Birinchi bosqich – qonunchilik tashabbusi. Qonunni yaratish ja- rayoni, ya’ni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyat qonunchilik tashabbusi ro‘yobga chiqishidan boshlanadi.
Qonunchilik tashabbusi huquqi – Konstitutsiyada belgilangan vako- latli organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to‘g‘risida, shuningdek qonunni o‘zgartirish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifning Oliy Majlis e’tiboriga taqdim etilishi va parlament tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir.
Mamlakatimiz Asosiy qonunida qonun chiqarish jarayonining alohida bosqichi hisoblangan qonunchilik tashabbusi huquqi o‘zining yuridik ifodasini topgan. E’tirof etish lozimki, qonunchilik tashabbusi Oliy Majlisda emas, balki faqat Qonunchilik palatasida ro‘yobga chiqariladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik or- gani orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazir- lar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub- yektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi- ning Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi (Konstitutsiyaning 83-moddasi).
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanib, 2006-yilning 8-noyabrida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokrat- lashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning ro- lini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini kiritdi1. Ushbu qonun umumxalq muhokamasidan so‘ng qabul qilindi va 2007-yil 11-aprelda imzolandi. Shuningdek, 2008-yil 12-noyabrda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika- sining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi kiritildi. U shu yilning 19-noyabrida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi. 2008-yil 4-dekabrda Senat tomonidan ma’qullandi2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasi «Qonunchilik tashabbusi» deb nomlanib,
1 Хalq so‘zi, 2006-yil 9-noyabr.
2 Хalq so‘zi, 2008-yil 5-dekabr.
unda yuqoridagi konstitutsiyaviy norma quyidagi qoida bilan yanada aniq holga keltirilgan: «Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek budjet moddalari bo‘yicha o‘zgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda kiritilishi mumkin» (27-mod- daning 2-qismi).
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlarning qonun loyi- hasini parlamentga kiritishi va uni ko‘rib chiqish tartibi «O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunda belgilab berilgan. Xususan, mazkur Reglamentning 12-moddasida quyidagi qoidalar bayon etilgan:
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi- ga ega bo‘lgan subyektlar kiritadilar.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:
qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushunti- rish xati;
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb to- pilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun osti hujjatlarining ro‘yxati;
moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy- iqtisodiy asoslar;
davlat daromadlarini kamaytirish yoki xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar uni kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqining subyekti loyiha matnini o‘zgartirish yoki o‘zi kiritgan qonun loyihasini qaytarib olish huquqiga ega.
Mamlakatimizda ikki palatali parlament tizimiga o‘tilgach, qonunchilik tashabbusini amalga oshirishning puxta huquqiy bazasi yaratildi. 2006-yilning 11-oktabrida O‘zbekiston Respublikasining «Qonun loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tar- tibi to‘g‘risida»gi Qonuni imzolanib, kuchga kiritildi. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning barcha yuridik va tashkiliy jihatlari mazkur qo- nunda batafsil belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |