yat taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil shakllarga ega bo‘lgan. Davlatni uning shakli nuqtayi nazaridan o‘rganish – avvalo, davlat tuzilishi, uning asosiy tarkibiy qismlari va ichki strukturasini, shuningdek davlat hokimiyatini o‘rnatish va amalga oshirishning asosiy usullarini anglashni nazarda tutadi.
Aholi hayot tarzini yaxshilash maqsadida turli xil inqilobiy o‘zgarishlar, hatto fuqarolik urushlari yoki qo‘zg‘olonlar asosida davlat to‘ntarishlari o‘tkazib, o‘ziga qulay bo‘lgan davlat shaklini yaratishga intiladi. Jamiyatning rivojlanishi va aholi ongining o‘sishi natijasida davlat shakllari o‘zgarib turadi va takomil- lashib boradi, bu haqda tarix jonli guvohlik beradi.
Davlatning shakllari muayyan tarixiy sharoitlarga, jamiyatning ijtimoiy tuzumiga, jug‘rofiy, iqlim va boshqa sharoitlariga, aholining ijtimoiy tarkibiga, siyosiy kuchlar nisbatiga bog‘liq ravishda turli-tuman bo‘lishi mumkin. Zero,
«har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilasidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir»1.
Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Davlat shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti sifatida, huquqshunoslikning eng muhim, sermazmun mavzularidan biri bo‘lib, uning ma’nosini anglash va izohlashga jiddiy yondashuv talab etiladi. Ushbu fikrning tasdig‘i sifatida huquqshunos olim I. Ilin quyidagilarni ta’kidlaydi:
«Davlat shakli – murakkab va g‘oyat mas’uliyatli masaladir, uni ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o‘rtaga qo‘yish zarur. Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga daxlsiz bo‘lgan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» ham emas, balki hayot tarzi va xalq hokimiyatining jonli tashkil etilishidir»2.
Xalq o‘z hayot tarzini tushunishi, aynan «shunday» tashkil etilishini ud- dalashi; shu tuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy
1 Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – 6-bet.
2 Ильин И.А. О государственной форме // «Сов.гос. и право», 1991. №11. – 135-bet.
hissasini qo‘shishi zarur. Boshqacha aytganda, aynan xalqning jonli huquqiy ongi davlat shaklini belgilab beradi, unga hayot, kuch baxshida etadi; binobarin, davlat shakli, eng avvalo, xalqning huquqiy ongi darajasiga, uning to‘plagan tarixiy-siyosiy tajribasiga, iroda kuchi va milliy xususiyatiga bog‘liqdir1.