Og`iz bo`shlig`i
Hazm a`zolari sistemasining boshlang`ich qismi, ovqat 1-
marta shu bo`shliqqa qabul qilinib, tishlar vositasida maydalanadi va
so`lak yordamida namlanib, kimyoviy parchalanish boshlanib,
me`daga o`tkazish uchun tayyorlanadi.
Og`iz bo`shlig`i; og`iz dahlizi va xususiy og`iz dahlizidan iborat.
Og`iz dahlizi old tomondan yuqori va pastki lablar, yon
tomondan lunjlar, orqa tomondan yuqori va pastki jag` tishlar hamda
milklar bilan chegaralangan.
Lablar - tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan
qoplanib, uning asosini aylanma mimika mushagi tashkil qiladi.
Xususiy og`iz bo`shligi berk turganda ikki yon va old tomondan
tishlar chegaralaydi. YUqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil
qiladi hamda burun bo`shlig`ini og`iz bo`shlig`idan ajratib turadi.
Og`iz bo`shlig`ini shilliq pardasida mayda bezlar joylashgan.
Og`iz bo`shlig`idan halqumga o`tish joyiga tomoq bo`lib,
yuqoridan yumshoq tanglay chodiri, ikki yon tomondan tanglay
ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi bilan chegaralanib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |