Huquq va vakolat beruvchi normalar – ya’ni, huquq subyektiga qanday harakatlarni sodir etish mumkinligini ko‘rsatuvchi normalar. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga binoan, «hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 36-moddasiga ko‘ra, tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atish va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga, gumondor shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga, Jinoyat-protsesual kodeksida nazarda tutilgan ter- gov harakatlarini olib borishga, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror chiqarish va qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirishga haqlidir1.
Majburiyat yuklovchi normalar – ya’ni, qanday harakatlarni sodir
etish lozimligini ko‘rsatuvchi normalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga binoan, «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehti- yotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar». Yana bir misol: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risidagi»gi konstitutsiyaviy qonunning 28-moddasiga ko‘ra, Prezident imzolashni rad etib, qayta ko‘rib chiqish uchun yuborgan qonun Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, uni Prezident o‘n to‘rt kun ichida imzolashga va e’lon qilishga majbur2.
Man qiluvchi normalar – ya’ni, huquq subyektiga muayyan xatti-hara-
katlarni sodir etishini man qiluvchi normalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida «maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi», deb ko‘rsatilagan va bu qoida man etish xarakteriga ega.
1 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi / Rasmiy nashr. Toshkent «Аdolat». 2015-y.
2 O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Оliy Majlisi Senati to‘g‘risidagi»gi Konstitutsiyaviy qonuni.
Ba’zi huquq normalari ham vakolat beruvchi, ham majburiyat yuklovchi yoki man etuvchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Jinoyat-protses- sual kodeksining 15-moddasi mazmuniga muvofiq, sud, prokuratura, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari hamda asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda o‘z vakolat(jinoyat ishini qo‘zg‘atishga bo‘lgan huquq)lari doirasida jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari shart1. Ushbu huquq normasi, bir tomondan, sanab o‘tilgan sub- yektlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atishga vakolat bermoqda va ayni paytda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni ularga muqarrar ravishda majburiyat tarzida yuklamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |