Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet44/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

Davlatning mohiyati uning eng muhim, barqaror belgi va xususiyat- lari, ichki aloqalari yig‘indisi. Mohiyat – qonuniyatni, qonuniy munosabatlarni, eng muhim tavsiflovchi jihatlarni anglashdir, ularning namoyon bo‘lishidir. Davlatning barcha belgi va xususiyatlari uning ijtimoiy vazifalari, bajaradi- gan funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi in- sonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatni boshqa- rishdan iborat. Hokimiyatning alohida tashkiliy shakli bo‘lgan davlat jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi. Davlat boshqaruvi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirish maqsa- dida ularga qat’iy ta’sir o‘tkazishdir. Shu orqali davlat ijtimoiy taraqqiyotni yo‘naltirib turadi.
Davlat mohiyatida ikki jihatni nazarda tutish lozim. Birinchi holatda dav- lat boshqaruvi butun jamiyat manfaati yo‘lida amalga oshirilishi mumkin; ik- kinchi holatda esa, u alohida ijtimoiy guruh yoki alohida shaxs manfaati uchun amalga oshirilishi mumkin. Shunga ko‘ra, davlat yoki jamiyat irodasini ifoda etadi yoxud ayrim shaxs (ayrim guruh) irodasini aks ettiradi.
Demokratik yo‘nalishda rivojlanayotgan jamiyat o‘zining serqirra obyek- tiv ehtiyojlari davlatning diqqat markazida bo‘lishiga muhtojdir. Bu davlatning umumiy ijtimoiy funksiyalari kengayishi va rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi mulohazalarga xulosa qilib, davlatning hozirgi zamonaviy ta’rifini ifoda etishga harakat qilamiz. Davlat ommaviy-siyosiy hokimiyatning suveren-siyosiy tarzda hududiy tashkillashtirilganligi bo‘lib, u maxsus apparat vositasida o‘z azmu irodasini butun mamlakat uchun majburiy e’tirof ettira oladi.
Davlat – jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini ta’minlaydigan siyo-
siy tashkilot bo‘lib, maxsus mexanizm (apparat) vositasida jamiyat ishlarini boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy


1 Bu borada batafsilroq qarang: Оdilqoriyev Х.T., Chiniboyev Х.J. Davlat hokimiyati: mohiyati, funksiyasi va zamonaviy talqini. – T., 2015. – 6–29-betlar.

majburiy xususiyat baxsh etadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy- lik va huquqiy tartibotni kafolatlaydi.


Davlatning mohiyati xususida bir qancha ta’limotlar va yondashuvlar mavjud: elitar nazariya, texnokratik nazariya, markscha nazariya, umum- farovonlik davlati nazariyasi, demokratik (huquqiy) davlat nazariyasi. Ushbu yondashuvlarni alohida ko‘rib chiqaylik.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish