Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet125/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Huquqqa legistik yondashuv yuridik pozitivizm, normativizm kabi ko‘rinishlarga ega. Ushbu yondashuvni ingliz muta-fakkirlari T. Gobbs, J. Ostin, Germaniyada R. Iering, G. Kelzen, Rossiyada G.F. Shershenevich va boshqalar asoslab bergan. Nomlari kayd etib o‘tilgan mutafakkirlar turli tarixiy davrlarda yashab o‘tgan bo‘lishlariga qaramay, ular ilgari surayotgan quyidagi holatlar ularni o‘zaro yaqinlashtiradi: a) huquq – davlat hokimiyatining mahsuli, hukm- dorning buyrug‘i, talabi va h.k.; b) davlat huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan;

  1. davlat hokimiyati huquq ostida emas, balki undan ustun turadi; g) vujudga kelish nuqtayi nazaridan davlat birlamchi, huquq esa ikkilamchidir va h.k.

Huquqqa legistik yondashuv huquqni o‘rganishda ham o‘ziga xos tarzda yo‘l tutadi. U huquqni falsafiy talqinlardan, his-tuyg‘u, orzu-istaklar va boshqa- lardan xoli tarzda tadqiq etish lozimligini uqtiradi. Jumladan, nemis huquqshu- nosi R. Iering davlat va huquq hodisalarini bilish metodologiyasida tavsiflash, tasnif va faktlar talqiniga alohida e’tibor qaratib, huquqiy hodisalarni tarixiy, tuzilish hamda funksional jihatdan ko‘rib chiqish lozimligini uqtiradi.

Yuridik pozitivizmning bir shakli hisoblangan normativizmga asos solgan avstriyalik huquqshunos G. Kelzen esa, «sof huquq nazariyasi»ni shakllantirish maqsadida, pozitiv huquqni barcha unga xos bo‘lmagan hodisalardan toza- lash lozim deb hisoblaydi. Buning uchun ilmiy bilish predmetining chegarasi aniq belgilab qo‘yilishi lozim. Uning fikricha, maxsus va o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan huquq (ya’ni yurisprudensiya deb ataluvchi fan), bir tomondan, «adolat






1 Qarang: Нерсесянц В. С. Из истории правовых учений: два типа правопонимания //Политические и правовые учения: проблемы исследования и преподавания. – М., 1978; Шу муаллиф. Право и закон. – М., 1983.
falsafasi»dan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy borliqni bilishga yordam beruvchi fan – sotsiologiyadan ajratilishi hamda ulardan farqlanishi kerak.

Har bir fan, jumladan yurisprudensiya ham, qandaydir ezgu istak, qadr-qiymat nuqtayi nazaridan emas, balki o‘z holicha tavsiflanishi lozim. Shu asosda G. Kelzen yurisprudensiya fani predmetini quyidagilardan iborat deb biladi: qonunchilik normalari, ularning tarkibiy qismlari va o‘zaro munosabat- lari, huquqiy tartibot, uning tuzilishi.



Huquqqa legistik yondashuv tarafdorlari, o‘z nuqtayi nazarlaridan kelib chiqib, har qanday qonunni, jumladan adolatsiz qonunni ham huquqiy deb hisoblaydilar. Shuning uchun ularning talqiniga ko‘ra, despotik, totalitar, av- toritar davlatlar ham huquqiy ko‘rinishga ega va demak ular ham «huquqiy tartibot» va «huquqiy davlat»dir. Shundan kelib chiqib, legistik yondashuv tom ma’nodagi «huquqiy davlat» g‘oyasini inkor etadi. G. Kelzenning ta’kidlashicha, bunday davlat yolg‘on tabiiy huquqiy tasavvurlardan kelib chiqadi. Ko‘rsatib o‘tilgan salbiy jihatlariga qaramay, huquqqa legistik yondashuv qonun, qo- nunchilikni takomillashtirish, qonunchilik talablarini hayotga joriy etish mexanizmini yaratishda, ularning ichki mutanosibligiga erishish, jamiyatda huquqiy-tartibotni ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega.

O‘z navbatida huquqni yuridik tushunish ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi. Ulardan biri, tabiiy huquq nazariyasi bo‘lsa, ikkinchisi, aka- demik V.S. Nersesyans ilgari surgan huquqni libertar-yuridik (erkinlik) tushunishdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har ikkala yondashuvning negizlari antik davrlarga borib taqaladi.

Qadimgi Gretsiya va Rimda sofistlar, Suqrot, Aflotun, Arastu, Sitseron, rim yuristlari, o‘rta asrlarda G. Grotsiy, B. Spinoza, T. Gobbs, J. Lokk, Sh. Monteskye, XX asrda R. Shtammler, G. Radbrux kabi mutafakkirlar tabiiy huquq nazariyasi- ning mustaqil konsepsiya darajasiga ko‘tarilishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.

Mazkur yondashuvga ko‘ra, huquq tabiiy huquq hamda ilohiy, pozitiv, siyo- siy kabi huquqlarga bo‘linadi. Bunda e’tiborli jihati shundaki, tabiiy huquq nazariyasi asoschilari tabiiy huquq va pozitiv huquqni (insonlar yaratgan) bir-bi- riga qarama-qarshi qo‘yadilar. Ularning fikricha, tabiiy huquq abadiy, o‘zgarmas, azaldan mavjud. Insonlar ularni anglash orqali o‘z faoliyatlarida qo‘llashlari lozim. Pozitiv huquqni esa, adashishga moyil bo‘lgan, his-tuyg‘uga beriluvchan insonlar yaratadi va u sun’iydir. Shuning uchun tabiiy huquq pozitiv huquqdan ustun turadi hamda pozitiv huquq tabiiy huquqqa moslashishi lozim.

Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:



ijobiy huquq, ya’ni davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda insonga tug‘ilishidanoq tegishli bo‘ladigan oliy, haqiqiy, «tabiiy» huquq mavjud. Har qanday qonun ham huquqiy bo‘lmasligi mumkin;


    • huquq va axloq aynanlashtiriladi, (mazkur nazariya namoyandalari- ning fikriga ko‘ra) adolat, haqiqat, ozodlik, erkinlik, tenglik kabi axloqiy tushunchalar huquqning o‘zagini tashkil etadi va huquq ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash jarayonini belgilab beradi;

    • inson huquqlarining manbayi qonunlarda emas, balki insonning tabia- tida bo‘lib, unga tug‘ilishdan (yoxud xudoning amri bilan) ega bo‘lish mumkin. Huquqni tushunishning tabiiy huquq nazariyasi quyidagi ijobiy jihatlarga

ega:

    • birinchidan, nazariyalar orasida eng ilg‘ori bo‘lib, yangi erkin demokra-

tik davlat tuzumi yaratilishiga asos bo‘ldi;

    • ikkinchidan, qonunlar huquqiy bo‘lmasligi mumkin, agar qonunlar insonning tabiiy huquqlariga zid kelsa, ularni inkor qilsa, adolat, haqiqat, erkin- lik, tenglik me’yorlari buziladi;

    • uchinchidan, inson huquqlarining manbayi tabiat yoxud Alloh deb tan olinadi. Shu bois davlat tuzilmalari va mansabdorlar tomonidan zo‘ravonlik qilishning, suiiste’molliklarning oldini olish imkoni yaratiladi.

Huquqni bunday tushunish ham muayyan salbiy jihatlarga ega bo‘lishi mumkin. Xususan:

  1. Huquqni mavhum axloqiy qadriyat sifatida tushunish uning shakliy- yuridik xususiyatlarini susaytiradi, qonuniy va qonunga xilof harakatlar me- zonini har xil odamda har xil bo‘ladigan erkinlik, adolat, haqiqat to‘g‘risidagi tasavvurlarga qarab belgilashda qiyinchiliklarga olib keladi.

  2. Huquqni bunday tushunish obyektiv huquq bilangina emas, balki, huquqiy ong bilan ham ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy ong esa, turli xil odamlarda turlicha bo‘ladi.

Huquqni bunday tushunishga O‘zbekistonda ham alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston davlatining qonunlari ham insonning tabiiy huquqla- rini adolat, haqiqat, erkinlik, mustaqillik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda belgilamoqda.

Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimiz ham huquqni tabiat yoxud Alloh tomonidan insonlarga beril- gan imkoniyatlar majmui deb tushunganlar. An’anaviy hamda «yangilangan» tabiiy huquq nazariyasi, o‘zining mazmun jihatidan aniq shakllantirilmagan- ligi, tushunchalarning noaniqligi, ko‘p o‘rinlarda axloq va huquq aralashib ketganligi va umumiy ahamiyatga ega emasligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, tabiiy huquq yondashuvining ilg‘or va ijobiy jihatlariga, insonlar- ning tengligi va erkinligi g‘oyasi, adolat va uni ta’minlash masalasi, insonlar- ning ajralmas huquqlari, huquqning hukmronligi, hokimiyatning cheklanganli- gi, davlat va fuqarolarning o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘langanligi,

12–18-8
huquqiy davlat kabilarni kiritish mumkindir. Aynan shuning uchun ham tabiiy huquq nazariyasi har bir tarixiy davr uchun jozibali bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi.

Huquqni yuridik tushunishning libertar-yuridik shakli mazmun-mo-


hiyatini erkinlik tashkil etadi. Erkinlik insoniyatning ming yillik taraqqiyoti, siyosiy-huquqiy nazariyalar va amaliyoti natijasida shakllangandir. Erkinlik qadimgi grek siyosiy-huquqiy ta’limotlarida shakllantirilib, yangi davr Yevro- pasida ham huquqni falsafiy tushunishda markaziy o‘rinni egallab kelgan va bu davom etmoqda. Bunda F. Volter, Sh. Monteskye, J. Lokk, I. Kant, G. Gegel, Shelling, Fixte kabi buyuk mutafakkirlar ilgari surgan g‘oyalar katta ilmiy- amaliy ahamiyatga ega. Rossiyalik olim S.S. Alekseevning haqli ravishda ta’kidlab o‘tganidek, aynan I. Kantning g‘oyalari erkinlikni falsafiy tushuntirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan1.

Akademik V.S. Nersesyans yurisprudensiya va huquqqa yondashuvning yuridik shakli doirasida huquq hamda davlatning libertar-yuridik tushunchasi- dan kelib chiqadi. U huquqni erkin shaxslarning rasman tengligi, ya’ni inson erkinligining zaruriy va umumiy shakli sifatida talqin etadi. Huquqning maz- kur umumiy tushunchasi orqali yurisprudensiyani libertar-yuridik konsepsiya- sining yagona predmeti doirasida uning har ikkala obyekti – ham erkinlikning normativ shakli sifatida pozitiv huquq (umumiy qoidalarning hukmronligi o‘rnatilganda), ham mazkur erkinlikning tashkiliy, institutsional, hokimiyat shaklidagi davlat qamrab olinadi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish