Davlat shaklining asosiy elementlari- dan biri siyosiy rejim (tartib)dir. Yurispruden- siyada siyosiy rejim iborasi «siyosiy tartib»,
«davlat rejimi» yoki «davlat tartibi»
kabi shaklan har xil, ammo mazmu- nan bir xil bo‘lgan tushunchalar bilan ifodalanadi.
«Siyosiy rejim» tushun- chasi yuridik adabiyotda XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan bo‘lib, olimlar o‘rtasidagi
turli xil tortishuv, bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. Bir guruh olimlar siyosiy rejim davlat shaklining sinonimi deb e’tirof etsalar, ikkinchi guruh olimlar esa uni davlat
shakli tarkibiga kirmaydi, deb ta’kidlaganlar.
«Siyosiy rejim» tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi yondashuvda siyosiy
rejim barcha siyosiy hayot, umuman jami- yat siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo‘lishi va tartibi tushuniladi. Tor ma’nodagi
yondashuvda esa, siyosiy
rejim faqat davlat hayoti, davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq hodisalar va usullarning namoyon bo‘lishi tarzida talqin etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: