Odilqoriyev X. T


Huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi



Download 1,16 Mb.
bet162/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi. Huquqiy normalar yaratish jarayoni zamonaviy huquq ilmi va amaliyoti yutuqlariga, huquqiy ta- fakkur va mantiq qoidalariga qat’iy tayanmog‘i lozim. Har bir qonun, huquqiy norma ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash hamda ilmiy asoslantirish negizida yaratilishi kerak. Muayyan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan oldin uni yaratish uchun qanday ehtiyoj borligini ilmiy jihatdan isbotlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun huquqiy tartibga solish mo‘ljallanayotgan ijtimoiy munosabatlar turi chuqur tahlil etilishi, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlari amalga oshirilishi lozim.

Ilmiylik prinsipi haqida gap borganda, kamida ikki jihat nazarda tuti- ladi. Birinchidan, huquq ijodkorligi puxta ilmiy strategiyaga tayanishi zarur. Bunday strategiya umumdavlat miqyosida shakllantiriladi. Uni, odatda, davlat yuqori hokimiyat organlari huzuridagi tegishli tadqiqotlar institutlari amalga oshiradi. Ikkinchidan, muayyan normativ-huquqiy hujjat matni ustida ish bor- ganda, huquq normasini yaratish va ifodalashda (mazmunan va yuridik texnika nuqtayi nazaridan) ilmiy tavsiyalar inobatga olinishi lozim. Bundan ko‘zlangan maqsad – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda imkon qadar qo‘proq sa- maraga erishishdir. O‘z faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlash uchun huquq ijod etuvchi organlar huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishchi guruhlar tarkibi- ga yetakchi huquqshunos-olimlarni kiritadilar; loyiha yuzasidan xulosa olish uchun uni tegishli ilmiy muassasalarga yuboradilar.

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi parlamenti faoliyatida qonun loyihalarini ilmiy ekspertiza qilishga e’tibor qaratilayotganligi tahsinga sazovor. Qonun loyihalarini ilmiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga olim- lar, amaliyotchi xodimlar va boshqa yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish natijalari yuzasidan ekspertlar tegishli xulosa taqdim etadilar.

Ilmiylik prinsipda qat’iy turiladigan bo‘lsa, huquq ijodkorligining sub- yektlari bo‘lgan organlarning vakolatlari hokimiyatlar taqsimlanishi asosida tashkil etilishi lozim. Shu yo‘l bilan mazkur organlar faoliyatida parallelizm, takrorlash, nomuvofiqlik va boshqa organning vakolat doirasiga daxl qilish hol- lari istisno etiladi.

Huquq ijodkorligiga ilmiy yondashish talabi ayniqsa bugungi kunda, ya’ni bozor munosabatlarini qaror toptirish, demokratik qadriyatlarni shakllantirish davrida inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash, milliy, siyosiy, ijtimoiy- ma’naviy munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun muhimdir. Bu mu- nosabatlarni aniq huquqiy tartibga solishga erishish uchun huquq ijodkorligining ilmiy zaminini muttasil takomillashtirib borish lozim.


3-§.
Qonun ijodkorligi jarayoni va bosqichlari


Huquq ijodkorligining eng yuqori da- rajada tashkillashgan, uyushgan va takomil- lashgan shakli qonun ijodkorligidir. Shu bois, uning tabiati va xususiyatlariga mufassalroq

to‘xtalamiz. Qonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatida vujudga keladi. Davlat amrining oliy ifodasi bo‘lmish qonun, hokimiyatning alohida vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladigan murakkab jarayon natijasida yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum yakun- lari va shu asosda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini bel- gilab berdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z vakolat- larini amalga oshirish jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi – Qonunchilik palatasi esa, o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olindi.

Parlamentning jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, uning qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan tubdan yaxshilash masalalariga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida alohida e’tibor qaratildi1. Qonun ijodkorligini izchil takomillashtirib borish jamiyatni modernizatsiya qilish sharoitida davlat qu- rilishining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish