aql-idrok yo‘rig‘i bilan jipslashgan g‘oyagina milliy maf-
kuraga asoslanadi.
Milliy istiqlol g'oyasi mamlakatimizda istiqomat qilayot-
gan salkam 26 million aholining maqsad-muddaolari, istiq-
bolda tinch va farovon yashashiga kafolat beruvchi g‘oyaviy
kuch bo‘lib, u millatni millat, xalqni xalq etib birlashtiruvchi
kuchli omildir. Bugungi kunda milliy g‘oya, milliy mafkura
targ‘iboti bilan keng jamoatchilik shug‘ullanmoqda, ayniqsa,
ta’lim tizimida bir qator ilmiy manbalar, darsliklar yaratilib,
o‘quv jarayonlarida qo‘llanilmoqda va yoshlami o‘z Vataniga
sodiq, mard, fidoyi, yuksak ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lishga
undalmoqda. Lekin mamlakatimizda ta’lim tizimi bilan
qamrab olinmagan aholiga ham milliy g‘oyalami qalblarga
singdirish zarurati bor. Ta’lim bilan qamrab olinmagan aholi
ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq
Do'stlaringiz bilan baham: |