Huquqiy ruhiyat – ong doirasidagi huquqiy hodisalar bilan bog‘liq hol- da, ongda yuzaga keladigan va unga singib ketgan his-tuyg‘u, kechinmalar so- hasini ifodalaydi. Huquqiy ruhiyat – huquqiy hodisalarni hissiyot bilan tiklash sohasidir. Inson hissiz, o‘ylamay o‘z-o‘zidan fikr yuritadigan qurilma emas, balki u fikr yuritish bilan birga sezadigan tirik zotdir. Shuning uchun, inson ijtimoiy hodisalarni, shu jumladan, huquqiy hodisalarni ham nafaqat aql, balki sezgi bilan ham anglab yetadi. Huquqiy hodisalarni tushunib yetish jarayoni in- sonning ishtirokisiz rivojlana olmaydi, shu sababli unda tabiiy tarzda g‘oyaviy va hissiy jarayonlar qo‘shilib ketadi.
Masalan, loyihalashtirilayotgan qonunning mazmuni bilan shunchaki tanishib chiqish, shaxsda har xil hayajonlanishni (shodlanish va qanoatla- nish, anglashilmovchilik va achinish, e’tirof etish va hafa bo‘lish kayfiyati- ni) keltirib chiqaradi yoki uning to‘lqinlanishiga olib keladi. Inson o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra huquqni mensimaslik, noqonuniylik, zulm va inson erkini kamsitish bilan bog‘liq salbiy huquqiy voqeliklarga befarq, loqayd qaray olmaydi. Uning huquqiy kechinmalari va kayfiyati qahr-g‘azab va norozilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib, ijtimoiy-huquqiy hayotning salbiy hodisalariga tanqidiy qarash uchun ruhiy asosni vujudga keltirib, inson- parvarlik g‘oyalari negizida insonda qayta yaratish, bunyodkorlikka intilish hissini keltirib chiqaradi.
Har qanday bilimning huquqiy ong doirasida shakllanishi idrok etish ja- rayonini teranlashtira borib, ular aks ettirgan hodisalarni o‘zlashtirishda hissiy tus oladi. Huquqni takomillashtirishda insonning xuddi shu hissiyoti (buni eslatib o‘tish joiz) oldingi o‘rinlardan birida turadi. Huquqiy ong sohasida ke- chadigan fikrlash jarayoni odamlar talabi va manfaatini ifoda etuvchi inson hissiyoti bilan yo‘g‘rilgan yoki shu hissiyotdan tuzilgan. Huquqiy ong soha- sida vujudga keladigan huquqiy g‘oyalar, tushunchalar va taassurotlar, aql va sezgining shunday noaniq chalkashib ketishi oqibatida, inson fe’l-atvorini tartibga solishda jiddiy ta’sirchan kuchga ega bo‘ladi. Shuning uchun, huquqiy ongni o‘rganishga katta ahamiyat beriladi.
Huquqiy ongning strukturasini tahlil qilish, bir tomondan, huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyat kabi uning tabiiy tarkibiy qismlarining o‘zaro ta’siri tabiati va o‘zaro nisbatini ochadi, boshqa tomondan, ijtimoiy hayotda bugun hodisa sifatida uning vazifasini ochib berishga yordamlashadi.
Huquqiy fan huquqiy ong sohasini ijtimoiy va shaxsiy (individual) turlar- ga ajratadi. Ammo bu chegaralash, ular o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlikni mutlaqo inkor etmaydi. Huquqiy ong har bir turining nisbatan mustaqilligini tan olgan holda, ularga xos xususiyatlarni ochadigan huquqning umumiy nazariyasi ularning har ikkisi ham jamiyat mahsuli bo‘lganligi uchun ular
birligini yagona ijtimoiy hodisa sifatida tan olishdan kelib chiqadi. Ijtimoiy ong huquqiy ongning yanada yuqoriroq darajasi hisoblanadi, chunki unda huquqiy voqelikka xos bo‘lgan barcha xususiyatlar mujassam. Uning mazmuni huquqni bilish va hayotga tatbiq qilishda inson tafakkurining ijodiy yutuqlari va ijti- moiy-huquqiy amaliyoti bilan sug‘orilgan.
Individual huquqiy ongga kelsak, u o‘z mazmuniga ko‘ra katta hajmli va keng emas. Bundan tashqari, u huquqiy tafakkur tarixida to‘plangani uchun, huquqiy bilimlar yig‘indisini qamray olmaydi. Shaxsiy huquqiy ong bilish im- koniyatlari jihatidan bir qadar cheklangan. Hammaga ma’lumki, har bir inson- ning hayoti alohidadir. Bir shaxsda huquqiy bilim olish imkoniyati katta bo‘lsa, boshqasida kamroq. Shuning oqibatida, shaxsiy huquqiy ong har xil rivojlanish darajasiga ega. Huquqiy ong ma’lum darajada jamiyat a’zolarining huquqiy ax- borotlashuviga ham bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini ko‘tarishga ko‘mak beradigan huquqiy axborot tizimini tashkil qilish masalasi alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyat darajasiga qarab, huquqiy ong turlari uchga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy huquqiy ong, odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi va insonning shaxsiy tajribasi va huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushun- chasi bilan belgilanadi. Bunga uning ishga joylashuv payti yoki oliy o‘quv yur- tiga kirish qoidalari yoxud yo‘l qoidasini buzgani uchun javobgarligi haqidagi bilimlar misol bo‘la oladi.
Insonlardagi shaxsiy huquqiy tajriba, kundalik hayot doirasida kechib, nisbatan tor bo‘lganligi sababli huquqiy ong juda chegaralangandir. Huquqiy ong bizni o‘rab turgan borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida muttasil qola olmaydi va doimo rivojlana borib, tabiiy ijtimoiy qonuniyatlar darajasiga chiqadi, shu bilan nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |