Ona plata Ona plata "materinka" (inglizcha: mainboard — bosh plata; hisoblanadi. barcha chip va qurilmalarni bir biriga ulash uchun asos) — Shaxsiy kompyuterning, noutbuk, telefon, planshetlarning asosiy qurilmalari — tezkor xotira, qattiq disk, chiplar, slot, kuler, ulash portlari va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr plata. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi. Ona plataning form-faktori (shakli, katta-kichik o'lcham) boʻyicha tasnifi Ona plataning form-faktori (shakli, katta-kichik o'lcham) boʻyicha tasnifi - Asosiy maqola: Form-faktor (texnika)
Ona plataning form-faktori — bu ona plataning xajmi, mahkamlash joylari, protsessorning qay tartibda oʻrnatilishini aniqlovchi standart. Eskirgan: Baby-AT; Mini-ATX; polnorazmernaya plata AT; LPX. Zamonaviy: ATX; microATX; FlexATX; NLX; WTX, CEB. Kiritilayotgan: Mini-ITX i Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX i PicoBTX Shunday ona platalar bor hech qaysi form-faktorga mos kelmaydi. Mashxur ona plata ishlab chiqaruvchi kompaniyalar:Asus, Gigabyte, MSI, Intel, Biostar, Elitegroup, ASRock. Operativ xotira Tezkor xotira yoki RAM (inglizcha: Random Access Memory, RAM) — oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining turlaridan biridir[1]. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi. Zamonaviy tezkor xotiraning keng tarqalgan ikkita shakli statik RAM (SRAM) va dinamik RAM (DRAM) mavjud. SRAMʼda maʼlumotlarning bir qismi oltita tranzistorli xotira xujayrasining holatidan foydalangan holda odatda oltita MOSFET (metall-oksid-yarim oʻtkazgichli maydon effektli tranzistorlar) yordamida saqlanadi. RAMʼning bu shakli ishlab chiqarish qimmatroq boʻlib, biroq odatda tezroq hamda DRAMga qaraganda kamroq dinamik quvvat talab qiladi. Zamonaviy kompyuterlarda SRAM koʻpincha protsessor uchun kesh xotirasi sifatida ishlatiladi. Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar, oʻyinlar bilan kompyuterni band qilganda, kompyuterga tushayotgan yuklama asosan tezkor xotiraga tushadi. Bu xotiraning o’lchami dastur va o’yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni o’zida saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |