Oila huquqi tushunchasi predmeti. Oila huquqi maqsadi, vazifasi. Oila huquqi tarihi



Download 132,23 Kb.
bet37/104
Sana18.02.2022
Hajmi132,23 Kb.
#450594
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104
Bog'liq
oila huquqidan yangi majmua (1)

Boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishi. Oila kodeksining 76-moddasida boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishning asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishishi, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olish masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bunda bola bilan yashayotgan ota(ona) bolaning ona (ota)si bilan ko‘rishishga, agar bunday ko‘rishish bolaning jismoniy va ruhiy holatiga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak.
Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan, sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmaganda aybdor ota-onaga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi. Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda, sud boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda, bolani unga berish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Ota (ona) bilan ko‘rishish tartibi muddatlari, vaqti va boshqalar har xil bo‘lishi mumkin. Biroq har qanday holatda ham bolaning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishi lozim. Alohida yashayotgan bola bilan ko‘rishish bolaga salbiy ta’sir etishi ham mumkin.
Boladan alohida yashayotgan ota (ona) tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan o‘z bolasi to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega bo‘ladi.
Bunday axborot berish rad etilishi uchun faqat asosli sabab bo‘lishi shart, ya’ni ota (ona) tomonidan bolaning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf-xatar bo‘lgandagina, bunday axborot berish rad etilishi mumkin. Axborot berishning rad etilishi ustidan manfaatdor ota yoki ona tegishli tartibda sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqlidir.
Oila kodeksining 77-moddasiga binoan, bola bilan ko‘rishib turish huquqi bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlarga ham beriladi. Ota-ona yoki ulardan biri yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishishiga imkon bermasa, bunday qilishdan bosh tortsa, vasiylik va homiylik organi ota-onaga (ulardan biriga) bunday ko‘rishish va muloqotga monelik qilmaslik vazifasini yuklashi mumkin. Basharti, ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan ko‘rishib turishga to‘sqinlik qilish hollarini bartaraf etish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli bo‘ladi. Sud bolaning manfaatlaridan kelib chiqib va uning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi. Oila kodeksining 79-moddasiga binoan, ota-ona o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajarmasalar, ular ota-onalik huquqidan mahrum etiladilar. Ota-onalik huquqidan mahrum etish so‘nggi chora bo‘lib hisoblanadi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish ularga ta’sir qiladigan hamma chora-tadbirlar tegishli natija bermaganidan so‘ng qo‘llaniladi.
Oila kodeksining 79-moddasida ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari doirasi sanab o‘tilgan.
Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa; uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa; ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa; muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, o‘z bolalarining hayoti va sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Amaldagi Oila kodeksining 80-moddasi ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibini belgilaydi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) prokurorning, shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarining) da’vosiga binoan ko‘riladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda bolaning ta’minoti uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (ularning biridan) aliment undirish masalasi hal qilinadi.
Agar sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlarni ko‘rishda ota-ona (ulardan biri)ning harakatida jinoyat alomatlari mavjudligini aniqlasa, bu haqida prokurorga xabar berishi lozim.
Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin uch kun ichida ushbu qarorning ko‘chirmasini bolaning tug‘ilganligi davlat tomonidan ro‘yxatga olingan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborishi shart. Sudning qaroriga asosan ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lgan ota-ona qaysi bolaga (bolalariga) nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa, shu bolaga (bolalariga) nisbatan bo‘lgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlar va imtiyozlardan, jumladan, bolasini (bolalarini) shaxsan tarbiyalashdan, ko‘rishib turishdan, kelajakda bolasi (bolalari) voyaga yetganda undan (ulardan) ta’minot olish huquqidan, bolasi (bolalari) vafot etgan taqdirda, meros qoldiruvchining merosxo‘ri sifatida qonun bo‘yicha meros olish huquqidan, dam olish kunlari mehnatga jalb qilinish cheklanishi imtiyozidan, bola 14 yoshga to‘lgunga qadar belgilangan tartibda to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasidan foydalanish huquqidan va boshqalardan mahrum bo‘ladi.
Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan, holda ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan (ularning biridan) olish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklashi) mumkin.
Bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish ota-onaga (ulardan biriga) bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (ruhiyatning buzilishi yoki boshqa surunkali kasallik, og‘ir holatlarni boshdan kechirish va boshqalar) bola uchun xavfli bo‘lsa, ota-onalik huquqini cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
Agar bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish oqibatida ota-onaning xulq-atvori bola uchun xavf tug‘dirsa, ota-onani (ulardan birini) ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun esa yetarli asoslar aniqlanmagan taqdirda ham ota-onalik huquqini cheklashga yo‘l qo‘yiladi. Agar ota-ona (ulardan biri) o‘z xulq-atvorini o‘zgartirmasa, vasiylik va homiylik organi sud tomonidan ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin olti oy o‘tgach ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etishi shart. Vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, ota-onani (ulardan birini) bu muddat o‘tmasdan turib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqida da’vo taqdim etishga haqli.
Ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi da’vo bolaning yaqin qarindoshlari, voyaga yetmagan bolalar huquqlarini himoya qilish majburiyati qonun bilan zimmasiga yuklatilgan organlar va muassasalar, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim muassasalari va boshqa muassasalar, shuningdek, prokuror tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘riladi. Ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sud ota-onadan (ularning biridan) bolaning ta’minoti uchun aliment undirish masalasini hal qiladi.



Download 132,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish