Kiritish-chiqarish ichki razyomlarining joylashuvi. Bu razyomlar egiluvchan va qattiq diskli jamlagichlar uchun bo‘lib, jamlagichlar ichki kabellarining uzunligini kamaytirish uchun shu jamlagichlarning yonida joylashgan bo‘ladi.
Yaxshilangan sovutish tizimi. Protsessor va xotira qurilmasining konstruksiyasi joylashtirilishi shunday amalga oshirilganki, u butun tizimni maksimal sovutish imkonini beradi. ATX spetsifkatsiyasida g‘ilof ichida havoning bosimini kamaytirishgaolib keladigan purkash kabi ishlaydigan ventilator afzal ko‘rilgan. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar ATX ta’minot blokini tizimdan havoni so‘rib oluvchi ventilator bilan birgalikda ishlab chiqaradilar, ya’ni manfy bosimli konstruksiyani taklif qiladilar.
Narxning pasayishi. ATX konstruksiyasida bitta yagona ta’minot razyomi ishlatiladi. Diskli jamlagichlarning ichki kabellarini qisqartirish mumkin. Buning hammasi sezilarli darajada nafaqat tizimli plataning, balki g‘ilof va elektr ta’mi notining ham narxini pasaytiradi.
2.4-rasmda ATX tizimining qopqog‘i yechilgan holda stol ustida turgan ko‘rinishi keltirilgan. Amalda tizimli plata diskyurituvchilarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘laklar bilan to‘silib qolmaydi. Bu o‘z o‘rnida tizimning turli xil komponentlaridan va shina razyomlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi. Kengaytirish razyomlari nisbatan kalta taraf bilan parallel joylashgan bo‘lib, protsessor, xotira razyomlarining qismiga va kiritish-chiqarish razyomlariga halaqit bermaydi.
Mini-ATX sxemasi ham xuddi shunday g‘ilofga joylashtiriladi:
– ATX platasi 305×244 mm (12×9,6 dyuym) o‘lchovlarga ega;
– mini – ATX platasi – 284×208 mm (11,2×8,2 dyuym).
Micro-ATX standarti. Micro-ATX tizimli platasining standarti birinchi marta Intel kompaniyasi tomonidan 1997-yilning dekabrida ATX platasining kichiklashtirilgan ko‘rinishi deb taqdim qilingan. Micro-ATX standarti ATX standarti bilan mos keladi, shuning uchun micro-ATX tizimli platani to‘liq o‘lchamli ATX g‘ilofda foydalanish imkonini beradi. MicroATX va ATX standarti tizimli platalarining asosiy farqlari quyidagilar:
– 305 mm (12 dyuym) yoki 284 mm (11,2 dyuym) o‘rniga kengligi 244 mm (9,6 dyuym) gacha kichiklashtirilgan;
– razyomlar soni kamaytirilgan;
– kichiklashtirilgan ta’minot bloki (SFX/TFX form-faktori).
To‘liq o‘lchamli ATX platasining (12×9,6 dyuym yoki 305×244 mm) o‘lchami yoki mini-ATX (11,2×8,2 dyuym yoki 284×208 mm) o‘lchamiga nisbatan micro-ATX standartili tizimli plataning maksimal o‘lchami 9,6×9,6 dyuymgacha (244×244 mm) bo‘ladi.
Micro-ATX tizimi uchun SFX/TFX nomini olgan ta’minot bloki ishlab chiqarilgan.
Micro-ATX bilan ATX ning mos tushishi quyidagilarni bildiradi:
– bir xil – 20 kontaktli ta’minot razyomidan foydalanishni;
– kiritish-chiqarish razyomlarining standart joylashganligini;
– mahkamlash vintlarining bir xil joylashganligini.
Micro-ATX standartli plata asosida yaratilgan tizim quyidagi o‘lchamlarga ega: balandligi 304,8 yoki 355,6 mm (12 yoki 14 dyuym), kengligi 177,8 mm (7 dyuym), uzunligi 304,8 mm (12 dyuym) va microtower yoki desktop sinfga mansub bo‘lgan g‘ilofga mos keladi. Micro-ATX tizimli plata 2.5-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |