qo‘llash samaradorligini oshirish ham dolzarb muammo sanaladi. Bu bora- da «huquqiy normaning samaradorligi», «huquqni qo‘llash faoliyatining sa- maradorligi» tushunchalari ta’rifini oydinlashtirish, samaradorlikni ta’minlash omillari, vositalari va usullarini ilmiy tadqiq etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquq normasining strukturasi bilan qonunning moddasi (normasi)ning strukturasi o‘rtasidagi nisbatni tahlil etish ham davlat va huquq nazariyasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Nazariy jihat- dan huquq normasi uch elementdan: gepotiza, dispozitsiya va sanksiyadan iborat deb e’tirof etiladi. Qonunning normasida esa, bu uch element hamma vaqt ham jamuljam holda uchrayvermaydi. Masalan, Konstitutsiyaning deyarli barcha normalari prinsip yoki dispozitiv norma bo‘lib, ularning aksariyatida gepotiza uchramaydi, konstitutsiyaviy moddalarda aniq sanksiya ham nazarda tutilmagan. Shu bois, huquq normasi bilan qonun normasi o‘rtasidagi dialektik nisbatni ilmiy tadqiq etish katta qiziqish uyg‘otadi.
Ta’kidlash joizki, davlat va huquq nazariyasining metodologik, falsafiy talqin etilishiga e’tibor qaratish mazkur voqeliklarning yangi qirralarini, hali ilmiy tahlil obyektiga aylanmagan jihatlarini ochish va ular xususida mukam- mal ilg‘or bilimlar hosil qilish, ular bilan tafakkurimizni yanada boyitish im- koniyatini beradi.
Yuqorida davlat va huquq nazariyasining ba’zi dolzarb muammolariga e’tibor qaratildi, xolos. Аmmo, bu bilan fanda mavjud barcha ilmiy va amaliy
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
527
muammolar qamrab olingani yo‘q. Fanimizning tahlil mavzusi va muammolari nihoyatda keng. Bu esa, fan fidoyilaridan katta safarbarlikni, tuganmas kuch- g‘ayrat va tashabbusni talab etadi.
Shunday qilib, hozirgi sharoitda jamiyatda ro‘y berayotgan tub islohiy o‘zgarishlar tufayli huquqshunoslik fanimiz oldida yangi ufqlar ochilmoqda. Ilmiy muammolarning hal etilishi esa, o‘z navbatida, ijtimoiy hayot sohasida jo‘shqin rivojlanish imkoniyatlari kengayishiga olib keladi. Yuridik amaliyot bilan huquqshunoslik fanining uzviy aloqadorlik diallektikasi ana shunday. Demak, olimlarimiz oldidagi asosiy vazifa: huquqshunoslik fanining ijtimoiy nufuzi yuksak bo‘lishiga, uning jamiyat taraqqiyoti va mamlakatimiz ravnaqi- ga samarali xizmat qilishiga erishishdan iborat. Huquqshunoslik fani ijtimoiy hayot qonuniyatlarini aniq anglashga asoslangan va istiqbolga yo‘naltirilgan xulosa hamda tavsiyalarni shakllantirib bera olsagina o‘zining yuksak ijtimoiy vazifasini ado etgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |