faoliyati prinsiplari da amalga oshiriladi.
Davlat mexanizmining
prinsiplari ularning to‘g‘ri faoliyat yuritishida
yo‘llanma beruvchi vazifani o‘taydi. Shuningdek, mazkur prinsiplar davlat ap- paratining harakat doirasi va mezonini belgilab beradi.
Davlat mexanizmi faoliyati
va uni tashkil etishning asosiy prinsiplari:
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlat hokimiyatining uch asosiy tarmog‘idir. Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar asosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini ta’minlash kafolati hisoblanadi. Qonun chiqarish va ijro etish vakolatlari ayni bir shaxs qo‘lida yoki ayni bir idora ixtiyorida jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar
qabul qilishi va ulardan
johillarcha foydalanishi mumkin.
Hokimiyatlar taqsimlanishining yuridik ma’nosi buyuk fransuz ma’rifatparvari Sh.L. Monteskyening «Qonunlar ruhi haqida» asarida shunday izohlangan: adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha, bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat:
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Ularning har qanday ko‘rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetka- zadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi,
bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin
1.
Hokimiyatlar taqsimlanishi uch jihat yoki uch darajada:
funksional, in-
stitutsiyaviy va
shaxsiy darajada namoyon bo‘ladi.
Hokimiyatning funksional bo‘linishi. Erkinlikni ta’minlash uchun majburlash (kuch ishlatish) to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish funksiyasini davlat majburlovini amalga oshirish funksiyasidan farqlay bilish kerak. Qonun chiqa- ruvchi hokimiyat kuch ishlatish qoidalarini o‘rnatadi, sud hokimiyati kuch ish- latishning aniq choralariga yo‘l qo‘yadi yoki ular yuzasidan farmoyish beradi. Shuning uchun ham ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri davlat majbur- lovini alohida amalga oshirmasligi kerak. Ijro etuvchi hokimiyat aynan shun- day kuchga ega, lekin u ham o‘z navbatida kuch ishlatish bo‘yicha
normativ
1 Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. – М., 1955. – 290-bet.
yoki individual qarorlar chiqarmasligi shart. Shundan kelib chiqqan holda ijro etuvchi hokimiyat qonunlar va sud qarorlari asosida va ularni bajarish yo‘lida harakat qilmog‘i lozim.