asosida ilk bor mamlakatimizdan 500 kishining Saudiya
Arabistondagi Makka va Madinaga borib,
haj qilish sharafiga
muyassar bo‘lishdi. Islom odatiga ko‘ra, hajga borgan, ya’ni
muqaddas Ka’bani ziyorat qilgan kishilar Vataniga xoji faxriy
unvoniga ega bo‘lib qaytishadi.
Islom hayitlarining bosh marosimi tong saharda namoz-
gohlarda, masjidlarda o‘qiladigan «hayit namozi»dir. Musul-
monlar hayit namoziga toza, chiroyli kiyimlar kiyib, xush-
bo‘y
atir-upalarni sepib, yaxshi kayfiyat va ezguniyatlar bilan
chiqishadi. Awal «Bomdod namozi» o‘qiladi, so‘ng imom
Xatiblar kishilami ezgulikga da’vat etuvchi ma’ruzalar o‘tka-
zadilar. Undan keyin esa asosiy «hayit namozi» o‘qiladi.
Namoz o‘qish marosimidan keyin hamma bir-biri bilan
ko'rinib, hayit bilan qutlaydilar. Hayit namozidan chiqqanlar
yaxshi kayfiyatda uylariga berib, oila a’zolari, ota-onalari,
farzandlarini hayit bilan qutlab, «hayitliklar» sovg‘a qilishadi.
Bu ulug‘ ayyomda ustozlar ziyorat qilinadi, marhumlami
xotiralab, duolar o'qiladi, qarindoshlar xolidan
xabar olinadi,
bemorlar, keksalar holidan xabar olinadi. Hayit kunlari
odamlar orasidagi gina va arazlar unutiladi. Hayit kunlari
kambag‘al, beva-bechora, yetim-yesirlarga xayriya va sadaqa
berish savob hisoblanadi.
Hayit kunlarida Toshkent shahrida Toshkent viloyatining
ba’zi joylarida «kelin ko‘rish» yoki «kelin salom» deb
nomlangan marosim o'tkaziladi. Bu marosim quyidagicha
o'tkaziladi. Yolg'on arafa kuni kelinning ota-onasi qizi kelin
bo‘lib tushgan xonadanga yo‘q lov yuborishadi.
Bu bilan ular
qudalami, kuyovni qizlarini muborak ayyom bilan qutlay
dilar. 0 ‘z navbatida kuyov xonadonidagilar ham o'zlari
pishirgan shirinliklardan qudalarinikiga berib yuborishadi.
166
Toshkentda hayit kunlarida yangi kelinchak tushgan xona-
donda dasturxon yuksak mahorat bilan bezatiladi.
Hayit kuni erta tongda turgan kelinchak, yuvinib-taranib,
eng chiroyli liboslarini kiyadi, boshiga harir mato yopib,
xonadon a’zolariga salom beradi va dasturxonga taklif etadi.
Shundan so‘ng kelin ko‘rish marosimi boshlanib ketadi.
Qarindosh urug‘lar, tanish-bilishlar, qo‘ni-qo‘shnilar birin-
ketin «kelin ko'rgani» kela boshlashadi.
Kelinchak ulaming har biriga alohida salom beradi.
Mehmonlar bu salomga javoban «Ko‘p yashang», «Baxtli
bo‘ling» deb aytishadi. Bu marosim
ishtirokchilari xotin-
qizlar hisoblanadi. Keluvchilami soni ko‘p bo‘lgani uchun
mehmonlar kelin qo'lidan bir piyola choy ichib, yaxshi
niyatlar aytib, fotiha qilishgach o‘rinlaridan turadilar. Tur-
mushga chiqmagan qizlar bu marosimdan uy ichini qanday
bezatish, shirinliklar pishirish, kelinlarga xos uyatchanlik,
xayolilik, muomila, kiyinish madaniyatini o‘rganadilar.
Ayollarga esa kelinlik damlarini yodga olib,
kelinchak bilan
yaqindan tanishadilar. Oxirgi paytlarda bu marosimda ham
kim o‘zarga tarzida «oshir-oshir» yo‘qlovlar rusmga aylanib
bormoqda. Bu marosimdan ko‘zlangan maqsad, boylikni
ko‘z-ko‘z qilish emas, balki qizlarimizni turmushga tayyor-
lash, kelinchaklami pazandalikga, uy tutishga,
mehmon
kutishga o‘rgatishdir.
Sho‘rolar davrida diniy odat va bayramlar taqiqlanib
kelindi. Mustaqillik tufayligina jamiyatmizda ro‘y bergan
mafkuraviy o‘zgarishlar bois yurtimizda diniy bayramlar hayit
marosimlari ekin — ochiqchasiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1992-
yil 27-martda 0 ‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini
dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi Farmoni e^lon
qilindi. 1992-yildan boshlab, «Ro‘za hayiti» bilan birga
167
«qurbon hayiti»ning birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon
qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: