Fan nomi : O’zbekistonning eng yangi tarixi
Mavzu: O’zbekistonda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmatlari tizimidagi islohotlar
Guruh: PPS-123
Bajardi: Ravshanov Tohir Rashid o'g'li
Ofitser (nemischada Offizier, lotinchada officiaritis — mansabdor shaxs, zobit) — qurolli kuchlar, politsiya va jandarmeriyaning komandirlar (boshliklar) tarkibidagi harbiy xizmatchi.
Mudofaa — jangovar harakat turlaridan biri. Kuch jihatdan ustun bo'lgan dushmannni xujumini qaytarish, ularga jiddiy talafot yetkazish, jangovar pozitsiyani qoʻlda tutib turish va shiddatli hujumga oʻtish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qoʻllaniladi. Janglar va operatsiyalar shaklida olib boriladi.
Qurolli kuchlar - harbiy harakatlar (hujum yoki mudofaa) olib borish hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida davlat tomonidan taʼminlanuvchi qurollangan kishilarning uyushgan birlashmasi; siyosiy hokimiyatning muhim tarmogʻi.
Doktrina (lot. doctrina) — taʼlimot, ilmiy yoki falsafiy nazariya, siyosiy tizim, bosh nazariy yoki siyosiy prinsip hisoblanadi
Fundamentalizm - keng maʼnoda — muayyan taʼlimot aqidalarining oʻzgarmasligini eʼlon qiladigan, eʼtiqodni akl dalillaridan ustun qoʻyadigan, ilohiy kitoblardagi vahiy qaysi maʼnoda bayon etilgan boʻlsa, shu maʼnoda qabul qilinishini talab etadigan, ayni vaqtda ularni majoziy maʼnoda talqin etishga har qanday urinishlarni rad etadigan, din asoslarini ogʻishmay bajarishni qattiq talab qiladigan ijtimoiy, mafkuraviy, diniy yoʻnalishlar. Tor maʼnoda — protestantizmdagi ortodoksal oqimlar. 1910-yillarda AQShning jan. shtatlarida paydo boʻlgan. Ular xristianlikning anʼanaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonchni mustahkamlashni, uni soʻzmasoʻz sharhdashga qatiy rioya qilishni talab qiladilar. 1919-yil Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
Ekstremizm (lotincha: — oʻta, keskin degan ma'nolarni anglatadi) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish.
Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) — davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu atama ostida koʻpincha hukumat faoliyati tushuniladi.
Turkiston — Markaziy Osiyoning oʻrta asr tarixiy-geografik adabiyotlarda uchraydigan nomi. Manbalarda Turon va Turkiston atamalari oʻrnida qayd etilgan. 639-yil Turfonda tuzilgan sugʻd hujjatida Oʻrta Osiyo mintaqasining nomi sifatida ishlatilgan. „Turkiston“ atamasi „Oʻrta Osiyo“ va „Movarounnahr“ nomlaridan farqli ravishda nafaqat geografik, balki etnogeografik tushunchani anglatib, shuningdek, siyosiy-huquqiy ahamiyatga ham ega boʻlgan.
Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91-yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSRni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohish irodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belarus (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936- yildan ittifoqdosh respublikalar — Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston SSR), keyinchalik — 1925-yil Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929-yil Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936-yil Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940-yil Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.
Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |