Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet16/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Davlat va huquq


  1. §.nazariyasi fanining predmeti

Jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayot- gan hozirgi dunyoning sir-sinoatlarini ang- lab yetishda ilm-fanning o‘rni beqiyosdir. Olamshumul kashfiyotlar, misli ko‘rilmagan

ixtirolar – turli fanlarning yutug‘i. Bugungi sivilizatsiya sharoitida fanning yangi-yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda avval mavjud bo‘lgan fanlar takomillashib bormoqda. Davlat va huquq nazariyasi fani ham mumtoz fan sifatida zamonaviy davlatchilik va huquqiy amaliyot ta’sirida rivojlanib, yangilanib va boyib bormoqda. Shu o‘rinda «fan» iborasi xususida to‘xtalib o‘tish joiz. Fan – bu ilmning muayyan soha bo‘yicha tizimli bilimlar berishga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishi hisoblanadi. Yanada aniqroq aytganda, fan – tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida, ilmning nazariya, qonuniyat, tushunchalar (kategoriyalar) kabi turkumlarida ifodalanadi. «Fan – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalar- da, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fan o‘ziga xos obyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1. Fan tabiat va jamiyatni, umuman, borliqni anglashning ka- litidir.



1 Davlat va huquq nazariyasi. Ikki jildli. 1-jild. – T., 2001. – 8-bet.

Mazkur tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, davlat va huquq nazari- yasi fani davlat va huquqni jamiyatning, ijtimoiy hayotning bir bo‘lagi, ya’ni ijtimoiy mazmundagi muhim hodisalar sifatida o‘rganadi. Bu fan go‘yoki, dav- lat va huquqni butun jamiyat hodisalari tizimidan abstrakt tarzda ajratib olib, ularning mazmun-mohiyatini, ichki qonuniyatlarini, amal qilish xususiyatlarini tahlil qiladi. Shu bilan birga, davlat va huquq iqtisod, siyosat, axloq, madaniyat kabi ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganiladi. Bunda fanimiz davlat va huquqning nafaqat iqtisod tomonidan belgilanishiga, balki davlat- huquqiy hodisalarning iqtisodiyotga, ijtimoiy va ma’naviy hayotga faol ta’sir etishga qodir omil ekanligiga ham e’tibor qaratadi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish