Odilqoriyev X. T


Davlat va huquq nazariyasi



Download 1,16 Mb.
bet15/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqning vujudga kelishi, mohiyati, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umumiy qonuniyatlarni ifodalovchi fundamental bilimlar tizimi. Shuningdek, bu fan davlat va huquq haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlarning mantiqiy tarzda umum- lashtirilgan sistemasi hisoblanadi.

Tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida, ya’ni muayyan zamon va ma- konda istiqomat qilgan insonlar o‘sha davrning siyosiy tuzumi, mafkuraviy- g‘oyaviy jihatlari, boshqaruv tartibi, ijtimoiy ongi va madaniy taraqqiyotidan kelib chiqqan holda davlat va huquqqa munosabat bildiradilar, ularga baho be- radilar. Har bir tarixiy davrda davlat va huquqning mohiyati o‘ziga xos, davrga mos tarzda namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi davlat va huquqqa ham yangicha qarash, yangicha yondashuv paydo bo‘ldi. Davlat va huquqning mohiyatida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan vaqtda dav- latga iqtisodiy hukmron sinflarning tashkiloti, huquqqa esa, ijtimoiy tartibga solishning zo‘ravonlik (sinfiy hukmronlik) quroli sifatida munosabat bildirilgan edi. Bugungi kunga kelib, ya’ni demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama- qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanmoqda. Zamonaviy huquqqa esa, ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga kelti- rish vositasi sifatida yondashilmoqda1.

Davlat va huquq nazariyasi ham o‘z mazmun-mohiyati jihatidan tadrijiy taraqqiy etmoqda. Unga yangicha zamonaviy qarash, yondashuv shakllanmoq- da. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga demokratik huquqiy dav- lat va fuqarolik jamiyati qurishdek buyuk maqsadni qo‘yganligi bois davlat va huquqqa, uni o‘rganishga, tadqiq etishga alohida ehtiyoj sezila boshladi. Huquqiy davlatda qonun ustuvorligi eng asosiy tamoyil sifatida e’tirof etilsa, fuqarolik jamiyatining zaruriy sharti – fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va madaniyati, qonunlardan xabardorlik darajasi hamda huquqqa nisbatan chuqur hurmatidir. Bu tushunchalar, albatta, davlat va huquq nazariyasining obyekti hisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat va huquq nazariyasi zamonaviy dunyo taraqqiyoti, sivilizatsiya bilan hamohang harakat- lanuvchi muhim ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi.

Davlat va huquq nazariyasi nafaqat mamlakatimizda, balki jahon ham- jamiyatida yuz berayotgan yangilanish va yuksalishlar ta’sirida rivojlanmoqda.




1 Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: «O‘zbekiston»,1996. – 20-bet.
Davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi umumiylik, o‘zaro aloqa- dorlik davlat bilan bir qatorda huquq ham jadal takomillashib borayotganligidan dalolat beradi. Huquqqa liberal yondashuv, uning insonlar hayotiga yanada yaqinla- shayotganida, adolat va erkinlik g‘oyalarini izchil ifodalayotganligida, fuqarolar manfaatlarini yanada mukammal aks ettirayotganligida namoyon bo‘lmoqda.

Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisalar kabi davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlatning ham, huquqning ham inson uchun, uning manfaati uchun faoliyat olib borishini fuqarolar tobora chuqur anglab yetishmoqda. Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli guruhlar, tabaqalar yoki alohida shaxslar manfaatining himoyachisi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni bostirish quroli sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugunga kelib ular inson uchun farovon hayotni ta’minlash vositasiga aylanmoqda.



Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondashuv, huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini ochish, fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va huquq nazariyasining vazifasidir. Bu, o‘z navbatida, fanning xususiyatlarini ochib berish bilan bir qatorda, uning ijtimoiy ahamiyatini, dolzarbligini isbotlaydi.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish