Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet40/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

Tabiiy huquq nazariyasi. Mazkur nazariyaning alohida qoidalari
miloddan avvalgi V-IV asrlarda Qadimgi Yunonistonda faoliyat yuritgan sofist- lar tomonidan rivojlantirilgan. Sofistlarning fikricha, insonlar paydo bo‘lishlari bilan hech qanday qoidaga rioya qilmasdan yashaganlar, ammo keyinchalik o‘zlarining xavfsizliklarini ta’minlash, o‘zaro birlashib yashash uchun turli xil qoidalarni ishlab chiqishga majbur bo‘lganlar.
Qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun va Arastularning nuqtayi nazariga ko‘ra hamma qonunlar ham insonlar tomonidan qat’iy ravishda yara- tilgan emas. Insonlar tomonidan yaratilgan qonunlardan tashqari «insonlar qalbida joylashgan ilohiy qonunlar ham mavjud». Boshqacha qilib aytganda, inson irodasiga bog‘liq ravishda yaratilgan qonunlar, ya’ni davlat tomonidan chiqarilgan qonunlardan tashqari, inson xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan qo- nunlar ham mavjud bo‘lib, ular tabiiy huquqdan iboratdir. Bu qonunlar asosida boqiy, ajralmas ilohiy tartib hukmron bo‘lib, ular nafaqat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni, balki «butun dunyoni yaratilishini tartibga soladi».
Qadimgi Yunon faylasufi Epikur (er.av. 341-270) tabiiy huquq nazariya- sini yoqlab chiqadi. Uning fikricha, tabiat xudoning aralashuvisiz, o‘z qonun- lariga binoan rivojlanadi. Adolat, tabiatan bo‘lib, foyda to‘g‘risida, bir-biriga zarar yetkazmaslik va zarar ko‘rmaslik maqsadida tuzilgan shartnomadir.
Qadimgi rim huquqshunoslari va faylasuflari asarlarida tabiiy huquqiy ta’limotlar o‘z aksini topgan. Rim huquqshunoslarining fikricha, rim huquqi ius civil (faqat rim fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, qadimiy rim huquqi), ius gentum (rim fuqarolari bilan boshqa xalqlarning o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq) va ius natural-tabiiy huquqdan iboratdir. Qadimgi yunonlar kabi rimliklar ham huquqni ijobiy huquq, tabiiy huquq, ilohiy huquqqa bo‘ladilar.
Rim huquqi rivojlanishining barcha bosqichlarida rim huquqshunoslari- ning fikricha, tabiiy huquq mohiyati va uning barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan munosabatlarida farq mavjud bo‘lgan. Ba’zi rim huquqshunoslari ularni bir-biridan ajratishgan. Ba’zilari ularning teng ko‘rishgan. Ammo deyarli bar- cha rim huquqshunoslari qadimgi yunon huquqshunoslari va faylasuflaridan farqli ravishda, o‘z diqqat e’tiborlarini bir qator holatlarda ijobiy huquq tabiiy huquqqa zid kelishiga qaratganlar. Tabiiy huquq bilan ijobiy huquq o‘rtasidagi ziddiyatlardan biri shuki, tabiiy huquqda barcha kishilar huquqda tengdirlar,

ular o‘rtasida sinfiy va boshqa ijtimoiy belgilariga ko‘ra farq bo‘lishi kerak emas degan g‘oya yotsa, ijobiy huquq esa, aynan o‘sha farqlar asosida shakllanadi.


Stoitsizmning asoschisi bo‘lgan Zenon (er.av. 336-264) ta’limotiga ko‘ra, tabiiy huquq ilohiydir hamda haqiqatni buyuruvchi va nohaqni taqiqlovchi kuchga egadir. Stoiklar fuqarolik hamjamiyati asosida insonlarni bir-biriga nis- batan tabiiy intilishi, ularning o‘zaro tabiiy aloqalari yotishini ta’kidlaydilar. Shunga ko‘ra, davlat sun’iy, shartli, shartnoma asosida vujudga kelgan uyushma bo‘lmasdan, balki tabiiy birlashmadir.
Rim stoiklarining ilohiy va insonlar dunyosining yagonaligi g‘oyasidan kelib chiqib, rim faylasufi, davlat arbobi Seneka, insonlarni o‘zaro qon-qarindoshligini, yagona tananing qismlari deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiat barcha odamlar- ni bir xil moddadan bir xil maqsad uchun yaratgan. Oliy ne’mat inson tanasiga joylashtirilgan ilohiy ruh bo‘lgan ong hisoblanadi. Onglilik insonni xudoga mo- nand qiladi. Tabiat insonga ongdan tashqari, inson urug‘ining yagonaligi asosida yotuvchi hamjamiyatga uyushish layoqatini ham bergan. Ong va o‘zaro muloqot tufayli insonlar yashash uchun kurashda hayvonlardan ustun keldilar, tabiat hodisalarini bo‘ysundirdilar va yaqin hamjamiyat bo‘lib yashay boshladilar.
Koinot, Senekaning fikricha, o‘zining tabiiy huquqi bilan tabiiy davlatdir, uni tan olish zaruriy va ongli ish. Tabiat qonuni bo‘yicha ushbu davlatning a’zolari bo‘lib, uni tan olishi yoki olmasligidan qat’i nazar, barcha insonlar hisoblanadi. Alohida davlat tuzilmalari esa, ular tasodifiy yoki butun insoniyat uchun emas, faqat cheklangan doiradagi insonlar uchun ahamiyatga ega.
Tabiiy huquq nazariyasi o‘rta asrlarda bir qator o‘zgarishlarni boshi- dan kechirgan. Inson tabiatining umrboqiyligi va o‘zgarmasligi haqidagi ta’limot o‘zgarmagan holda, endi tabiiy huquqning kelib chiqishi tabiat bilan bog‘lanmasdan, ilohiy kuchlarga bog‘lab qo‘yildi.
Gollandiyada Gugo Grotsiy va Spinoza, Angliyada Tomas Gobbs va Jon Lokk, Fransiyada Jan Jak Russo, Pol Golbax, Rossiyada Aleksandr Radishev va boshqalar tabiiy huquq nazariyasining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Tabiiy huquq maktabining asoschilaridan biri Gugo Grotsiyning fikricha, inson tabiati tabiiy huquqning onasi hisoblanadi. Tabiiy huquq, bu insonlarga allaqachon tegishli bo‘lgan narsalarni berish va ularga nisbatan yuklatilgan majburiyatlarni bajarish demakdir. Haqiqat (adolat) tabiiy huquq normalariga muvofiqlikdir. Tabiiy huquq hech kimning irodasi mahsuli bo‘lmaganligi uchun ham, hech kimga bog‘liq emas.
Jan Jak Russo (1712–1778) tabiiy huquq haqidagi ta’limotni mantiqiy nihoyasiga yetkazdi. Russo tabiiy huquq nazariyasini atrof-muhitdagi voqelik bilan solishtirib, o‘sha davrdagi tuzumni qattiq qoraladi.

Shunday qilib tabiiy huquq, har qanday huquqning, shu bilan birga, huquqiy tartibotning, ijobiy huquqning, axloqiy huquqning, siyosiy huquqning va shu kabilarning boshlang‘ich asosidir1.



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish