Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet42/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   370
Bog'liq
777 (1)

«ekzogam» shakldagi oila – ona urug‘ining shakllanishiga asos soladi, unda ayol (ona boshining) qarindoshlari o‘rtasida rishta bog‘langan. Keyinchalik bir urug‘ a’zolari o‘rtasidagi nikohlar ham taqiqlanadi.

Muayyan tarixiy rivojlanish davrida chorvachilik, omoch bilan yer haydab dehqonchilik qilish keng yoyilishi erkaklarning mehnat jarayonidagi aha- miyatini oshiradi. Bu hol matriarxat o‘rniga oilada ota hukmronligi (patriarxat) ni keltirib chiqaradi. Endi qon-qarindoshlik, avlod davomiyligi ota tomondan belgilanadigan bo‘ldi. Bu – insoniyat rivojidagi yangi bosqich. Guruhiy nikoh o‘rniga juft oila shakli paydo bo‘ladi. Bunda tuqqan ona qatorida tug‘ishgan ota ham aniq bo‘ladi. Navbatdagi bosqichda juft oilaning ota hukmronligi us- tun bo‘lgan shakli o‘rin oladi. Urug‘chilik tuzumining yakuniy bosqichida ota- lar hukmron oilalar, ota urug‘i, patriarxal jamoa qaror topadi.
Shunday qilib, qon jihatidan yaqin bir necha oilalarning ittifoqi ibtidoiy urug‘ jamoasi hisoblanadi. Bunday urug‘lar ekzogam oilaviy munosabatlar mavjudligining natijasi edi. Urug‘lar tabiiy shart-sharoitlari hayot kechirish uchun qulay bo‘lgan hududlarni, masalan, o‘rmonlar, daryo va ko‘l havzalarining bo‘ylarini makon qilib joylashishga (o‘troqlashishga) intilganlar. Shunday qulay maskanlar uchun urug‘lar o‘rtasida urushlar, talashib-tortishishlar bo‘lib turgan.

Tabiiy qulay maskanlarga ega bo‘lish uchun tez-tez bo‘lib turadigan urushlar urug‘larning o‘zaro ittifoqlar tuzishiga sabab bo‘lgan. Hududiy yaqinlik, qon yaqinligi va tillashuv imkoniyatlari asosida urug‘lar birlashib, fratriyalar- ni, kuriyalarni (urug‘ ittifoqlarini), bir necha fratriyalar, kuriyalar birlashib qabilalarni tashkil etardi. So‘ngra, vaziyat taqozo qilganda qabilalar ittifoqi vujudga kelgan.

Kishilarning bunday katta uyushmalarining, jamoalarining birgalikda- gi turmush kechirishini tashkil etish u yerda muayyan boshqaruv mavjud bo‘lishini taqozo qilardi. Boshqaruv ehtiyoji esa ma’lum ijtimoiy hokimiyat tizimi shakllanishiga sabab bo‘lgan.

Tashqi bosqinchiliklardan himoyalanish, hududni muhofaza etish, ishlab chiqarish, sug‘orish va dehqonchilik ishlarini unumli tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini olib borish, diniy urf-odatlarni amalga oshirish, ja- moa a’zolari o‘rtasida vujudga keluvchi nizoli masalalarni hal etish, umuman urug‘ni, qabilani boshqarish kabi muhim vazifalarni bajarish jamoa a’zolari orasidan saylab qo‘yiladigan oqsoqollarga yuklatilgan.

Qabila va fratriyalar oqsoqollar kengashi tomonidan boshqarilardi. Urug‘ tepasida urug‘ning umumiy yig‘ilishida katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan va ko‘pchilik hurmatini qozongan shaxslardan saylab qo‘yiladigan oqsoqollar yoki harbiy boshliqlar turardi.

Urug‘chilik tuzumining iqtisodiy munosabatlariga urug‘ ishlarini boshqa- rish tizimi va ijtimoiy hokimiyatni tashkil etish tartibi mos kelardi. Bu sha- roitda hokimiyat butun jamiyatga tegishli edi. Hokimiyat jamiyatdan ajratilgan emas, balki unga muvofiq edi. Birgalikda hayot kechirishning hamma masa- lalari: ishlab chiqarish faoliyati, urush olib borish, diniy marosimlar o‘tkazish, kishilar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish va boshqalar urug‘ a’zolarining umumiy yig‘ilishida qarab chiqilar va hal etilardi. Urug‘ a’zolarining majlisi (umumiy yig‘ilishi) uning oliy hokimiyat organi edi. Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech qanday imtiyozlardan foydalanmasdilar, alohida boshqarish yoki majbur etish apparatlariga ega emas edilar va ularning qo‘llaridagi hokimiyat birdan-bir shaxsiy ma’naviy obro‘lariga hamda barcha urug‘ a’zolarining ularga bo‘lgan hurmati va qo‘llab-quvvatlashlariga tayanardi. F. Engels bu haqda shunday deb


yozgan edi: «Sivilizatsiya davridagi politsiyaning eng razil xizmatchisi ham urug‘doshlik jamiyatining hamma organlarini birga qo‘shib olganda, ulardan ko‘ra ko‘proq «avtoritet» ega bo‘ladi; lekin sivilizatsiya davrining eng qudratli knyazi va eng buyuk davlat arbobi yoki lashkarboshisi eng kamtarin urug‘ oqsoqoli qozongan obro‘ni orzu qilsa bo‘ladi»1.

Urug‘ oqsoqollari va harbiy boshliqlari istalgan vaqtda umumiy yig‘ilish tomonidan almashtirilishi mumkin bo‘lgan, ular o‘z funksiyalarini urug‘ning nazorati ostida amalga oshirganlar. Urug‘ yig‘ilishining qarori uning hamma a’zolari uchun majburiy bo‘lgan.

Ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat ancha obro‘li, real va samarali boshqarishga qodir bo‘lgan. «U vaqtda odatlar hukmron bo‘lganini, obro‘, hur- mat, urug‘ oqsoqollarining azm-ixtiyorlari borligini ko‘ramiz, bunday azm-ixti- yor ba’zan xotinlarda bo‘lganini ko‘ramiz, lekin boshqalarni idora qilmoq uchun va idora qilish maqsadida, idora qilish manfaatlarini ko‘zlab majbur qiladigan ma’lum apparatga, zo‘rlaydigan apparatga sistematik va doimiy ravishda ega bo‘lib turish uchun ajralib chiqqan alohida turdagi kishilarni hech qayerda ko‘rmaymiz»2.

Ijtimoiy hokimiyat organlari va vakillarida jamoat fikridan boshqa hech qanday majburlash usuli bo‘lmagan. Kishilar jamiyatda amal qiladigan xulq- atvor va yurish-turish qoidalariga so‘zsiz rioya qilganlar. Bordi-yu urf-odat, ax- loq va din qoidalari buzilsa, bu holatni butun urug‘, uning yig‘ilishi muhokama qilardi. Qoidalarni buzgan kishini izza qilish, unga tanbeh berish, ogohlanti- rish, urug‘dan quvib yuborish kabi jamoat ta’sir choralari qo‘llanilgan. Adabi- yotlarda ko‘pchilik qabilalar ichida tabu – taqiqlov qoidalari bo‘lganligi e’tirof etiladi. Bu ibtidoiy tuzum uchun alohida ahamiyatli normalar tizimi hisoblan- gan. Tabu aksariyat holda diniy asosdagi taqiq bo‘lib, ma’lum xatti-harakatga, predmetga, so‘zlarga va boshqalarga qo‘yilgan. Uni buzish ruhlar va xudolarning qahrini qo‘zg‘atadi, deb ayovsiz jazo qo‘llanishini nazarda tutgan.

Yuqorida keltirilgan fikrlar, ijtimoiy hokimiyatning xususiyatlari ibti- doiy jamoa tuzumi davrida hokimiyat klassik shaklda bo‘lganligini, o‘z-o‘zini boshqarish va ibtidoiy demokratiya ko‘rinishida bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ibtidoiy tuzumda amal qilgan xulq-atvor va yurish-turish qoidalari yig‘indisi sotsial normalarni tashkil qilgan. Sotsial normalar turmushdagi, mehnatdagi va oiladagi munosabatlarni tartibga solgan, barcha urug‘ a’zolarining irodasini ifodalagan. Sotsial normalarga amal qilish odat bo‘lgan, ular ixtiyoriy bajaril- gan.



1 Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar, II tom, O‘zdavnashr, 1959. – 350-bet.

2 Lenin V.I. To‘la asarlar to‘plami, 39-tom. – 79–80-betlar.
Sotsial normalarga – odat, axloq, din, etika, estetika kabi normalar kir- gan. Ibtidoiy davrdagi sotsial normalar o‘sha tarixiy davr sharoitining va ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli bo‘lgan.

F. Engels insoniyatning «go‘daklik» davriga shunday tavsif bergan: «Bu urug‘doshlik tuzumi g‘oyat sodda bo‘lganligiga qaramasdan, qanday g‘aroyib tashkilot! Soldatlar, jandarmlar va politsiyalar, dvoryanlar, qirollar, noiblar, ho- kimlar yoki sudyalar, turmalar, protsesslar yo‘q bo‘lsa-da – hamma ishlar belgilangan tartibda boradi. Har qanday janjal va anglashmovchiliklar kim- larga taalluqli bo‘lsa – o‘shalarning kollektivi tomonidan, ya’ni urug‘ va qabila tomonidan, yoki ayrim urug‘larning o‘zi o‘rtasida hal qilinadi; kambag‘al va muhtoj kishilar bo‘lishi mumkin emas, kommunistik xo‘jalik va urug‘ qarigan- lar, kasallar va urushda mayib bo‘lganlarga nisbatan ado qiladigan vazifalarini yaxshi biladi. Hamma shu jumladan, xotin-qizlar ham teng va erkindirlar»1.



Shunday qilib, ibtidoiy tuzum sharoitidagi ijtimoiy hokimiyat quyidagi o‘ziga xususiyatlar bilan ifodalangan:

birinchidan, urug‘ning butun jamoasi hokimiyatning birdan-bir manbayi hisoblangan. Barcha jamoa a’zolari hokimiyatni amalga oshirishda ishtirok et- ganlar, uning to‘laqonli sohibi sanalganlar. Urug‘, qabila jamoasining o‘zi o‘zi uchun xulq-atvor qoidalarini o‘rnatganlar va ularga ixtiyoriy rioya qilganlar;

ikkinchidan, urug‘ning barcha katta yoshdagi a’zolari ishtirokidagi majlis (kengash)lar ijtimoiy hokimiyatning yuqori, oliy organi bo‘lgan. Umu- miy majlis (kengash) urug‘ jamoasi hayotining, xo‘jalik faoliyatining barcha masalalarini hal etgan;

uchinchidan, urug‘ jamoasining kundalik hayot-faoliyatini boshqarish umumiy majlisda saylab qo‘yiladigan oqsoqol zimmasiga yuklatilgan. Boshqa- ruv ishlari hammaning manfaatini inobatga olib amalga oshirilgan. Oqso- qol o‘z shaxsiy manfaatini jamoa a’zolarining umumiy manfaatidan ustun qo‘yaolmagan. Muhimi, oqsoqol ham, harbiy yo‘lboshchilar ham yalpi ishlab chiqarish faoliyatida boshqalar bilan bab-baravar ishtirok qilganlar;

to‘rtinchidan, ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat kuchga emas, balki obro‘ga, hurmatga, e’tirofga va odat qoidalariga, diniy talablarga tayangan. Qoidabuzarlar qattiq jazolangan. Majburlov, jazo choralarini qo‘llash butun urug‘ jamoasining amri bilan amalga oshirilgan. Majburlovni qo‘llovchi alo- hida, maxsus organlar bo‘lmagan;

beshinchidan, qabila miqyosidagi ijtimoiy hokimiyat ham urug‘ doirasida- gi hokimiyat singari tamoyillar asosida amalga oshgan. Bu davrda «ibtidoiy demokratiya» hukm surgan, deyish mumkin. Qabiladagi ijtimoiy hokimiyat qabila kengashi, umumiy yig‘ilishi, qabila boshlig‘i timsolida namoyon bo‘lgan.




1 Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar. «O‘zdavnashr», 1959. II tom. – 273–274-betlar.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish