davlat amri bilan,
balki tashkilotlar, fuqarolarning (ular uyushmalarining) nor- mativ mazmundagi shartnomalari qoidalari bilan ham me’yorlanmoqda. Shu bois, ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni tartibga soluvchi manba sifatida normativ shartnomalar alohida mavqega ega.
Normativ shartnoma deb ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida tuziladigan,
ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladi- gan, og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan bitimga aytiladi. Normativ shartno- malar huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa manbalardan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida,
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa muayyan bir sohalarda tuziladi. Normativ mazmundagi shartnomalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi: 1) umumiy mazmundagi normani ifodalaydi; 2) shartnoma ixti- yoriy tuziladi; 3) manfaatlar
umumiyligiga asoslanadi; 4) tomonlar teng bo‘ladilar;
5) tomonlar shartnomaning barcha jihatlari bo‘yicha umumiy kelishuvga erishadi- lar; 6) aynanlik (ekvivalentlik) va odatda, zarar to‘lov bilan qoplanadi; 7) majburi- yatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun o‘zaro
javobgarlik nazarda tutiladi; 8) huquqiy jihatdan ta’minlanadi.
Normativ shartnomalar turli xil mezonlar asosida tasniflanadi. Jumladan, ishtirokchilar soniga ko‘ra
oddiy yoki
murakkab turlardan iborat bo‘ladi. Oddiy shartnomada ishtirok etuvchi taraflar faqatgina ikki subyektning qatnashuvini talab etadi, xolos. Murakkab shartnomada esa, biror-bir masala yuzasidan ko‘pchilik ishtirokchilarning soni talab etiladi. Masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi,
Yevropa Ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi tashkilot- larga uyushish murakkab shartnomalar asosida tuzilgan. Shuningdek, shart- nomalar ifodalanish shakliga ko‘ra yozma va og‘zaki bo‘lishi mumkin. Og‘zaki shartnomalar asosan kundalik turmushimizdagi maishiy xizmat sohalarida tez- tez uchrab turadi. Masalan, yo‘lovchi va konduktor o‘rtasidagi o‘zaro munosa- bat yoki kichik hajmdagi oldi-sotdi munosabatlari yuzaga kelgan vaqtda so- tuvchi va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar og‘zaki shakldagi shartnoma
asosida amalga oshadi. Jamiyatdagi muhim va rasmiy munosabatlar faqatgina yozma shakldagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlatlararo shart- nomalarning barchasi yozma shaklda tuziladi.