Siyosiy va huquqiy normalar – Konstitutsiya, kodeks, nizom, parti- yaviy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bo‘lib, ular siyosiy munosabat- larni tartibga solish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Siyosiy tuzilmalar (institutlar) – siyosiy va davlat tashkilotlari, ular
o‘rtasidagi munosabatlar, institutlar hamda muassasalar yig‘indisidir. Bu yerda siyosiy faoliyat, harakat va munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy jihati nazarda tutiladi.
Siyosiy faoliyat – jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirish tizi-
mini muhofaza etish, rivojlantirish hamda funksional ta’minlashga qaratilgan faoliyat turidir.
Siyosiy ong – ijtimoiy ongning bir turi bo‘lib, u siyosiy hokimiyatni
amalga oshirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kishilarning siyosiy mu- nosabatlar sohasidagi xulq – atvorini yo‘naltiruvchi tafakkurning namoyon bo‘lishidir. Siyosiy ong – siyosiy nazariyalar, dasturlar, ta’limotlar tarzida, shuningdek siyosat haqidagi oddiy insoniy qarashlar, tasavvurlar va an’analar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Siyosiy madaniyat – siyosiy tizim subyektlari bo‘lgan siyosiy partiya-
lar, birlashmalar va jamoalarning davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtiro-
ki hamda siyosiy munosabatlarni tashkil etish chog‘ida qo‘llaydigan (rioya etadigan) qadriyatlar, siyosiy g‘oyalar, e’tiqod va ramzlar tizimidir. Siyosiy madaniyat muayyan millat yoki ijtimoiy–siyosiy jamoaning siyosat olami, siyo- siy jarayonlar amalga oshishining qonun va qoidalari xususidagi tasavvurlari majmui hamdir. B. To‘ychiyevning ta’biricha, siyosiy madaniyat ijtimoiy ong va umumiy madaniyatning siyosiy institutlar hamda siyosiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qismi va jihatlarini qamrab oladi. Ular, o‘z navbatida, davlat va siyosiy institutlarning shakllanishi, amal qilishiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Siyosiy madaniyat tarkibiga siyosiy tizim doirasida namoyon bo‘luvchi e’tiqod va fikr yo‘nalishlari ham kiradi11. Boshqa bir olim K.S. Gadjiyevning fikricha, siyosiy madaniyat – siyosiy hamjamiyat subyektlarining ko‘pchiligi tomonidan e’tirof etilgan normativ qadriyatlar tizimidir2.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakat siyosiy tizimining qonuniy asoslarini tashkil etadi. Unda davlat, siyosiy partiyalar va jamoat bir- lashmalarining huquqiy maqomi va o‘zaro aloqalari hamda faoliyatining ustu- vor tamoyillari belgilangan. Siyosiy tizimning amal qilishi, faoliyat ko‘rsatishi mazkur institut haqidagi konstitutsiyaviy qoidalarning ro‘yobga chiqishi va hayotga tatbiq etilishini anglatadi.
Siyosiy tizimning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
birinchidan, xalqning siyosiy irodasini aniqlash, ifodalash va amalga oshirishga ko‘maklashish;
ikkinchidan, xalq ommasini jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga safarbar etish;
uchinchidan, jamiyatni uyushtirish va boshqarish, jamiyat rivojining qo- nuniyatlarini aniqlash va ilmiy asoslantirilgan mexanizmlarni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |