yosh kelin-kuyovlar malakasini oshiruvchi maktab hisob
lanadi. U 2001-yil «Ona va bola yili» Davlat dasturida tashkil
etilishi belgilangan, Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazi,
Respublika «Mahalla» jamg‘armasi va Ma’naviyat-ma’rifat
Markazlari tomonidan tavsiya etilgan va tasdiqlangan dastur
asosida mahalla tarkibidagi o‘qitiladigan dargoh. Mazkur
dastur 36 soatga mo‘ljallangan. Uning tinglovchilari mahal-
lada istiqomat qilayotgan ota-onalar, yosh kelin-kuyovlar,
oila qurish bo‘sag‘asida turgan o‘smirlar bo‘lib, yoshi, jinsi,
ma’lumoti hisobga olinib, guruhlarga ajratilgan holda tashkil
etiladi. «Ota-onalar universiteti» oldin maktablar qoshida
tashkil etilgan «Ota-onalar universiteti»dan o‘zining mazmun
mohiyati, tinglovchilar tarkibi va belgilangan vazifalari bilan
keskin farq qiladigan taig‘ibot mexanizmi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |