Qonunchilik tizimi deganda, huquqning mazmuni va ichki tarkibiy
tuzilishini mustahkamlovchi, rasmiylashtiruvchi, moddiylashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisi tushuniladi. Qonunchilik tizimi huquq (qonun) ijodkorligi fao- liyati orqali huquq normalarining yaratilishi, rasmiy hujjatlarda mustahkamlani- shi va tizimlashtirilishi (sistemalashtirilishi) natijasida vujudga keltiriladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, huquq tizimi huquqning ichki tuzilishi, ichki tarkibiy qurilishi bo‘lib, uning mazmuni o‘zi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar tabiati bilan belgilanadi. Qonunchilik tizimi huquq tizimining tashqi shakli sifatida huquqning manbalari tuzilishini, normativ-huquqiy huj- jatlar yig‘indisini (uyushmasini) aks ettiradi. Huquq, huquqiy normalar qonun- chilikdan tashqarida mavjud bo‘laolmaydi, amal qilaolmaydi.
Qonunchilik hujjatlari murakkab tarkibiy tuzilishga (strukturaga) ega. Ularni turli mezonlar asosida gorizontal, vertikal va kompleks turdagi qonun- chilik tizimi sifatida tasniflash mumkin.
Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi sohaviy (tarmoq)
tasniflash bo‘lib, huquqiy tartibga solishning predmeti, ya’ni ijtimoiy munosabatlar yo‘nalishi va mazmuniga asoslanadi. Bu mezonga muvofiq, huquq tarmoqlari-
ga mos keluvchi qonunchilik tarmoqlari ajratiladi (masalan, konstitutsiyaviy huquq – konstitutsiyaviy qonunchilik, fuqarolik huquqi – fuqarolik qonunchi- ligi, jinoyat huquqi – jinoyat qonunchiligi, mehnat huquqi – mehnat qonun- chiligi, ma’muriy huquq – ma’muriy qonunchilik). Har bir huquq tarmog‘iga mos ravishda qonunchilik tarmog‘i shakllanadi, masalan, fuqarolik protsessual huquqiga – fuqarolik protsessual qonunchiligi mos keladi, yer huquqiga – yer qonunchiligi muvofiq bo‘ladi.
Qonunchilik tizimining vertikal (pog‘onama-pog‘ona, iyerarxik)
tuzilishi davlat hokimiyati organlarining vakolatiga ko‘ra pog‘onama-pog‘ona joylashuvini va normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchiga ko‘ra joylashu- vini aks ettiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimi markazida Konstitutsiya tu- radi, undan so‘ng konstitutsiyaviy qonunlar, joriy qonunlar, Prezident farmon- lari, hukumat qarorlari, vazirlik va davlat qo‘mitalarining normativ hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ hujjatlari joylashadi. Sanab o‘tilgan hujjatlarning mana shu joylashuvi ularning yuridik kuchini ham aks ettiradi. Barcha normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiyaga mos bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasining 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalari- ga zid kelishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |