Flex-ATX standarti. Flex-ATX standarti ATX oilasining eng kichik tizimli platasini belgilaydi. Bu plataning o‘lchami 229×191 mm (9,0×7,5 dyuym). Ko‘pchilik fexATX tizimlarida kichik standartli SFX/TFX ta’minot bloklaridan foydalaniladi. ATX oilasiga mansub bo‘lgan platalarning tipik o‘lchamlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
ITX va mini-ITX standarti. Mini-ITX standarti VIA kompaniyasi tomonidan kam energiya iste’mol qiladigan E seriyali Eden va C3 protsessorlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan. C3 protsessorlarining tezligi boshlang‘ich pog‘onadagi Celeron 4 yoki AMD Durondan kichik, shuning uchun mini-ITX standarti asosan nostandart qo‘llash uchun mo‘ljallangan, misol qilib maxsus hisoblash qurilmalarini keltirish mumkin. ITX va mini-ITX standartilari bilan fexATX standartining o‘lchamlarini qiyoslash 2.2-jadvalda keltirilgan.
Texnik tavsifariga ko‘ra ITX va miniITX platalari fexATX spetsifkatsiyasiga mos keladi.
NlX standarti. NLX – bu LPX konstruksiyasining yaxshilangan, to‘liq standartlashtirilgan turi. NLX tizimli plataning konstruksiyasi Slot 1 razyomiga o‘rnatilgan juftlangan Pentium III protsessorini joy lashtirish imkonini beradi. NLX standartining asosiy xususiyatlari. Juda tez o‘zgaradigan protsessor texnologiyalariga nisbatan moslashuvchan. Boshqa yangi texnologiya larni quvvatlashi: AGP (Accelerated Graphics Port), USB (Universal Serial Bus), RIMM va DIMM xotira modullari texnologiyasi. Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning osonligi hamda tezligi.
WTX standarti. WTX tizim platalari va tizimlarining standarti o‘rtacha darajadagi ishchi stansiyalar uchun ishlab chiqarilgan. 1.0 versiyaning WTX standarti 1998-yilning sentabr oyida ishlab chiqarilgan bo‘lib, 1999-yil fevral oyida uning keyingi versiyasi (1.1) paydo bo‘ldi.
Taqdim qilingan WTX standartli tizimlarning ayrimlari server sifatida ishlab chiqarilgan edi. 2.7-rasmda tipik WTX tizimi ko‘rsatilgan. Tizimning ichki kompo nentlariga erkin kira olish, harakatga keltirish mumkin bo‘lgan yig‘ma modullarning va yonpanel larini ochish imkonining borligi hisobiga ta’minlanadi. WTX tizimli plataning ko‘rsat kichlari: maksimal kengligi 14 dyuym gacha (356 mm), mak simal uzun ligi 16,75 dyuym (425 mm). Plataning minimal o‘lchamlari chegaralanmaganligi sabab li plata o‘lchamini yig‘ish mezonlariga mos ravishda kichraytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |