2-§.
Huquq prinsiplarining tasnifi
Huquq prinsiplarining mazmuni, namo- yon bo‘lish jabhasi va xususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqning tipi va harakatlanish
ko‘lamiga qarab quldorchilik, feodal, burjua va sotsialistik huquq prinsiplari haqida gapirish mumkin. Shuningdek, huquq prinsiplari o‘z tabiatiga ko‘ra ij- timoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy, diniy va maxsus-yuridik turlarga bo‘linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotda umumiy va maxsus, sohaviy va tarmoqlararo prinsiplar to‘g‘risida fikr-mulohazalar mavjud.
Umumiy huquqiy prinsiplar butun huquqiy tizim asosida turishi bilan
tavsiflanadi. Bu prinsiplar tahlili orqali u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining mazmun-mohiyati, tabiati, xususiyatlari, harakatlanish sifatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Bunday huquqiy prinsiplar qatoriga quyidagilar kiradi:
Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizm prinsipi.
Mazkur prinsip huquqni yaratish sohasida xalqning, bevosita xalq vakillari bo‘lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyo- siy partiyalar va fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish hamda qonun-
chilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish jabhasida demokratizm tamoyili huquqni qo‘llovchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastav- val odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik yordamning realligi darajasida o‘z aksini topadi. Xusu- san, O‘zbekistonda keng rivojlanayotgan sud-huquqiy islohotining zaminida ham demokratik jihatlarni chuqurlashtirish yotadi. Bunda advokatlar mavqeini kuchaytirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatning huquqiy mavqeini tenglashtirish, prokuratura va ichki ishlar organlari xodimining faoliyatini in- son huquqlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan isloh etish kabilar ko‘zda tutiladi.
«Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta me- zon bor. Bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardor- ligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch so- hada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap-so‘zlar yo xalqqa xushomad qilish yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi»1.
Do'stlaringiz bilan baham: |