Huquqbuzarlik faqat kishilar tomonidan sodir etiladi. Huquqbu- zarlikning subyekti sifatida faqat jismoniy shaxslar, odamlar tan olinadi; jonivor, hayvon va parrandalar g‘ayrihuquqiy harakatlari uchun yuridik javobgarlikka tortilmaydi. Huquq tarixidan ma’lumki, hayvonlar ham ba’zi vaqtlarda qonun buzilishining subyekti bo‘lib hisoblangan. O‘rta asrlarda ba’zi mamlakatlar- da to‘ng‘izlar, sichqonlar, kalamushlar, itlar va hokazo jinoyat sodir qilgan- lar, shunga ko‘ra barcha yuridik qoidalarga muvofiq, ularni sud qilishgan: bu haqda tergov olib borilgan, ular sudga chaqiriq varaqasi orqali chaqirilgan, prokuror va himoyachi sudda nutq so‘zlagan, sud hukmi chiqarilgan va ijro qilingan. Faqat o‘z g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarining oqibatlarini anglashga qobiliyatli va unga javob bera oladigan (delikt layoqatli) shaxslarning huquqqa xilof qilmishlari huquqbuzarlik deb tan olinadi. Shu bois, aqli noraso, muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslar va yosh bolalar huquqbuzarlikning subyekti hisoblanmaydilar. Huquqbuzarlik shaxsning fikrlash tarzi emas, balki uning qilmishi, xulq-atvoridir. Bunday xulq-atvor esa, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik shaklida namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarning ijtimoiy xavfli niyati faqat uning xulq-atvorida, harakati(harakatsizligi)da o‘z ifodasini topadi. Gegel o‘zining «Huquq falsafasi» asarida kishilar e’tiqodlari, niyatlari uchun emas, balki faqat qilmishlari uchun javob berishlari lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan1.
Ayblilik – huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini buzishda ayblanayotgan shaxs yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lishi va o‘z harakatlarni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etgan bo‘lishi lozim.
Huquqbuzarlik – aybli qilmishdir. Agar shaxsning harakatida ayb bo‘lmasa, uning harakati garchi shaxsning holati chetdan qaraganda huquqiy
1 Qаrаng: Гегель Г. Философия права. – М., 1990. – 141, 144, 145, 192-betlar.
30–18-8
tartibotga qarshidek ko‘rinsa ham huquqbuzarlik hisoblanishi mumkin emas. Masalan, zaruriy mudofaa holatida odam o‘ldirish.
Ayb – shaxsning o‘zi sodir etgan huquqqa xilof harakatga va uning zararli oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati. Inson oldida qariyb har doim huquqqa mos yoki unga zid harakat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |