Ijtimoiy xavflilik huquqbuzarning jamiyat qadriyatlariga tajovuz qilishini, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etishini anglatadi. Huquqbu- zarlikning zararliligi yoki xavfliligi shundaki, u jamiyat hayotining maromiga, huquqiy tartibotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqbuzarlik ijtimoiy xavfli xu- susiyatga ega, ya’ni muayyan zarar keltiradi yoki shaxs, mulk, davlat, jamiyat uchun xavf tug‘diradi. Huquqiy adabiyotlarda nojo‘ya xatti-harakat ijtimoiy
xavfli ekanligi yoki qonun buzilishining juda og‘ir turi ekanligi haqida muno- zaralar mavjud. Fikrimizcha, qonun buzilishining har qanday shakli ijtimoiy xavfli hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |