NAZORAT SAVOLLARI
1. Nikoh-oila munosabatlari qanday yuzaga kelgan?
2. «Tabu» nima va u nikoh-oila munosabatlarining yuzaga ke- lishida qanday rol o'ynagan?
Estrus hodisasi nima?
Nikoh-oila munosabatining ilk turlaridan qaysilarini bilasiz?
Xususiy mulkchilikka o'tish bilan oilaviy munosabatlarda qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi?
«Sovg'a ayirboshlash» nima va u nikoh-oila munosabatlarining yuzaga kelishida qanday rol o'ynagan?
Xususiy mulkchilikka asoslangan sinfiylik jamiyati nikoh-oila munosabatlari xarakteriga qanday ta'sir ko'rsatdi?
Oila deb qanday guruhga aytiladi?
Oilaga oid qanday fikrlar va falsafiy qarashlarni keltirishingiz mumkin?
ADABIYOTLAR:
1. “O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasi” Tоshkеnt “O’zbеkistоn”-1998 yil
2.“O’zbеkistоn Rеspublikаsining Оilа kоdеksi” Tоshkеnt “Аdоlаt”-1998 yil
3.Kаrimоvа V. “Оilа mа’rifаti” Tоshkеnt-2009 yil
4.SHоumаrоv G’.B. “Оilа psiхоlоgiyasi” Tоshkеnt “SHаrq” -2008 yil
5.Kаrimоvа V. “Оilаviy hаyot psiхоlоgiyasi” O’quv qo’llаnmа Tоshkеnt-2006 yil
6- MAVZU: ER-XOTIN JUFTLIGINING SHAKLLANISHI
REJA
1.Oilada muloqot
2. Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to'siqlar
3.Yosh oilalarda oilaviy munosabatlar tizimi rivoji
Аsоsiy tаyanch tushunchаlаr:
Muloqot madaniyati - o'z-o'zini bilish va boshqa odamlarni tushuna olish qobiliyati
Psixologik to'siq — bu sherigiga ma'qul tushmay qolish, tushunilmay qolishdan qo'rqish
Vaziyatli to'siqlar — bu suhbatdoshlarning bir xil vaziyatni turlicha tushunishlari
Mazmuniy to'siqlar — suhbatdoshini tushunmaslik
Motivatsion to'siqlar - bunda gapirayotgan odam yo o'zi bayon qilayotgan fikrning motivini yetarlicha anglay olmaydi yoki u atayin ularni (asosiy motivni) yashirishga harakat qilayotgan bo'lishi mumkin.
Oilada muloqot qanday yo’lga qo’yilishi kerak?
Odamlar o'rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatining eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokatliligi va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og'rig'i, nevrozlar, insultlar, infarktlar va boshqa turli kasalliklar, shuningdek ichkilikka, giyohvand moddalarga ruju qo'yish, hatto o'z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o'z xo'jayinining «Menga avval, dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so'ng aksincha eng bemaza, yaramas taomni keltir», — deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo'lishi yoki aksincha eng fojiali bo'lishi ham mumkin.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy zo'riqish va ta'sirlanuvchanligining kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda odamlarning muloqot madaniyatining yuqori darajada bo'lishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |