KELISHIK NORMALARI.
Adabiy tilimizda "kuchli" va "kuchsiz" normalar bor. Bu adabiy tilning morfologik qurilishida ham amal qiladi. "Kuchli" normalar o`zbek tilini yaxshi bilgan kishilar tomonidan deyarli buzilmaydi. Unga amal qilish juda qat`iy hisoblanadi. Ikkinchi xil normalar tezda tashqi ta`sirga uchraydi, yomon o`zlashtiriladi; nutqda tez - tez buziladi. "Kuchli" normalar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt albatta amalga oshiriladi. "Kuchsiz" normalar go`yo mazmuniga uncha ta`sir etmagandek tuyuladi. Shuning uchun og`zaki so`zlashuvda bu normalarga kam e`tibor beriladi. O`rta maktabda yozma adabiy tilni yaxshi o`rganib olmagan yoki mahalliy shevalarning kuchli ta`sirida bo`lgan shaxslarning yozma nutqida ham normani buzish uchrab turadi. "Kuchsiz" morfologik normalarga misol tariqasida ba`zi bir (qaratkich, o`rin —payt va boshqa) kelishiklarning buzilishini ko`rsatish mumkin.
Turli sabablarga ko`ra kelishik shakllarini almashtirib ishlatish deyarli hamma hollarda hozirgi zamon o`zbek tili normalarini buzish hisoblanadi. Kelishik qo`shimchalarini biz so`zlarning lug`aviy ma`nolari talablariga ko`ra ishlatamiz. So`zning lug`aviy ma`nosi talab qilmagan holda zo`rma - zo`raki qo`llangan kelishik shakli adabiy normadan tashqari hisoblanadi.
Birlarni bee`tiqod,
Birlarni riyo ko`rdim.
Bir qarashda bu baytda hamma narsa o`z joyidadek ko`rinadi. Ammo riyo"so`zining lug`aviy ma`nosiga e`tibor berilsa, bunda (keyingi misrada) tushum kelishigi o`rinsiz ishlatilganligi ravshan bo`ladi: odamning o`zi butunicha riyo bo`lishi mumkin emas, balki unda riyo. Shunga ko`ra riyo so`zidan oldin kelgan so`z o`rin - payt kelishigida bo`lishi kerak. Adabiy norma shuni talab etadi. Yoki "Birlarni" so`z shaklining talablariga ko`ra, riyo oti o`rnida "riyoli" yasama sifati bo`lishi kerak.
5. Nutq madaniyati va tilning adabiy me`yori (normasi) o`rtasida uzviy aloqa mavjud. Nutq madaniyati tilning adabiy me`yoriga asoslanadi. Demak, nutq madaniyati haqida gapirishdan oldin adabiy me`yori haqida fikr yuritish lozim bo`ladi.
6. Adabiy me`yor ma`lum bir tilning muayyan bir davrida umumxalq tomonidan e`tirof etilgan va badiiy til ustalari, tilshunoslik mutaxassislari tomonidan belgilangan til me`yorlari sistemasidir.
Adabiy me`yor sistema ekan, demak, u ham ma`lum ichki tuzilishga ega bo`ladi. Uning ichki tuzilishi quyidagilardan iborat:
a) Fonetik me`yor:
b) Orfograo’ik me`yor:
v) Leksik me`yor:
g) Morfologik me`yor:
d) Sintaktik me`yor.
Normativlik xususiyati adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir. Normativlik adabiy tilning o`ziga xos mohiyatidan iborat bo`lib, adabiy tilning ko`p vazio’alilik, umumxalqiylik, umummajburiylik xususiyatlari mana shu belgisiz amalga oshmaydi. Chinakam ma`noda normativlikka erishgan, adabiy normalari mana shu asosda shakllangan tilgina o`zining umumiylik doirasidagi kommunikativ vazifalarni to`liq amalga oshira oladi. Shu tufayli ham milliy adabiy tilda uning okzaki va yozma shaklida norma (me`yor) tushunchasi belgilovchi xususiyat hisoblanadi.
Norma termini tilshunoslikda ko`pincha ikki ma`noda tushuniladi: birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul qilingan va mustahkamlangan ikkinchidan, norma deb grammatikalarda lug`atlarda, qo`llanmalarda tavsiya qnlingan yetakchi yozuvchi yoki shoirlar asarlaridan keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingap va mustahkamlangan qoida tushuniladi.
Normativlik, ya`ni me`yoriylik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir. Adabiy tilda mavjud bo`lgan tovushlar, so`zlar, so`z birikmalari, turli qo`shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida ma`lum qonun-qoidalarga aytaylik kelishilgan ko`pchilik tomonidan ma`qullangan norma deb tan olingai ko`rsatmalarga bo`ysungan holda amal qiladi. Mana shu qonun - qoidalarning buzilishi yoki ulardan chetlashish tilda normaning buzilishi, unga amal qilmaslik deb baholanadi. Demak, adabiy til muaayyan konkret normativ vositalar, imkoniyatlar ularni qo`llash bilan bog`liq, qonun-qoidalar ko`rsatmalar yng`indisidan iboratdir O`zbek adabiy tili normalari ilmiy asoslarda tubandagicha tasnif etiladi:
1.Leksik-semantik normalar-leksik (so`z-qo`llash) normalari.
2.Talaffuz (orfoepik) normalar.
3. Aktsenologik (so`z va formalarda urg`uning to`g`riligi) normalari.
4. Fonetik normalar.
5. Grammatik (moro’ologik va sintaktik normalar).
6. So`z yasalishi normalari.
7. Imloviy normalar.
8. Yozuv (grafik) normalari.
9. Punktuatsion normalar.
10. Uslubiy normalar.
Norma tilning ijtimoiy vazifa bajarilishining asosiy sharti bo`lib, unga amal qilish shu tilda so`zlashuvchi va yozuvchilar uchun majburiydir. O`zbek tilining qanchalik normaga keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy o`zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir.
Adabiy normaning yuqorida keltirilgan turlari va ular orasidagi munosabatlarni o`zbek adabiy tiliga tadbiqan jadvalda tubandagicha ko`rsatish mumkin:
REFERAT
Mavzu: Og’zaki va yozma savodxonlikni o’stirishga asar
mutolaasini o’rni haqida esse yozish.
Bajardi:
Tekshirdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |