Jinoyat huquqi yordamida davlat tomonidan qanday ijtimoiy xavfli xatti- harakatning jinoyat deb hisoblanishi va uning uchun qanday jazo tayinlanishi belgilanadi. Jinoyat huquqi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan mutasaddi davlat organining vakolatlarini, jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va shartlarini, ularga nisbatan davlatning qoralov siyosati prinsiplarini, aniq jinoyatlar tarkibi va ularga tayinlanadigan jazolar tizimi hamda turlarini, ayb- ning shakllarini, turlarini o‘z normalarida mustahkamlaydi.
Jinoyat huquqining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidir. Bu huquq tarmog‘ining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir o‘tkazish usuli jamiyat uchun xavfli qilmish, harakat va harakatsizliklarni qat’iy man etish, davlat majburlovini amalga oshirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |