Ofis texnikalari va ularga texnik xizmat ko’rsatish


Tizimli plataning tarkibiy qismi



Download 0,56 Mb.
bet12/24
Sana30.03.2022
Hajmi0,56 Mb.
#518332
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Tizimli plataning tarkibiy qismi. Zamonaviy tizim platalarga protsessor uchun razyom qismi, razyomlar va mikrosxemalar kabi komponentlar joylatirilgan. Eng zamonaviy tizimli platalar quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
– protsessor uchun razyom qismi;
– tizimli mantiqiy mikrosxemalar to‘plami (North/South Bridge yoki Hub komponentlari);
– Super I/O mikrosxemasi;
– Kiritish/chiqarishning tayanch tizimi (ROM BIOS/Flash BIOS);
– SIMM/DIMM/RIMM xotira modulining razyom qismi;
– ISA/PCI/AGP shina razyomlari;
– markaziy protsessor uchun kuchlanish o‘zgartirgichi;
– manba.
Ba’zi bir tizimli platalar o‘z tarkibiga plata ichida joylashtirilgan (integratsiyalashgan) audio- va videoadapterlarni, tarmoq va SCSI-interfeysni, AMR (Audio Modem Riser) va CNR (Communications and Networking Riser) razyomlarni oladi.
3. Tizimli platani o‘rnatish
Tizimli plataning standarti (form-faktori) uning o‘lchamini, tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlarning holati va mahkamlash teshiklarining joylashishini belgilaydi. Plataning aniq modeli va formatiga qarab teshiklar soni 6 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ularning platadagi holati qat’iy qayd qilingan. 2.8-rasmda tizimli plataning uchta standarti uchun mahkamlash nuqtalarining sxematik rejasi ko‘rsatilgan.
Tizimli plata yig‘ish shassisiga uning yuzasidan taxminan 5 mm balandlikda mahkamlanadi. Metall vtulkalar yoki plastmassali moslamalar plata bilan g‘ilof o‘rtasidagi oraliqni ta’minlaydi. Platani unga o‘rnatilayotgan qurilmalarning og‘irligidan vujudga keladigan o‘zgarishni kamaytirish uchun maksimal mumkin bo‘lgan nuqtalarga mahkamlash kerak.
Plata g‘ilofga shassi bilan birga o‘rnatiladi. Agar protsessor elektr ta’minoti bloki yonida joylashgan bo‘lsa, platani qiyalatib kirgizish kerak. Plata kerakli holatni egallagandan keyin ichiga o‘rnatilgan (integratsiyalashgan) qurilmalar uchun razyomlar g‘ilofning orqa tarafdagi teshiklarga mos keladi. Shundan keyin shassini vintlar yordamida mahkamlash mumkin.


Tizimli platani mahkamlash uchun olti qirrali baland metall shaybadan (2.9-rasm) va plastmassali moslamadan foydalaniladi (2.10-rasm). Metall moslamalar asosan tizimli platani kompyuter g‘ilofning yerga ulanishini ta’minlaydigan B va C nuqtalarda mahkamlash uchun ishlatiladi. Qolgan nuqtalar uchun plastmassali moslamalar ishlatiladi. Agar konstruksiyaning mahkamligini oshirish kerak bo‘lsa, plastmassa moslama va olti qirrali baland metall shaybadan foydalanadilar.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish