Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet50/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

ning ta’sis etilganligi. Ya’ni, siyosiy elita va jamiyatning qolgan qismi o‘rtasida mavjud hukmronlik va bo‘ysunish (hokimlik va tobelik) munosabat- larining mavjudligi.
Jamiyatda hokimiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy kabi turlaridan far- qli o‘laroq davlat hokimiyati alohida mavqega ega. Davlat hokimiyati faqat ma’lum hududgagina tatbiq etiladi. Ibtidoiy jamoa tuzumidagi ijtimoiy hokimi- yat esa, hududga bog‘liq bo‘lmay, faqat urug‘, qabila a’zolarigagina tatbiq etilar edi. Bu davlatning butun jamiyatni muayyan yo‘sinda boshqarish va majbur- lash qobiliyatini anglatadi.
Ommaviy-siyosiy hokimiyat irodasiga u ta’sir etuvchi hududdagi barcha itoat qilishi shart bo‘ladi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat jamiyatning rivoji va ravnaqi manfaatlaridan kelib chiqib, uni boshqarishni amalga oshiradi. Om- maviy-siyosiy hokimiyat maxsus davlat apparati timsolida moddiylashadi, institutsiyalashadi. Uning ijtimoiyligi, ommaviyligi shundaki, davlat hokimiyati butun jamiyatga daxldor, davlat butun jamiyat (xalq) irodasini ifodalab, uning nomidan ish yurita oladi.
Ommaviy-siyosiy hokimiyat apparati, odatda, jamiyat hamda xalq man- faatiga xizmat qilishga safarbar etilgan. Ushbu apparatga qonun chiqaruvchi idora, hukumat, moliya organlari, boshqaruv organlari, sud idoralari, huquqni muhofaza etuvchi idoralar, qurolli kuchlarni boshqarish apparati, turma va ja- zoni ijro etish muassasalari kabilar kiradi. Davlat apparati davlat majburlovini qo‘llashda mutlaq huquqqa ega.
Davlatning muhim xususiyatlaridan biri uning suverenitetga egaligi-
dir. Suverenitet – mamlakat ichkarisida va undan tashqarida (xalqaro may- donda) davlat hokimiyatining oliyligi, ustunligidir. Suveren hokimiyat – bu oliy, mustaqil, bo‘linmas, umumiy va uzviy, ya’ni ajralmas, begonalashtirib bo‘lmas hokimiyatdir. Davlat hokimiyatining suverenligi – uning mamlakat hududidagi barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalardan ustun- ligi va ulardan mustaqilligidir.Davlat suvereniteti quyidagilarda ifodalanadi:

  • ichki va tashqi siyosat masalalarida mustaqil qaror qabul qila olishi;

  • davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishi va dav- lat organlarining barcha aholi uchun umumiy majburiy qarorlar qabul qilishi;




  • boshqa ijtimoiy-tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqalar) ning qarorlarini bekor qila olishi.

Shu bois suveren davlat hokimiyati barcha fuqarolar uchun majburiy qo- nunlar qabul qiladi; qonun doirasida majburlov choralarini qo‘llaydi.
Shunday qilib, davlat – majburlov choralarini qo‘llashda qonuniy huquqqa
ega bo‘lgan, tashkiliy rasmiylashgan hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy qatlam tomonidan o‘rnatilgan yuridik tartib amal qiladigan muayyan hududda yashaydigan aholini o‘z qamroviga olgan siyosiy tashkilot.
Davlat – muayyan hududda oliy hokimiyatga ega bo‘lgan ommaviy-siyosiy tashkilot. Davlat hokimiyatining mohiyati jamiyat a’zolari irodasining hukmron ijtimoiy qatlam (sinf) irodasiga bo‘ysundirilishidadir. Davlat hokimiyati – ij- timoiy hokimiyatning bir turi bo‘lib, davlat-huquqiy tashkilotlar(organlar)da mujassamlashadi va jamiyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi. Davlat va huquq davlat hokimiyatini rasmiylashtiruvchi, amalga oshirilishini ta’minlovchi ijtimoiy institutlardir.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish