Agrotexnik talablar. Yerga solinayotgan mineral o'g'itning bir-biriga yopishib kolgan bulaklari 1...5 mm zarrachalarga aylantirib maydalangan bulishi, namligi 15 % dan ortiq bo'lmasligi kerak. Mashinalar mineral o'g'itni 50..1000 kg/ga, organik o'g'itni esa 5... 60 t/ga sepa oladigan bulishi kerak. Mashina o'g'itni tayinlangan chuqurlikka ko'mishni (farqi ±15%) ta'minlashi kerak. Foydali elementlari parchalanmasligi uchun mineral o'g'it sepilganidan sung 12 soat, organik o'g'it esa 2 soat ichida tuproqqa kumilishi lozim.
O'g'it miqdorlagichlar
Xar qanday o'g'itlash mashinasiga kuyiladigan talablarning eng muximi, maydonga tayinlangan miqdordagi o'g'it solinishini ta'minlashdir. Bu ishni o'g'it miqdorlagichlar bajaradi. Sepiladigan mineral o'g'it turiga qarab, miqdorlagichlar mexanik, pnevmatik va gidravlik turlarga bulinadi.
Mexanik miqdorlagichlarning shtift (tish)li galtaksimon, likopsimon, disksimon va transportyorli turlari keng tarqalgan. Ular oz kulamdagi o'g'itlarni me'yorlab berish uchun kullaniladi.
Shtiftli galtaksimon o'g'it miqdorlagich seyalkalarda ishlatiladi. Uning qutisining ichida galtak 2, uni aylantiradigan vall 3, g'altakning pastida taglik 5 o'rnatilgan bo'ladi
O'g'itlar tavsifi
S eyalkadagi xamma tagliklarni maxsus uk 6 yordamida birmuncha burib, taglik bilan galtak orasidagi tirkishni o'zgartirish kuzda tutilgan.
Bu tirkish kengligi granulalarning ulchamlariga moslanib kuyiladi. O'g'itlash miqdori galtakning aylanish tezligini va suriladigan kopkok 1 yordamida galtakka o'g'it tushadigan darcha kuzini o'zgartirish xisobiga sozlanadi. O'g'it
miqdorlagichning texnologik ish jarayoni kuyidagi tartibda bajariladi. Qutidagi o'g'it darcha orkali galtakka uzi tushadi. Aylanayotgan galtak tishlari o'g'itni taglik buylab surib, o'g'it utkazgichga tushiradi.
Likopsimon o'g'it miqdorlagich seyalka va kultivatorga o'rnatilib, granula (dona) langan va kukunlangan mineral o'g'itlarni tuproqqa solish uchun ishlatiladi. Likop 4 ning bir qismini ustiga o'g'it qutisi 5 o'rnatilsa, ikkinchi qismi ochik koldiriladi. Likop majburan aylantiriladi va ishqalanish xisobiga o'g'itni quti tagidan ochik joyga olib chiqadi. U erda aylanadigan disk yoki oddiy sidirgich 2 joylashgan bo'lib, u likopsimon idishdagi o'g'itni surib, irgitib yuboradi. O'g'it to'siq 3 ga tegib, kerakli tomonga yunaladi. Devorning tebranib turishi xisobiga, quti tubiga o'g'itning uzluksiz tushib turishi ta'minlanadi.
O'g'itlash me'yori, likopning aylanish tezligini xamda uning tubi bilan quti devorining pastki cheti orasidagi tirkish o'zgartirib sozlanadi.
Diskli apparat seyalka va kultivatorga o'rnatiladi. O'g'it solingan quti 6 ning ichida tuzitkich 7 va disk 11 lar o'rnatilgan, ular xarakat yuritmasi 10 yordamida aylantiriladi. Diskning ikki chetida kuzKalmas yunaltiruvchi kirgich 8 lar o'rnatilgan.
Aylanayotgan disk ishqalanish xisobiga ustidagi o'g'it zarrachalarini chetga olib chiqadi. Kuzgalmas yunaltiruvchi kirgichlar o'g'itni sidirib, nov 9 ga tashlab
beradi. Ish jarayonida quti ichidagi o'g'itni kanchalik pasayganligini satx ko'rsatkich 12 dastasidagi belgilar ko'rsatadi. Undan tashqari qutining devorlariga yopishgan o'g'itni satx ko'rsatkich sidirib pastga tushiradi. Aylanayotgan tuzitkichning prujinasimon barmoklari ta'sirida qutidagi o'g'it uzluksiz pastga tushirilib kirKich va diskni yopishgan o'g'itdan tozalab turadi.
O'g'it sepish miqdori diskning aylanish tezligini o'zgartirish va kirgichlarni quti ichiga surib kuyish xisobiga sozlanadi.
Transportyorli o'g'it miqdorlagich mineral, organik o'g'it va ularning aralashmasini yerga yoppasiga sochadi. Bunday miqdorlagichning negizini turli shakldagi chivik 1 o'rnatilgan zanjir 2 lar tashkil kiladi. Uzluksiz xarakatlantiriladigan chiviklar kuzov tagidan o'g'itni sidirib chikarib tashlaydi.
Gidravlik miqdorlagich suyuq o'g'itlarni sepishda ishlatiladi. Suyuqlik sisternadan elastik (rezinasimon) quvur 4 orkali jiklyor 5 ga okib keladi. Teshigi kerakli kattalikda bulgan jiklyorni almashtirib, suyuq o'g'itni sepish miqdori o'zgartiriladi.
Mineral o'g'it sochgichMineral o'g'it sochgichning sodda va ko'p tarqalgan turi ko'rsatilgan. Uning markazdan qochirma apparati yordamida donalangan mineral o'g'it va siderat (yashil o'g'it) o'simligining urugini sepishni ta'minlash mumkin.
Tuzitkich 8, bunker 7 ga solingan o'g'itni pastga uzluksiz tushirib berish uchun xizmat kiladi. Sochilayotgan o'g'it miqdorini o'zgartirish uchun o'g'it tukiladigan tarnov teshigini richag 6 yordamida to'siq 10 larni bir-biriga yakinlashtirish yoki uzoklashtirish bilan sozlash mumkin.