Agar tanlangan disk obrazi gibrid obraz ekanligi aniqlansa, yozish variantini tanlash imkoniyatini beruvchi oyna ko'rsatiladi: ISO yoki DD. ISO varianti odatda ishlaydi, ishlamaganda esa DD variantini yozishga o'rinib ko'rish kerak. Boshlash (СТАРТ) tugmasini bosgandan so'ng flesh-diskdagi barcha ma'lumotlar yo'qotilishi haqida ogohlantirish ko'rsatiladi. Flesh-diskda kerak bo'lgan ma'lumotlar yo'qligini ishonch hosil qilib OK tugmasini bosish kerak. Yuklovchi flesh-disk yaratish jarayoni boshlanadi. Yozish muvaffaqiyatli o'tganda, Rufus holatida Tayyor (Готов) yozuvi paydo bo'ladi. Endi operasion tizimni kompyuterga o'rnatish uchun flesh-diskdan foydalanish mumkin. E`tiboringiz uchun rahmat,
Do'stlaringiz bilan baham: |