Оформление "Город Берлин" Lorem ipsum dolor sit amet, consectetuer adipiscing elit
O‘z o‘rnida matematika fanini o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Darslarning qay darajada tashkillanishi bu o‘qituvchining ijodkorlik qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Matematik o‘yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarga joziba bag‘ishlaydi.
Didaktik o‘yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o‘stirish imkoniyatini beradi. O‘yin orqali o‘quvchilar darsdan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, ularni hayotga tadbiq eta olishga tayyorlanadilar.
Matematika o'ziga xos rivojlanish ta'siriga ega. "U aqlni tartibga soladi", ya'ni aqliy faoliyat usullarini va aqlning fazilatlarini eng yaxshi shaklda shakllantiradi, lekin nafaqat. Uni o'rganish xotira, nutq, tasavvur, his-tuyg'ularni rivojlantirishga yordam beradi; shaxsning matonatini, sabr-toqatini, ijodiy salohiyatini shakllantiradi.
" Matematik"o'z faoliyatini yaxshiroq rejalashtiradi, vaziyatni bashorat qiladi, fikrlarni yanada izchil va aniqroq ifodalaydi… .
Matematik o‘yin O'yinlar ta'lim uslubi sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
• O'rgatuvchi- umumta'lim mahoratini shakllantirish, ijodiy qobiliyatini o'stirish, shu jumladan yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish.
• Rivojlantiruvchi -mantiqiy tafakkurni , nutqni atrof -muhit sharoitiga o'rgatish qobiliyatini o'stirish.
• qiziqtiruvchi - ishtirokchilarni o'quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishiga rag'batlantirish
• Tarbiyaviy - mas'uliyatni, kommunikativlikni shakllantirish.
O'yin usullari va vaziyatni mashg'ulotlarning belgilangan shaklida amalga oshirish quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha sodir bo'ladi:
• Didaktik maqsad o'quvchilar oldiga vazifa ko'rinishida qo'yiladi;
• O'quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi;
• Uning vositasi sifatida o'quv materialidan foydalanadi;
• O'quv faoliyatga didaktik vazifani o'yinga aylantiradigan musobaqa elementlarini kiritish;
• Didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarilishi o'yin natijasi bilan bog'lanadi. O'yin - vaziyatda ko'rsatilgan muammoni yechish bo'yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlariga asoslangan. Mavzu ishtirokchilarning bitta majburiy maqsadlari bor- muammoni yechish. Ishlab chiqilgan o'yin mumkin qadar hayotiy bo'lishi, lekin ishtirokchilar uchun juda murakkab va qiyin bo'lmasligi lozim. Endi o’yinlarga misollar keltiramiz.
Quyida turli hil matematik boshqotirmalarni ko’raylik: PIRAMIDANING PASTKI QISMIDAGI SONLAR YIG’INDI SHAKLIDA KO’PAYIB BORADI. TEPA QISMIDA ESA AKSINCHA, SONLARNING AYIRMASI BAJARILIB, SONLAR KAMAYIB BORADI. ILMDAN O’ZGA NAJOT YO’LI YO’Q, BO’LMAYDI HAM! https://Nuu.uz/@milliy.com
Do'stlaringiz bilan baham: |