MIRKARIM OSIM
1.Sho‘ro adabiyotining to‘ng‘ich avlodiga mansub tarixchi adib? J: Mirka-rim Osim.
2. Mirkarim Osim qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1907-yil Toshkentda ziyoli oilasida.
3. Mirkarim Osim qayerlarda tahsil olgan? J: 1. 1917-1920-yillar “Shamsul urfon” nomli boshlang‘ich maktabda. 2. 1921-1924-yillar Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida. 3. 1926-1930-yillar Moskva davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida.
4. Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida kimlar bilan o‘qidi? J: Do‘stlari Oybek va Homil Yoqubov.
5. Yozuvchi Moskvadagi davlat pedagogika institutini qachon bitirdi?J: 1930-yil.
6. Yozuvchining ish faoliyati? J: Samarqandda o‘qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan, 1932- 1949-yillarda O‘zbekiston Maorif Xalq komis-sarligi, Pedagogika ilmiy-tadqiqot ilmgohida ishladi, 1959-yildan 1972-yilgacha Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir bo‘lib ishladi.
7. Ijodini nimadan boshlagan? J: She’r yozishdan.
8. Tarixchi adib 1937-1940-yillarda Navoiy haqida nimalar yozdi? J: “Astro-bod”, “Alisher Navoiy va Darvishali”, “Badarg‘a”, Navoiyning xislatlari”, “Ulug‘bek va Navoiy” singari hikoya va tarixiy qissalar.
9. 1925-yilda yaratilgan, lekin o‘z vaqtida e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan dastlabki qissasi? J: “Yangi ariq”.
10. Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan necha guruhga ajratish mum-kin? J: 3 ta: 1. Tariximizning qadimgi davrlari haqida hikoyalar. 2. O‘rta asr-lar tarixidan hikoyalar. 3. XVIII asrdan to oktabr to‘ntarishiga qadar bo‘lgan davr tarixiy hayoti.
11. Tariximizning qadimgi davrlari haqidagi hikoyalari? J: Eron shohlari, Aleksandr Makedonskiy, Arab xalifaligi bosqini.
12. O‘rta asrlar tarixidan hikoyalar? J: Mo‘g‘ullar istilosi va fan, madaniyat arboblari haqida tarjimayi hol, qissa va hikoyalar.
13. Mirkarim Osim asarlarini nechta mavzu yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilish va baholash mumkin? J: 3 ta: 1.Tarixiy qahramonlik mavzusidagi asarlar.
2. Tarixiy-maishiy mavzu. 3. Tarixiy tarjimayi hol asarlar.
14. Tarixiy qahramonlik mavzusidagi asarlari? J: “O‘tror”, “To‘maris”, “Te-mur Malik”, “Mahmud Tarobiy”, “Aleksandr va Spitamen” yoki “Iskandar va Spitamen”, “Shiroq”.
15. Tarixiy maishiy mavzudagi asarlari? J: “Mohlaroyim va Xonposhsho”, “Karvon qo’ng’irog’i”, “Elchilar”, “Karvon yo‘llarida”.
16. Tarjimayi hol asarlari? J: “Zulmat ichra nur” (Navoiy ), “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug‘ilishi” (Al-Xoraz-miy), “Singan setor” (Mashrab ).
17. Tarjimayi hol asarlari qaysi janrda yozilgan? J: Qissa.
18. Mirkarim Osim nechanchi yillarda Stalin qatag‘oni qurboni bo‘ldi? J: 1950 –yil 15-yanvarda 10 yil qamaladi.
19. Mirkarim Osimni tergov qilish necha oy davom etgan va qanday ayb qo‘yilgan? J:10 oy, “sovetlarga qarshi targ‘ibot qilgan”likda ayblanadi.
20. Mirkarim Osim nechanchi yillarda oqlanadi? J: 1955-yilda.
21. 70-80-90-yillar tarixchi adiblar uchun asosiy manba vazifasini o‘tagan asarlar kimniki? J: Mirkarim Osim.
22. Keyingi avlod yozuvchilari uchun ko‘prik vazifasini o‘tagan asarlar kimniki? J: Mirkarim Osim.
23. Mirkarim Osimga qachon “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan? J: 70 yilligi munosabati bilan.
24. Tarixchi adiblar orasida asl manbani buzmay, qayta badiiy jonlantirish bilan ajralib turadigan adib kim? J: Mirkarim Osim.
25. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari? J: “Astrobod” qissasi (Navoiyga bag‘ishlab).
26. Mirkarim Osim tarjimalari? J: M. Sholoxov “Tinch oqar Don”, S.Boro-dinning “Yeldirim Boyazid” nomli romanlarini, L. Batning “Hayot bo‘s-toni” qissasini.
27. M.Osim nechanchi yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofot-landi? J: 2002-yilda.
28. M.Osimning qaysi asari Navoiy tavalludining 525 -yilligi arafasida 60-yil-larda yaratilgan? J: “Zulmat ichra nur” qissasi.
29. Kimlar A.Navoiy haqida nasriy asarlar yozganlar? J: L.Bat, M.Osim, Oy-bek.
30. Oybek Navoiy haqida qanday asarlar yozgan? J: Dastlab ilmiy maqo-lalar, “Navoiy” lirik dostoni (1936-37) “Navoiy” romani (1942).
“ZULMAT ICHRA NUR” TARIXIY QISSASI
Yoshlik ayyomining ilk bahori
1. Kichkina bahodir deb nom olgan kim? J: Alisherning otasi G‘iyosiddin.
2. Alisher necha yoshida kitobga muhabbat qo‘ygan? J: 4 yoshida.
3. Alisher rasmlarini ko‘rayotgan kitobni otasi qanchaga olgandi? J: 2 qo‘y bahosiga.
4. Alisher otasi bergan sopol qo‘chqor bilan kimning qo‘chqorini urishtirmoqchi edi? J: Do‘sti Husaynning.
5. Alisherning tog‘alari? J: Mirsayid (“Kobuliy”) va Muhammad Ali (“G‘aribiy”).
6. Alisherning tog‘alari qaysi tillarda she’r yozar edi? J: Forsiy va turkiy.
7. Alisherning jiddiy, kamgap, sipo tog‘asi kim? J: Mirsayid.
8. Alisherning xushchaqchaq, gapdon, tor va tanburni yaxshi chaladigan, o‘z suhbati bilan majlisga jon kirgizadigan tog‘asi kim? J: Muhammad Ali.
9. Alisher 4 yoshida kimning g‘azallaridan yod o‘qirdi? J: Qosim Anvorning.
10. “Rindem-u oshiqem-u jahon so‘z-u joma chokBo davlati g‘ami tu fikri jahon chi bok?”. Ushbu misralar kimning qalamiga mansub va uning sharhi qanday? J: Qosim Anvorning (Biz beparvo oshiqlar-miz, yirtiq chopon, o‘t nafas, Jahon g‘ami sening g‘amingga arzimas).
11. Alisherning she’r o‘qishini ko‘rib jiyanining orqasiga qoqib “O‘t nafas bo‘lsang dog‘i, yirtiq chopon bo‘lma” degan tog‘asi kim? J: Muhammad Ali.
12. “Asli ozarbayjonlik, Sarob otlig‘ kentda tug‘ilgan, yigitlik paytida Sadriddin Ardabiliga murid bo‘lib, so‘fiya mazhabiga doxil bo‘lgan, pirining maslahati bilan Xurosonga kelgan, uzoq muddat Samarqandda turgan, umrining oxirida Jom viloyatiga kelgan” shoir kim? J: Qosim Anvor.
13. Alisherga tog‘asi Muhammad Ali qayerga borib kimning maqbarasini tavof qilib kelishi lozimligini aytadi? J: Jom viloyatidagi Qosim Anvorning maqbarasini tavof qilib, qabri poklarini supurish.
14. “Jorub” so‘zining ma’nosi nima? J: Supurgi.
15. Alisherning ukasining ismi? J: Darvishali.
16. Husayn kim edi? J: Temurning evarasi Mansur binni Boyqaroning o‘g‘li.
17. Husaynning bobosi Mirza Boyqaro nima uchun qatl ettirilgan? J: Podshoh Shohruxga qarshi isyon qilgani uchun.
18. Xipcha bel, yag‘rini keng, qirg‘iz qovoq deb ta’riflangan personaj kim? J: Husayn.
19. Alisher necha yoshida kim bilan maktabga boradi? J: 4 yosh-u to‘rt oylik vaqtida, o‘zidan ikki yosh katta Husayn bilan.
20. Hirotliklar Boyqarolarning Xiyobon mahallasidagi ikki qavatli uyini nima deb atardilar? J: “Davlatxona”.
21. Alisher Husaynga ergashib qayerga chiqardi va nimalarni ko‘rardi?J: Shahar tashqarisidagi Gozurgohga, bolalarning o‘q otish mashqini.
Do'stlaringiz bilan baham: |