Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet56/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Huquqning tarixiy maktabi. Bu ta’limotning Germaniyadagi asoschi-

lari (G. Gugo, F. Savini, G. Puxta) XVIII–XIX asrlarda huquq til (nutq) kabi tarixan kelib chiqadi va rivojlanadi, aslo qonun chiqaruvchi tomonidan e’lon etilmaydi, deb isbotlashga urindilar. U «milliy» ongdan, «xalq» ongidan kelib chiqadi. Tarixiy maktab vakillari diniy ta’limotga ham yondashib ketadi. Ma- salan, G. Puxta: «Huquq Xudodan boshlanadi. U millat tabiatiga huquqni yaratish qudratini jo etgan», deb ta’kidladi.



Huquqning normativ nazariyasini yaratuvchilaridan biri Gans Kel-

zen huquqni huquqning o‘zidan keltirib chiqaradi. Uning ta’kidlashicha, huquq sababiy bog‘lanish tamoyiliga bo‘ysunmaydi, o‘z kuchi va harakatini o‘zidan oladi. Kelzen uchun huquqni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasi kun tarti- bida turmagan.



Huquqning psixologik (ruhiy) nazariyasi (L. Petrajitskiy va boshqa-

lar). Mazkur ta’limot vakillari huquqning kelib chiqishi sababini insonlarning ruhiyatidan, huquqiy hayajon, ehtiros va kechinmalarning imperativ xususiyat- laridan izlaydilar. Huquq – bu o‘ziga xos «murakkab emotsional-aqliy ruhiy jarayon bo‘lib, u individning ruhiy sohasida namoyon bo‘ladi»2.

To‘g‘ri, huquqning kelib chiqishida ruhiy (psixologik) omilni to‘la inkor etish mumkin emas, ammo, ruhiy hayajon va kechinmalarni huquqni yaratuv- chi asosiy manba deb hisoblash ham to‘g‘ri emas.

Huquq kelib chiqishining marksistik konsepsiyasi. Bu nazariya

asoschilari huquqning kelib chiqish va amal qilishning bosh manbayi iqtisodiy tuzum (bazis)da ekanligini ishonchli isbotladilar. Shu bois huquq jamiyatning iqtisodiy tuzumidan ustun bo‘la olmaydi. Shu bilan birga, marksizm huquqning genezisini sinflar va sinfiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘laydi. Huquq- da iqtisodiy hukmron sinfning irodasini ko‘radi. Biroq, huquqning ildizlari an- chagina chuqurroq, uning paydo bo‘lishiga sinflardan ko‘ra, boshqa umumsot- sial omillar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, jamiyat kishilarning muayyan aloqalar tizimi bilan o‘zaro bog‘langan uyushmasi bo‘lib, davlat va huquqdan oldin vujudga kelgan. Davlat murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisa sifa- tida uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Davlat va huquqning vujudga kelishi, shakllanishi va taraqqiyoti turli yondashuvlar asosida yoritilgan. Bunda u yoki






1 Qarang: Davlat va huquq nazariyasi Prof. Х.T. Оdilqoriyev tahriri ostida – T., 2009. – 47–50-betlar.

2 Qarang: Петражицкий Л.И. Теория права и государства в связи с теорией нравственности. – СПб. 1909. – 1 tom. – 84-bet.
bu yondashuvni mutlaqlashtirmay, ularning ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Davlat va huquqning kelib chiqishi borasida- gi ma’lum nazariyalarning hech biri oxirgi haqiqatga da’vo qilolmaydi. Ammo, har bir ta’limot davlat paydo bo‘lishi xususidagi ilmiy haqiqatni anglashda bir bosqich bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Davlatning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy nazariyalar



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish