II QISM OYBEK
1.Oybek qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1905-yil 10- yanvar, Toshkent shahri, bo‘zchi oilasida.
2. Oybek qayerda o‘qigan? J: Avval maktabda, keyin ped. texnikum, 1925-1930-yillar O‘rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi Milliy universitet) ijti-moiy fanlar fakulteti.
3. Oybek ijodi nima bilan boshlangan? J: She’r yozish bilan.
4. Oybekning ilk she’riy to‘plami? J: “Tuyg‘ular” 1926-yil.
5. Oybekning dostonlari? J: “Dilbar-davr qizi” (1931-y), “O‘ch” (1932-y), “Baxtigul va Sog‘indiq” (1933-y).
6. Oybekning romanlari? J: “Qutlug‘ qon” (1940-y), “Navoiy” (1944-y), “Quyosh qoraymas” (1958 -y).
7. Oybekning romanlari yaratilishiga “xamirturush” vazifasini bajargan hikoya-lari? J: “Fonarchi ota”, “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar”, “Gulnor opa”.
8. “Fanorchi ota” hikoyasi qachon yozilgan? J: O‘tgan asrning 30-yillarida
9. Oybekning “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar” asarlarining asosini nima tashkil etadi? J: Bolalik xotiralari.
10. Oybekning “Bolalik” qissasining bayon etilish usuli qanday? J: Reportaj.
11. Oybekning ijodiy merosi necha tomni tashkil etadi? J: 20 tom.
12. Oybekning 1944- yilda yozilgan romani? J: Navoiy.
13. Oybekning Navoiyning yoshlik davri haqida hikoya qiluvchi asari? J: “Alisherning bolaligi” qissasi.
14. Buyuk shoir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to‘la hayoti tasvirlangan asar? J: Oybekning “Navoiy” romani.
“FANORCHI OTA” HIKOYASI
1. “Fanorchi ota” hikoyasi qanday boshlanadi? J: “Tor, qiyshiq ko‘chaning o‘ksiz oqshomini Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o‘tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi”.
2. “Past bo‘yli, burushiq yuzli chol” ushbu ta’rif kimga berilgan? J: Fanorchi otaga.
3. Fanorchi otaga xos xislatlar? J: Juda yuvosh, indamas.
4. “Fanorchi ota” hikoyasidagi mahalla bolalarining dushmani nima edi? J: Fanor.
5. Hikoyada kimning darvozasi ustiga fanor o‘rnatilgan edi? J: Tursunqul akaning.
6. Hikoyada “juda kuchsiz” narsa deb ta’riflangan narsa nima edi? J: Fanor.
7. Hikoyada bolalar ichida eng ko‘p qo‘rqmaydigan, eng qattol bola kim edi? J: Qosim cho‘loq.
8. Hikoyada fanorchi otaning suvga yiqilgan odam haqidagi hikoyasini eshitib “yolg‘on-yolg‘on” deb baqirgan bola kim? J: Qosim cho‘loq.
9. “Fanorchi ota” hikoyasida fanorchi otaga “Kim fanorni sindirsa, shuni sizga tutib beramiz” deb va’da bergan bolaning ismi? J: Ahmad.
10. Oybek qaysi hikoyasi yakunida yoshligimning bir parchasini xotirlayman deb hikoyani yakunlaydi? J: “Fanorchi ota”.
11. “Fanorchi ota” hikoyasida bolalarga fanorchi otaning nimasi yoqmasdi? J: Yuvoshligi va uning indamasligi.
12. “Fanorchi ota” hikoyasidagi bolalarning orzusi nima edi? J: Fanorchi ota tutib olish uchun poylasa, hatto birortamizni tutib ursa ekan deb.
13. “Fanorchi ota” hikoyasi kimning tilidan hikoya qilinadi? J: Hikoya qahra-moni bolaning (yozuvchining yoshligi-yosh Musoning).
“BOLALIK” QISSASIDAN “BOLANING KO‘NGLI PODSHO” HIKOYASI
1. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasi Oybekning qaysi qissasidan olingan? J: “Bolalik” qissasidan.
2. Oybekning avtobiografik asari? J: “Bolalik” qissasi.
3. “Tanda” so‘zining ma’nosi? J: Mato to‘qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish.
4. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasi qaysi voqea bilan boshlanadi? J: Ko‘cha tasviri va bo‘zchilarning tanda yoyib, ipni ko‘k bo‘yoqqa bo‘yashidan.
5. Hikoyada sho‘xlik qilgan bolalarni kim “G‘uvillama oyoq ostida” deb jerkib tashlardi? J: Bo‘zchilar.
6. Bo‘zchilarning ko‘pi qanday odamlar? J: Qari-qartang odamlar.
7. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasi kimning tilidan hikoya qilinadi? J: Hikoya qahramoni bolaning- Musoning.
8. Hikoya qahramonining o‘rtog‘i kim edi? J: A’zamjon.
9. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasida qaysi bola bir tilim handalakni maqtab ko‘chaga chiqadi? J: A’zamjon.
10. A’zamjonga handalakni kim olib bergandi? J: Dadasi.
11. Hikoyada kimning hovlisi supuriqsiz, qarovsiz qolgan, keng hovlida juda baland beo‘xshov eski paxsa devorli xona borligi tasvirlanadi? J: Mirahmad otaning.
12. Hikoyada handalak yegisi kelgan bolaning bobosi Dadaqo‘zi ota qayerda kim bilan gaplashib o‘tirgandi? J: Mirahmad otaning uyida Mirahmad ota bilan.
13. Qaysi hikoyada ikki o‘rtoq Musulmonqul davri, urushlar haqida so‘zlashib o‘tirishardi? J: “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasida.
14. Hikoyada “Bolaning ko‘ngli podsho” iborasini kim ishlatadi? J: Bolaning bobosi Dadaqo‘zi ota.
15. Hikoya qahramoni bolaning bobosining ismi nima? J: Dadaqo‘zi ota.
16. Hikoyada qaysi mahallada 3 ta do‘kon borligi aytib o‘tiladi? J: “Oqma-chit” mahallasida.
17. Oqmachit mahallasida qanday do‘konlar bor edi? J: 1-qassoblik, 2-baq-qollik, 3-baqqollik.
18. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasida qaysi baqqolning do‘koni bolaning ko‘ziga hamma vaqt quruq ko‘rinardi? J: Musa baqqolning.
19. Musa baqqol nima sotardi? J: Sabzi, piyoz, un, kerosin.
20. Hikoyada qaysi baqqolning do‘konida hamma narsa topilar, lekin juda qimmat bo‘lar edi? J: Sobir baqqolning.
21. Qaysi do‘konda pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshikkulcha, “otnon”lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko‘mir, quruq be-da, “makkaisano”gacha har narsa topilardi? J: Sobir baqqol.
22. “Makkaisano” nima? J: Tropik va subtropik o‘lkalarda o‘sadigan ko‘p yillik buta va daraxtlarning umumiy nomi, ularning surgi dori sifatida qo‘l-laniladigan bargi.
23. Qaysi hikoya qahramoni Mirahmad ota qo‘lida shashpar bilan jang qilganini o‘rtog‘iga so‘zlardi? J: “Bolaning ko‘ngli podsho”.
24. Hikoyada Mirahmad ota tomonidan “O‘ziyam devday baquvvat, zug‘umli yigit edi” deb ta’riflangan yigit kim? J: Musulmonqul.
25. “Shashpar” nima? J: Uchiga yumaloq, g‘adir-budir temir o‘rnatilgan uzun dastali gurzi, cho‘qmor.
26. Hikoya qahramoni bobosi olib bergan handalakni kimlarga ko‘rsatadi?J: Oyisi, akasi va opasiga.
27. Hikoya nima bilan yakunlanadi? J: Buvisi va onasiga bozorga borgan bobosining bozorning g‘ovur-g‘uviridan shikoyati bilan.
28. Oybekning qaysi hikoyasi XX asrning boshlaridagi ko‘hna Toshkentning g‘ala-g‘ovur ko‘chalarini eslatadi? J: “Bolaning ko‘ngli podsho”.
29. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasidagi ikki qariya suhbatidagi Qo‘qon xonligidagi ahvol haqida yana qaysi asarda hikoya qilinadi? J: Abdulla Qodi-riyning “O‘tkan kunlar”.
30. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasidagi yosh Musoning eng sevimli mash-g‘uloti nima edi? J: Loydan “poq-poq” o‘ynash.
31. Hikoyada qaysi personaj muloyim, shirin so‘zli, sersoqol keksa kishi deb ta’riflanadi? J: Sobir baqqol.
Do'stlaringiz bilan baham: |