  xususiyatlariga  tavsif  beriladi. 

Madaniyatning  hozirgi  talqini  mazkur  tavsiflarni  o„z  ichiga  oladi.  Madaniyat 

tushunchasining  mazmuni  moddiy  va  ma'naviy  qadriyatlar,  ularni  yaratish, 

ajdodlar  tajribasini  o„zlashtirib,  undan  yangi  qadriyatlar  yaratish  uchun 

foydalanishga  qodir  bo„lgan  insonni  shakllantirish  usullari  tizimidan  iborat. 

Madaniyat  yaxlit  bo„lib,  ancha  murakkab  tuzilishga  ega.  Uning  elementlari  turli 

asoslarga ko„ra farqlanadi. Har qanday madaniyat: 


Download 343,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish