Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet45/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   370
Bog'liq
777 (1)

birinchidan, huquq butun jamiyatning emas, balki hukmron elitaning qo- nun darajasiga ko‘tarilgan erkin bo‘lib, uning mazmuni shu qatlamning mod- diy hayot sharoiti bilan belgilanadi;

ikkinchidan, huquq faqat davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi yoki sanksiyalanadi;

uchinchidan, huquq lozim bo‘lgan choqda davlatning zo‘rlik va majbur- lash kuchi bilan ta’minlanadi.

Davlat kelib chiqishining shakllari. Yer kurrasida davlatning pay- do bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi bir qator umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunish asosida yuz bersa-da, davlat turli mintaqalarda, turli xalqlarda har xil shakllarda vujudga kelgan. Qadimgi Sharqda davlatning kelib chiqishi- ga murakkab tabiiy shart-sharoitlar, ayniqsa suv tanqisligi ta’sir o‘tkazgan. Masalan, qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda sug‘oriladigan dehqon- chilik bilan shug‘ullanish ehtiyoji katta va murakkab irrigatsiya tizimlarini




1 Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar, «O‘zdavnashr», 1959. II tom. – 348–349-betlar.
yaratishni taqozo etgan. Bunday qurilish ishlarini tashkil etish, unga aholini safarbar etish zaruriyati o‘ziga xos uyushtiruvchi, tashkilotchilik qiluvchi, nazorat va majburlovni amalga oshiruvchi tuzulmalar shakllanishiga turtki bergan.

Yevropa mintaqasidagi davlatlarning paydo bo‘lishi shu yerning tabiati va tarixiga mos bo‘lgan. Qadimgi greklarda davlat urug‘chilik jamoasining tarixiy evolyutsiyasi, ichki ziddiyatlar va kelishmovchiliklar natijasida sof tarzda kelib chiqqan. Rimliklarda patritsiy (zodagon)lar bilan plebeylar (kambag‘allar, fuqa- rolikka ega bo‘lmaganlar) o‘rtasidagi kurash davlat kelib chiqishining asosiy sababi bo‘lgan. German qabilalarida davlat ularning boshqa hududlarni bosib olishi va uni boshqarish ehtiyoji ta’sirida paydo bo‘lgan.

Davlat paydo bo‘lishining usullarini ilmiy asoslash va izohlashga urinib,

F. Engels davlat kelib chiqishining tipik uchta shaklini ajratib ko‘rsatadi: Afi- nada, Qadimgi Rimda va Germanlarda davlatning kelib chiqishi.

Afinada davlat urug‘doshlik tuzumining umri tugab, jamiyat ichki zid- diyatlarga duch kelishi natijasida sof, klassik tarzda, ya’ni tarixiy evolyutsiya- ning qonuniyatli mahsuli sifatida paydo bo‘ldi. Bu yerda davlat tuzilmalarining rasmiylashuvida Tezey, Solon va Klisfenlarning islohotlari asosida bosqichma- bosqich yuz berdi.

Tezey markaziy hokimiyatni ta’sis etadi va aholini urug‘larga mansubligi- dan kelib chiqib, uch sinfga bo‘ladi: evpatridlar (yuqori zodagonlar), geomor- lar (yer egalari) va demiurglar (hunarmandlar). Zodagonlarga yuqori va o‘rta lavozimlarni egallash huquqi berildi.

Solon xususiy mulkni qonuniy rasmiylashtirdi; mulkiy senz (er egaligi- ning hajmi va daromadliligi) asosida fuqarolarni to‘rt sinfga bo‘ladi. Uchta yuqori qatlam vakillari boshqaruv lavozimlarini egallashlari mumkin edi. Eng mas’uliyatli mansablarni birinchi sinf vakillari egallay oladi. To‘rtinchi sinf kishilar xalq majlisida ishtirok etadi va ovoz beradi.

Klisfen Attikaning hududini yuzta o‘zini o‘zi boshqaruvchi jamoa-okrug (dem)larga bo‘ladi, ular tepasida oqsoqol (demarx)lar turadi. Bu islohot nati- jasida davlat organlari rasmiylashtirildi.

Qadimgi rimliklarda davlat Rimning tub aristokratiyasi bo‘lgan patritsiy- lar bilan kelgindi, huquqsiz, jamiyat boshqaruvida ishtirok etishdan mahrum plebeylar o‘rtasidagi ayovsiz va murosasiz kurash natijasida vujudga keladi. Rimda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va quldorlik davlatining shakllani- shi eramizdan avval 753-yildan (Rim shahriga asos solinishidan) to miloddan avvalgi 509-yillar oxirigacha (Rim podshosi Tarkviniy Superbning badarg‘a etil- gungacha) bo‘lgan davr. Rim davlati tarixan quyidagi davrlarni bosib o‘tgan: respublika davri (miloddan avvalgi V – I asrlar) va imperiya (monarxiya)
davri – miloddan avval 27-yildan milodning 476-yiligacha. Xuddi shu yili Rim davlati germanlar (frank) qabilalari tomonidan bosib olingan.

Qadimgi german qabilalarida davlat o‘zining yemirilish pallasiga kir- gan Rim imperiyasining ulkan hududlarini bosib olish, istilo qilishdan so‘ng uni boshqarish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Germanlardagi o‘sha davrdagi urug‘chilik tuzumiga xos hokimiyat organlari Rimni boshqarishga moslash- magan edi. Bu holda ommaviy hokimiyatning boshqacha tuzilmasi, tashki- loti zarur edi. Ya’ni, zabt etilgan jamiyat ustidan turadigan va keng qamrovli boshqaruv apparatidan iborat davlat kerak edi.



Yana bir muhim masalaga e’tibor qaratish lozim. Agar Afina va Rim – quldorchilik tipidagi davlatlar bo‘lgan bo‘lsa, Germanlar davlati – feodal tip- dagi davlat bo‘ldi. Sababi quldorchilik tuzumi Rimda o‘z umrini o‘tab bo‘lgan edi. U yerda feodal ishlab chiqarish munosabatlari kurtak ota boshlagan edi. Bu jamiyatni endi eskicha qulchilikka asoslangan tuzilmalar bilan boshqarib bo‘lmasdi.



4-§.
Davlat va huquq- ning kelib chiqi- shi haqidagi nazariyalarning plyuralligi


Jamiyatni boshqarishning ibtidoiy tash- kil etilishi tartibi barham topib, uning o‘rnini davlat tashkiloti egallashi insoniyat aqlini qadim zamonlardan to hozirgacha band etib kelmoqda. Turli xalqlarda davlatning har xil shakllarda paydo bo‘lganligi fakti ham davlat

va huquqning kelib chiqishiga oid ko‘plab nazariyalarning, ta’limotlarning yara- tilishiga sabab ekanligini e’tirof etish joiz. Biroq, nazariyotchilar, olimlar davlat kelib chiqishining umumiy qonuniyatlari va xususiyatlarini anglashga intiladilar. Avstriyalik davlatshunos L. Gumplovichning ta’biricha, basharti davlat tushun- chasi, ko‘pincha siyosiy tendensiyalarni ifodalash, siyosiy dasturlarni tasvirlash va siyosiy maqsadga erishish uchun bayroq sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, dav- latning vujudga kelishi to‘g‘risidagi tarixiy masalada ham xuddi shunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan. Ko‘p hollarda «oliy g‘oya»lar yo‘lida u buzilgan tarzda talqin etilgan. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi sof masala muay- yan g‘oya ustida qurildi, ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib izohlandi, boshqacha aytganda, muayyan amaliy va axloqiy motivlardan kelib chiqib tushuntirildi. Ularning talqinicha, axloq va inson qadr-qimmatini saqlab turish uchun dav- latning haqiqiy, tabiiy kelib chiqishini yashirish, buning o‘rniga ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan biron-bir ochiq-oshkora va gumanitar ta’limotni taqdim etish joiz1.




1 Гумплович Л. Общее учение о государстве. СПб., 1910. – 47-bet.


Davlat va huquqning kelib chiqishi jarayonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi xilma-xil nazariyalar yaratilgan. Bunda mualliflar davlatning kelib chiqish sababini, manbayini xudolardan, insonlar irodasidan, tabiiy va biologik hodisa- lardan izlaydilar. Shunday nazariyalarning ba’zi mashhur, e’tiborga molik tur- lariga to‘xtalib o‘tamiz.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish