Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi. Huquq normalarida ifodalangan talablar buzilgan hollarda davlat majburlovi qo‘llaniladi.
Davlat o‘zi qabul qilgan yoki tasdiqlagan hujjatlarga befarqlik bilan qaray olmaydi, u mazkur hujjatlarni amalga oshirishga katta kuch-g‘ayrat sarflaydi, ularni muhofaza qiladi va bajarilishini kafolatlaydi. Bunda keng qo‘llaniladigan usullardan biri – ishontirish, ikkinchisi – davlatning jismoniy va ruhiy majbur- lovi hisoblanadi.
Jismoniy majburlov deganda, huquq bilan nazarda tutiladigan, huquqiy tartibotni saqlash uchun jismoniy kuch va vositalar qo‘llanishidan iborat bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar tushuniladi. Ruhiy majburlov deganda, shaxs bo‘ysunmagan holda qo‘llanishi qonun bilan nazarda tutilgan choralarga yo‘liqishdan qo‘rqish birinchi o‘rinda turadi. Aynan qo‘rquv fuqarolarni o‘z xulq- atvorini huquq qonun talablariga moslashtirishga ruhan majbur etadi. Davlat ishontirish va majburlovdan huquq normalarining qo‘llanilishini ta’minlash uchungina foydalanadi. Boshqa barcha hollarda undan foydalanishning ehtimol tutilgan imkoniyatigina muttasil saqlanadi.
3-§.
Huquqning talqiniga oid ta’limotlarning turli-tumanligi
Huquq insoniyat aql-idroki, tafak- kuri mahsuli sifatida noyob, benazir hodisa bo‘lganligi bois, uning talqiniga qiziqish na- faqat so‘nmas, balki tinimsiz ortib bormoqda. Huquq mavjud bo‘lgan butun tarixiy davr
mobaynida uning talqini va ta’rifiga bag‘ishlangan ko‘plab ta’limotlar, konsep- siyalar, nuqtayi nazarlar yaratilgan. Ushbu ta’limotlarning turli-tumanligiga huquqni tushunish pozitsiyasi, saviyasi sababdir. Huquqni tushunish – inson- ning huquqni anglash, uni o‘zi uchun qabul qilish (baholash) va unga ijtimoiy hodisa sifatida o‘z munosabatini bildirish borasidagi maqsadga yo‘naltirilgan fikriy faoliyatining jarayoni va natijasidir.
Huquqni tushunish subyektlari – fuqarolar, oddiy insonlar; professional huquqshunoslar, huquq ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar. Huquqni tushunish hamisha subyektiv tabiatga ega.
Huquqni tushunish obyekti – sayyoramiz miqyosidagi huquq, mamlakat (jamiyat) miqyosidagi huquq, huquq sohasi, huquq instituti, huquqning alohida normalari.
Huquqni tushunish mazmunini subyektning o‘z huquq va majburiyatlari, aniq va umumiy huquqiy imkoniyatlar (ruxsat etilgan holatlar), taqiqlangan ho- latlar, shuningdek undagi qoidalarning adolatliligi yoki adolatsizligi borasidagi fikri (bahosi) ifodalangan bilimlari tashkil etadi.
Huquq haqidagi turli ta’limotlar va nuqtayi nazarlar mazmunini yori- tishda quyidagi holatlarga (omillarga) e’tibor qaratish lozim: birinchidan,
«tadqiqotchi» huquq harakatlangan qaysi tarixiy davrda va madaniy ma- konda yashagan; ikkinchidan, huquqni anglash natijasi hamisha huquqni o‘rganuvchi subyektning falsafiy, axloqiy, diniy, mafkuraviy pozitsiyasiga bog‘liq; uchinchidan, u yoki bu konsepsiyaning asosini nima tashkil etadi (huquq yaratilishining manbayini yoki bu hodisaning mohiyatini nima tash- kil qiladi), huquqning manbayi (insonmi, Xudomi yoki tabiatmi) va mohiyati sifatida nima tushuniladi (sinf irodasimi, inson erkinligining me’yorimi yoki individning tabiiy egoizmimi); to‘rtinchidan, bir tomondan, konsepsiyaning barqarorligi va uzoq yashashi, ikkinchi tomondan, uning o‘zgaruvchanligi, rivojlanayotgan ijtimoiy munosabatlar moslashuvchanligi. Huquq aslida nima ekanligini, uning mohiyati va belgi-xususiyatlarini mukammalroq anglash uchun uning qadimiy talqinlariga, shakllanish ildizlari va rivojlanish qonuni- yatlari izohiga qaytib ish ko‘rish afzal.
Qadimgi yunon faylasuflari, davlat va huquq masalalari bilan mashg‘ul bo‘lgan olimlari va amaliyotchilari bildirgan nodir fikrlar, yaratgan ta’limotlarini o‘rganish muhim o‘rin tutadi. Qadimgi yunon ijtimoiy-huquqiy fikri quldorlik
tuzumi sharoitida shakllanishiga qaramasdan, erkinlik g‘oyasi atrofida musho- hada yuritgan.
U davrda erkinlik, tom ma’nodagi erkinlik bo‘lmay, jamiyatning tabaqalarga bo‘linishiga asoslangan erkinlik hisoblangan. Qadimgi Gretsiyada keyinchalik tari- xiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi bilan insonlarning qullar va ozod kishilarga bo‘linishi tanqid qilinadi va rad etiladi. Erkinlik endi siyosiy-huquqiy emas, balki ruhiy hodisa sifatida talqin etiladi. Shu asosda tabiiy huquq va tabiat qonunlari bo‘yicha insonlarning tengligi va erkinligi e’lon qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, qadimgi grek mutafakkirlari o‘z davrlari uchun ham va bugungi kun uchun ham ilg‘or bo‘lgan yurisprudensiyaning yangi yo‘nalishiga asos solganlar.
O‘tmishdagi Rim huquqshunoslari davlat va huquq umumiy nazariyasi hamda tarmoq huquqiy fanlar (fuqarolik huquqi, davlat va ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) sohasida siyosiy-huquqiy muammolarning juda keng majmuasini ishlab chiqqanlar. Ular o‘z zamondoshlari bo‘lgan grek muta- fakkirlaridan farq qilgan holda, o‘zlari yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy, tarixiy va siyosiy-huquqiy borliqni nazariy tavsiflab berdilar. Huquqiy adabiyotlarda to‘g‘ri ta’kidlab o‘tilganidek, Rim huquqshunoslari tevarak- atrofdan ajralib qolgan «kabinet olimlari» bo‘lmay, ular ham nazariy, ham amaliy faoliyat ko‘rsatganlar. Ular xalq orasida bo‘lib, hayotiy muammolarni juda chuqur bilganlar. Huquqshunoslarning huquqiy munosabatlar tahlili ham- da bergan xulosalari o‘zining chuqurligi, aniqligi, mantiqiyligi va ishonchga sazovorligi bilan ajralib turgan1.
Mashhur Rim huquqshunosi Ulpian huquqni – (yustitia) haq, haqiqat, ya’ni har kimga o‘ziga tegishli bo‘lgan huquqni berishga qaratilgan doimiy va uzluksiz iroda sifatida tushuntiradi. Huquqiy adolatning umumiy tushuncha- sidan, u quyidagi huquqiy qoidalarni keltirib chiqaradi: vijdonli (to‘g‘ri so‘z) bo‘lish, boshqa kishiga zarar yetkazmaslik, har kimga o‘ziga tegishli bo‘lganini berish. Shundan kelib chiqib, u yurisprudensiyani «ilohiy va insoniy ishlarni anglash, adolat va adolatsizlikni bilish» sifatida tavsiflaydi2.
Shunday qilib, Qadimgi Gretsiyada yurisprudensiyaning falsafiy, tarixiy, siyosiy negizlariga jiddiy e’tibor berilgan bo‘lsa, Rimda uning ilmiy-nazariy, amaliy-texnikaviy qirralariga alohida urg‘u berilgan. Kishilik jamiyati hamda uning ajralmas tarkibiy qismlari bo‘lgan huquq va davlatning keyingi rivoj- lanishi, yurisprudensiyaning taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. G‘arbiy Yevropada bir necha asrlar hukm surgan diniy mutaassiblikning liberalizm g‘oyalari bilan almashishi bunga turtki bo‘lib xizmat qildi.
1 Qarang: Дигесты Юстиниана. Избранные фрагменты в переводе с примечаниями И.С. Претор- ского. – М., 1984. – 12-bet.
2 O‘sha joyda, 23-bet.
Akademik V.S. Nersesyans ta’kidlab o‘tganidek, huquqiy ta’limotlar va yurisprudensiya tarixi ikki shakldagi huquqni tushunish va huquqqa bo‘lgan yondashuvlarning kurashidan iborat. Huquqni bunday tushunish va yondashuvni shartli ravishda yuridik (jus – huquq so‘zidan olingan, huquq va qonunni farqlashdan kelib chiqadigan) hamda legistik (Lex – qonun so‘zidan olin- gan, huquq va qonunni aynanlashtirishdan kelib chiqadigan) shakllarga bo‘lish mumkin. Bunda ularning har ikkisi yoki birining u yoki bu xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan ko‘plab oraliq shakllarning mavjudligi istisno etilmaydi1.
Tilga olingan ikki shakldagi huquqni tushunishda ikki xildagi: huquqiy va legistik yurisprudensiya konsepsiyalari mos keladi. Bular: birinchisi, huquq va qonunni (pozitiv huquqni) bir-biridan farqlashga hamda huquqni yuridik tushunishga asoslanuvchi yurisprudensiya, bu tegishli tarzda davlatning yuridik tushunchasini ham o‘zida qamrab oladi; ikkinchisi, huquq va qonunni (pozitiv huquqni) aynanlashtiruvchi va qonunni legistik tushunishga, o‘zida davlatning legistik tushunchasini ham qamrab olishga asoslanuvchi yuris- prudensiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |